Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

18.1.
 
Sudlanganlik tushunchasi va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati 
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi ―Sud-
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli 
himoya 
qilish 
kafolatlarini 
kuchaytirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi
PF–4850-sonli Farmonida sud-huquq tizimini yanada isloh etishning sud 
hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, odil sudlovga 
erishish darajasini oshirish kabi ustuvor yo‗nalishlari belgilab berildi. Shu bilan bir 
qatorda, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Oliy xo‗jalik sudi, Bosh 
prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralarga 2017-yil 1-iyulga qadar ilg‗or 
xorijiy tajribani o‗rgangan holda sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni 
olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko‗rib chiqish vazifasi ham qo‗yilgan. 
 
Sudlanganlikning ijtimoiy ahamiyati shundaki, sudlangan shaxslarga ma‘lum 
faoliyat turi bilan shug‗ullanish taqiqlanadi. Shaxsning muqaddam sudlanganligi 
uning yaqinlari va oila a‘zolarining manfaatlariga salbiy ta‘sir o‗tkazadi. Va 
nihoyat, fuqarolarning o‗zining sudlanganligi to‗g‗risida turli xil anketa va 
hujjatlarni to‗ldirishda ma‘lumot berishlari shart va bu holat ularning ishga 
joylashishi, ma‘lum kasb, lavozim, mansabni egallashiga, saylanishiga to‗sqinlik 
qiladi.
Jinoyat sodir etgan shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishi muqarrar. 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-moddasiga ko‗ra jinoiy 
javobgarlik – jinoyat sodir etishda aybdor bo‗lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan 
hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta‘sir chorasi qo‗llanilishida ifodalanadigan 
jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. Sud tomonidan qo‗llaniladigan jazo 
natijasida mahkumga nisbatan qator huquqiy oqibatlar, shu jumladan sudlanganlik 
holati ham yuzaga keladi. 
Sudlanganlikni huquqiy asoslari Jinoyat kodeksida batafsil bayon etilgan. 
Jumladan, JKning XIV bobi ―Sudlanganlik‖ deb nomlanib, uning 77-80-
moddalarida sudlanganlikning huquqiy ahamiyati, sudlanganlik holatining 
tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi to‗g‗risidagi qoidalar batafsil 
bayon etilgan. JPKning 544-moddasida esa sudlanganlikni olib tashlash 
to‗g‗risidagi masalani ko‗rib chiqish tartibi ko‗rsatilgan.
Ularga ko‗ra, sudlanganlik shaxsning, unga sud hukmi bilan jazo 
qo‗llanilishidan kelib chiqadigan huquqiy holati bo‗lib, mazkur shaxsga nisbatan 


216 
jinoyat-huquqiy va umumhuquqiy xususiyatga ega muayyan salbiy oqibatlar kelib 
chiqishida namoyon bo‗ladi. Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga 
kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan 
ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentyabrdagi 
13-sonli ―Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni 
qo‗llash bo‗yicha sud amaliyoti to‗g‗risida‖gi qarorining 2-bandiga ko‗ra, quyidagi 
hollarda shaxs sudlanmagan hisoblanadi, agar unga nisbatan: jazo tayinlanmagan 
holda ayblov hukmi chiqarilgan (JK 70, 71, 76-moddalari) yoxud shaxs bir 
vaqtning o‗zida asosiy va qo‗shimcha jazodan birinchi, apellyatsiya, kassatsiya 
yoki nazorat instantsiyasi sudi tomonidan ozod qilingan (JK 69, 75, 76-moddalari) 
bo‗lsa; tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari qo‗llanilgan bo‗lsa (JK 94-moddasi). 
Sudlanganlik instituti jinoyat huquqining muhim institutlaridan biri bo‗lib, u 
quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi: 

ko‗p hollarda jazoni o‗tab chiqqan shaxslar jazoni o‗tab bo‗lganidan keyin 
ham tarbiyalash choralarini davom ettirishga imkon beradi; 

jazoni o‗tash vaqtida to‗g‗ri yo‗lga o‗tib olmagan shaxslarni jazoni o‗tab 
bo‗lganidan keyin ham ularni nazorat qilish va shu yo‗l bilan halol mehnat yo‗liga 
o‗tib olishiga yordam berishga sharoit yaratadi;

jazodan ozod bo‗lgan shaxs davlat nazoratining ostida bo‗lganligi uchun 
uning yana nosoz turmush tarziga o‗tishining oldini oladi;

jazodan ozod bo‗lgan shaxs ishga joylashishi va turmushini tiklab olishi 
uchun davlat yoki jamoatchilik yordamidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 

shaxs yangi jinoyat sodir qilsa, uning uchun qanday og‗ir oqibatlar kelib 
chiqishini bilganligi uchun ham jinoyat sodir qilib qo‗yishdan o‗zini tiyadi. Bu 
holatlar esa o‗z o‗zidan sudlanganlik institutining huquqiy ahamiyatini ko‗rsatib 
beradi.
 
Hukm qilish deganda, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining barcha 
elementlari mavjud bo‗lgan aniq jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish, 
Shuniningdek, bu shaxsga nisbatan muayyan turdagi va miqdordagi yoki 
muddatdagi jazoning tayinlanishi tushuniladi. Jazo turi, miqdori yoki muddati
shaxsni sudlangan deb hisoblash uchun ahamiyatli emas, lekin bu sudlanganlikning 
tugallanishi yoki olib tashlanishiga bevosita ta‘sir etadi.
Sud tomonidan ayblov hukmining chiqarilishi sudlanganlik holatini keltirib 
chiqaruvchi asos hisoblanadi. Ayblov hukmi jinoyat sodir etishda aybli deb 
topilgan va jinoiy jazoga hukm etilgan shaxsning alohida huquqiy holatini belgilab, 
sudlanganlikni vujudga keltiradi hamda sudlanganlik bekor qilungunga qadar (olib 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish