Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
13.3. Jinoyatlar majmui 
Jinoyat kodeksining 33-moddasida jinoyatlar majmuiga oid qoidalar 
mustahkamlangan. 
Ushbu Kodeks Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining 
turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha 


136 
jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan 
bo‗lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir 
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qarorida 
jinoyatlar majmuiga oid qoidalar tushunchasi va uni qo‗llashga oid tushuntirishlar 
berilgan. 
Shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalari yoki bitta 
moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni (qasddan 
yoxud ehtiyotsizlik oqibatida qilinishidan qat‘iy nazar) sodir etilishini jinoyatlar 
majmui deb tushunilishi lozim.
Jinoyatlar majmui tushunchasi o‗zida quyidagi belgilarni ifoda etadi: 
– Jinoyat kodeksining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli 
qismlaridagi javobgarlikka tortiladigan ikki yoki undan ortiq qilmishni sodir etishi; 
– sodir etgan qilmishlarining birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo‗lishi 
lozim.
Masalan, shaxs qasddan odam o‗ldirish jinoyatini sodir etgandan so‗ng 
sudlanmasdan ehtiyotsizlikdan odam o‗ldiradi. Shaxs bezorilik jinoyatini sodir 
etgandan so‗ng, qasddan badanga og‗ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etadi.
Jinoyatlar majmui haqidagi normalar qo‗llashda adabiyotlarda jinoyatlar 
majmui real va ideal turga bo‗linadi.
Jinoyatlar real majmui ikki va undan ortiq, har qaysisi Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan 
muayyan jinoyat tarkibini tashkil etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud 
bo‗ladi. Masalan, shaxs bosqinchilik jinoyatini sodir etganda so‗ng sudlanmasdan 
o‗g‗rilik jinoyatini sodir etadi. Ushbu misolda ikkita jinoyat alohida-alohida 
harakatlar bilan sodir etilgan. 
Jinoyatlar ideal majmuida esa aybdorning bitta xatti-harakatida Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda 
tutilgan kamida ikkita jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo‗ladi. Masalan, A. 
mashina boshqarib ketayotgan B.ni qasddan o‗ldirish niyatida o‗q uzadi. Otilgan 
o‗q mashina g‗ildiragiga tegib, mashina ag‗darilib ketadi. Natijada B. halok 
bo‗ladi va mashina tuzatib bo‗lmas darajada shikastlanadi. Ushbu harakatda 
qasddan odam o‗ldirish va mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast 
yetkazish jinoyati tarkiblari mavjud. Mazkur misolda bir harakat bilan ikkita 
jinoyat tarkibi belgilari yuzaga kelgan.
Agar qonunning bitta normasida jinoyat natijasida kelib chiqadigan turli 
ijtimoiy-xavfli oqibatlar nazarda tutilmagan bo‗lsa, qilmish jinoyatlar majmui 
sifatida Jinoyat kodeksining bevosita har bir obyektga ziyon yetkazilishi uchun 
javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi 
kerak. Masalan, shaxsning qasddan badanga yengil shikast yetkazishi jarayonida 
jabrlanuvchi o‗z muvozanatini ushlay olmasdan yiqilishi natijasi o‗lim yuz bergan 
holatda qilmish jinoyatlar majmui sifatida kvalifkatsiya qilinadi. Mazkur holatda 
qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyati uchun javobgarlikni nazarda 
tutgan Jinoyat kodeksining 109-moddasida o‗limni qamrab oluvchi norma yo‗q. 


137 
Shu sababli ushbu qilmish Jinoyat kodeksining 109-moddasi hamda Jinoyat 
kodeksining 102-moddasi bilan jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 
Ushbu misolda qonunning bitta normasida jinoyat natijasida kelib chiqadigan turli 
ijtimoiy-xavfli oqibatlar nazarda tutilmaganligini ko‗ramiz. Shaxsning qasddan 
badanga og‗ir shikast yetkazishi natijasida jabranuvchining o‗limi yuz bergan 
holatda qilmish Jinoyat kodeksining 104-moddasining 3-qismi ―d‖ bandi bilan 
kvalifikatsiya qilinadi. Ya‘ni ushbu misolda qonunning bitta normasida jinoyat 
natijasida kelib chiqadigan turli ijtimoiy-xavfli oqibatlar nazarda tutilganligini 
ko‗ramiz. Ya‘ni qasddan badanga shikast yetkazish hamda ehtiyotsizlik orqasida 
jabrlanuvchining o‗limi. Jinoyat kodeksining 104-moddasining 3-qismi ―d‖ 
bandida belgilangan sanksiya ehtiyotsizlik orqasida odam o‗ldirish jinoyatini sodir 
etganlik uchun belgilangan sanksiyadan yuqori bo‗lganligi uchun qilmish 
jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya qilinmaydi. Ammo Jinoyat kodeksining 
javobgarlik nazarda tutilgan moddasi boshqa jinoyat tarkibini qamrab olsa-da, 
ammo boshqa jinoyat tarkibi uchun belgilangan normaning sanksiyasi yuqori 
bo‗lganda jinoyatlar majmui bo‗yicha jazo tayinlanadi. ―Qonunga xilof ravishda 
qurolga egalik qilish to‗g‗risidagi ishlar bo‗yicha sud amaliyoti haqida‖ Oliy Sud 
Plenum qarorida quyidagi tushuntirish berilgan: ―o‗qotar qurol, o‗q-dorilar, 
portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini o‗g‗irlik, firibgarlik, o‗zlashtirish 
yoki rastrata qilish, mansab mavqeini suiiste‘mol qilish, talonchilik, tovlamachilik, 
bosqinchilik yo‗li bilan qonunga xilof ravishda egallash Jinoyat kodeksining 247-
moddasi va tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan faqat bu 
moddalar (modda qismlari) sanksiyasi Jinoyat kodeksining 247-moddasidagidek 
og‗irroq jazoni ko‗zda tutgan hollardagina kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, 
Jinoyat kodeksi 247-moddasi uchinchi qismining ―v‖ bandi va 164-moddasi 4-
qismining ―v‖ bandi bilan)‖. 
Ayrim jinoyatlarni sodir etganda shaxsning harakatlarida bir qancha 
jinoyatga oid belgilar mavjud bo‗ladi. Masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‗ldirish. Bunday 
holatda jinoyatlar majmui bo‗lmaydi.
Mazkur misol yuzasidan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 
―Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar 
to‗g‗risida‖gi qarorida quyidagi tushuntirish berilgan: agar aynan bir jinoyatni 
sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari 
Jinoyat kodeksining bir necha moddasida nazarda tutilgan bo‗lsa, qilmish Jinoyat 
kodeksining javobgarlikni ko‗proq yengillashtiruvchi moddasi bilan kvalifikatsiya 
qilinishi kerak (masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli 
ruhiy hayajonlanish holatida odam o‗ldirish faqat JK 100-moddasi bilan 
kvalifikatsiya qilinishi lozim). 
Bir necha jinoyat sodir etilganda, agar jinoyatlardan biri boshqasini sodir 
etish vositasi yoki usuli bo‗lib, har ikkala jinoyat belgilari Jinoyat kodeksi tegishli 
moddasi dispozitsiyasida ko‗rsatilgan bo‗lsa, qilmish Jinoyat kodeksining faqat 
og‗irroq jinoyat uchun javobgarlik belgilovchi bitta moddasi bilan kvalifikatsiya 
qilinishi kerak. Bunda qilmishni yengilroq jinoyat uchun javobgarlikni nazarda 


138 
tutuvchi modda bilan qo‗shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi (masalan, 
xizmat mavqeidan foydalangan holda bojxona to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini 
buzish faqat JK 182-moddasi ikkinchi qismi ―g‖ bandi bo‗yicha kvalifikatsiya 
qilinishi lozim). 
Shaxs tomonidan jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi tamom bo‗lgan va 
tamom bo‗lmagan jinoyatlar sodir etilganda har bir jinoyat alohida – tamom 
bo‗lmagan jinoyat JK 25-moddasi tegishli qismi hamda Jinoyat kodeksi Maxsus 
qismining tegishli moddasi bilan, tamom bo‗lgan jinoyat esa bevosita Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, 
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismini sodir etgan shaxs, sudlanmasdan 
Jinoyat kodeksining 169-moddasining 2-qismiga suiqasd qilsa, uning qilmishi 
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi hamda Jinoyat kodeksining 25, 169-
moddasi 3- qismi ―a‖ bandi bilan alohida kvalifikatsiya qilinadi.
Agar shaxs sodir etgan qilmishda ushbu Kodeks Maxsus qismi ayni bir 
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud 
bo‗lsa, u moddaning og‗irroq jazo belgilangan qismi bo‗yicha javobgarlikka 
tortiladi. 
Masalan, o‗ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxs o‗zgani mulkini yashirin 
talon-toroj qilish maqsadida ancha miqdordagi mulkni kompyuter tizimiga 
ruxsatsiz kirib qo‗lga kiritadi. Mazkur qilmishda Jinoyat kodeksining 169-
moddasining bir necha qismidagi jinoyat alomatlari mavjud (169-moddaning 2-
qismi ―b‖ bandi, 3-qismi ―b‖ bandi, 4-qism ―b‖ bandi) bo‗lsa ham, shaxs ushbu 
moddaning og‗irroq jazo belgilangan qismi bo‗yicha javobgarlikka tortiladi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish