Takroran jinoyat sodir etish belgilari:
– Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda
alohida ko‗rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir
necha jinoyatni sodir etgan bo‗lishi;
– turli vaqtlarda sodir etgan bo‗lishi;
– ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‗lmasligi;
– umumiy qasd bilan qamrab olinmagan bo‗lishi;
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qaroriga
ko‗ra jinoyatlar takroranligi deganda, qonunga ko‗ra shaxs tomonidan turli
vaqtlarda qasddan sodir etilgan ikki va undan ortiq jinoyat tushunilib, bunda sodir
etilgan jinoyat
1. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan
bo‗lishi, basharti unda bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan
bo‗lsa.
2. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi aynan bir qismida
nazarda tutilgan bo‗lishi, basharti ushbu moddada turli jinoyat tarkiblari uchun
javobgarlik belgilangan bo‗lsa, (masalan, JK 228, 248, 273-moddalari) shart.
3. Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs
tomonidan qasddan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida nazarda
tutilgan ikki va undan ortiq jinoyat sodir etilishi ham takroran jinoyat deb topiladi
(masalan, JK 118, 119, 211, 212-moddalari 2-qismlari, 213-moddasi 3-qismi, 276-
moddasi 2-qismi).
133
1. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan
bo‗lishi, basharti unda bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan
bo‗lsa deganda quyidagini tushunish kerak. Jinoyat kodeksining ko‗p moddalari
bitta jinoyat tarkibidan iborat bo‗lib, bunday moddalar faqat bir qismdan yoki bir
necha qismdan iborat bo‗ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 106-moddasi bir
jinoyat tarkibidan iborat. Shaxs Jinoyat kodeksining 106-moddasida nazarda
tutilgan jinoyatni sodir etib, sodir etgan jinoyati uchun sudlanmasdan yana mazkur
jinoyatni sodir etishi Jinoyat kodeksining 106-moddasidagi jinoyatni takroran sodir
etgan deb topiladi. Bundan holda jazo tayinlashda har bir jinoyat uchun alohida
emas, balki takroranlik belgisiga ko‗ra bitta jazo tayinlanadi. Bunday holda Jinoyat
kodeksining 56-moddasiga asosan, ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan
shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi og‗irlashtiruvchi belgi
hisoblanadi. Yana bir misol. Jinoyat kodeksining 169-moddasining 1-qismidagi
jinoyatni sodir etgan shaxs, ushbu jinoyati uchun javobgarlikka tortilmasdan
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismidagi jinoyat sodir etganda ham uning
keyingi sodir etgan jinoyati takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Bunday holda
shaxsning ikkinchi sodir etgan qilmishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi
―a‖ bandi takroranlik belgisiga ko‗ra kvalifikatsiya qilinadi. Shaxsga jazo
tayinlashda faqat bitta 169-moddasi 3-qismi ―a‖ bandi bilan jazo tayinlanadi.
2. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi aynan bir qismida
nazarda tutilgan bo‗lishi, basharti ushbu moddada turli jinoyat tarkiblari uchun
javobgarlik belgilangan bo‗lsa deganda quyidagini tushunish kerak. Masalan,
Jinoyat kodeksining 228-moddasining 1-qismi soxtalashtiruvchining o‗zi yoki
boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan
majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni
qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona,
muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash
yoxud sotish uchun javobgarlik belgilangan bo‗lsa, mazkur moddaning 3-qismida
hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish uchun javobgarlik
belgilangan. Ya‘ni Jinoyat kodeksining 228-moddasida turli jinoyat tarkiblari
uchun javobgarlik belgilangan. Shu sababli ushbu moddaning 1-qismidagi
jinoyatni sodir etib, shaxs sodir etgan jinoyati uchun sudlanmasdan, Jinoyat
kodeksining 228-moddasining 3-qismidagi jinoyatni sodir etishi takroran jinoyat
sodir etish deb topilmaydi. Ya‘ni ushbu jinoyatlarning tarkibi boshqa-boshqa.
Mazkur holatda qilmish alohida-alohida kvalifikatsiya qilinadi va sodir etilgan
jinoyatlar uchun alohida-alohida jazo tayinlanadi.
3. Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs
tomonidan qasddan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida nazarda
tutilgan ikki va undan ortiq jinoyat sodir etilishi ham takroran jinoyat deb topiladi
deganda quyidagini tushunish kerak. Masalan, Jinoyat kodeksining 211 yoki 212-
moddasidagi jinoyatni sodir etib, javobgarlikka tortilmasdan 210-moddasining 1-
qismidagi jinoyatni sodir etganda ham shaxs, Jinoyat kodeksining 210-
moddasining 2-qismi ―a‖ bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday holda jazo
tayinlashda sodir etilgan jinoyatlar uchun alohida-alohida jazo tayinlanadi.
134
Tamom bo‗lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‗lgan jinoyatga tayyorgarlik
ko‗rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda
jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Masalan, shaxs
Jinoyat kodeksining 169-moddasining 1-qismidagi jinoyatni sodir etgandan so‗ng,
javobgarlikka
tortilmasdan
169-moddaning
2-qismidagi
jinoyatni
sodir
etayotganda ushlanadi. Ya‘ni jinoyat suiqasd bosqichida to‗xtatiladi. Bunday holda
shaxsning ikkinchi qilmishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ―a‖ bandiga
suiqasd deb topiladi hamda JKning 25-moddasi orqali kvalifikatsiya qilinadi. Ya‘ni
ikkinchi jinoyat tamom bo‗lmagan bo‗lsa ham takroran deb topiladi. Shuningdek,
shaxs birinchi marta o‗g‗rilik jinoyatini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til
biriktirib sodir etib, keyinchalik Jinoyat kodeksining 169-moddasining 1-qismidagi
jinoyatni javobgarlikka tortilmasdan yakka o‗zi sodir etganda ham keyingi jinoyati
takroran sodir etilgan jinoyat deb topiladi. Takroran jinoyat sodir etishning ijtimoiy
xavfi yuqoriligi kelib chiqib, ayrim jinoyatlarning og‗irlashtiruvchi belgisi sifatida
mustahkamlangan.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qarorida
―Agar jinoyat-huquqiy normada takroranlik kvalifikatsiya belgisi sifatida
ko‗rsatilgan bo‗lsa, shaxs tomonidan sodir etilgan bir necha aynan o‗xshash yoki
takroranlikni tashkil etuvchi boshqa jinoyatlar Jinoyat kodeksining mazkur
jinoyatni takroran sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli
moddasi (moddasining qismi) bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bitta qilmishda
takroranlik bilan bir qatorda Jinoyat kodeksi mazkur moddasining boshqa
qismlarida ko‗rsatilgan kvalifikatsiya belgilari mavjudligi aniqlangan hollarda ham
qilmish shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak (masalan, o‗g‗rilik sodir etilganda
JK 169-moddasining uchinchi qismida ko‗rsatilgan takroranlik belgisi va ushbu
moddaning to‗rtinchi qismida ko‗rsatilgan boshqa kvalifikatsiya belgilari
aniqlangan bo‗lsa, qilmish JK 169-moddasining to‗rtinchi qismi bilan
kvalifikatsiya qilinishi lozim). Bunday hollarda shu moddaning boshqa qismlarida
ko‗rsatilgan jinoyatning kvalifikatsiya belgilari ayb mazmuniga kiritilishi va
shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
to‗g‗risidagi qaror va hukmda ko‗rsatilishi shart‖ deb tushuntirish berilgan.
Jinoyat kodeksining 32-moddasiga ko‗ra agar shaxs ilgari sodir etgan
qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‗lsa, jinoyat takroran
sodir etilgan deb topilmaydi. Javobgarlik yoki jazodan ozod qilish asoslari Jinoyat
kodeksining 64 –76-moddalarida mustahkamlangan.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‗naltirilgan bir
jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‗xshash bir necha jinoiy qilmishlardan
iborat bo‗lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. Takroran
jinoyat sodir etishning davomli jinoyat sodir etishdan farqlashda qasdga e‘tibor
qaratilishi lozim. Yagona qasd bilan sodir etilgan, ammo bitta jinoyat tarkibini
tashkil etuvchi bir necha harakatlardan iborat jinoyat davomli jinoyat deb topiladi.
Masalan, shaxs ko‗p miqdordagi mulkni talon-toroj qilish maqsadida bir necha
marta xonadonga kirib, o‗g‗rilik sodir etadi. Bunday holda shaxsning bir necha
135
marta kirganligi uning harakatini takroran deb topishga asos bo‗lmaydi. Ya‘ni
mazkur holatda shaxsni yagona qasdi xonadondan ko‗p miqdordagi mulkni talon-
toroj qilishga qaratilganidan kelib chiqadi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qarorida
quyidagi tushuntirishlar berilgan. Jinoyatlar takroranligini bir qator aynan o‗xshash
xatti-harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‗lsa-da, biroq yagona qasd
bilan qamrab olingan, obyekt va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi jihatidan
o‗zaro o‗xshash davomli jinoyatdan farqlash lozim. Bunday hollarda barcha
qilmish Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun javobgarlikni
nazarda tutuvchi bitta moddasi yoki moddasi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi
lozim.
Davomli jinoyat bir necha xatti-harakatlardan oxirgisi sodir etilgan paytdan
boshlab tugallangan deb hisoblanishi tufayli, jinoyat qonuniga bu qilmish uchun
jazoni
kuchaytiradigan
yoki
shaxsning
holatini
boshqacha
tarzda
yomonlashtiradigan o‗zgartirishlar kiritilganda, agar jinoyat epizodlaridan hech
bo‗lmaganda bittasi qonun yangi tahrirda amal qila boshlagan davrda sodir etilgan
bo‗lsa, davomli jinoyatning barcha epizodlari yangi qonun bo‗yicha kvalifikatsiya
qilinishi kerak.
Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa jinoyat sodir
etilgan bo‗lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun
javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinmasa,
uning harakatlari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda
tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari
majmui bo‗yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Davomli jinoyatning boshlanishi birinchi jinoiy harakat boshlanganda,
tamom bo‗lishi oxirgi jinoiy harakatni amalga oshirilishi bilan bog‗liq.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‗lib, bir
jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‗zilgan) jinoyat takroran
sodir etilgan deb topilmaydi. Uzoqqa cho‗zilgan jinoyat ham bir umumiy qasdga
qaratilgan bo‗ladi. Masalan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni
moddiy ta‘minlashdan bo‗yin tovlash; ota-onani moddiy ta‘minlashdan bo‗yin
tovlash, harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‗yin tovlash, dezertirlik va boshqa
jinoyatlarni uzoqqa cho‗zilgan jinoyat sifatida qarash mumkin. Uzoqqa cho‗zilgan
jinoyatning boshlanishi birinchi jinoiy harakatning boshlanishi bilan tamom
bo‗lishi shaxsning o‗zi tomonidan yoki jinoyatni to‗xtatilishiga ta‘sir qiluvchi
omilni vujudga kelishi masalan, boshqa organlar tomonidan jinoyat sodir etgan
shaxsni qo‗lga olinishi bilan bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |