131
XIII BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH
Mazkur mavzuning yuridik texnikum o'quvchilari tomonidan o„rganilishi bir
qancha jinoyat sodir etish tushunchasi, takroran jinoyat sodir etish, davomli
jinoyat sodir etish, uzoqqa cho„zilgan jinoyat majmui, kabi tushunchalarni hamda
ularni bir-biridan farqli jihatlarini bilish, bir qancha jinoyat sodir etishga oid
qoidalarni to„g„ri qo„llash imkonini beradi.
13.1. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi
Bir qancha jinoyat sodir etish – takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar
majmui, retsidiv jinoyatlar kabi huquqiy institutlarni o‗z ichiga oladi.
Shaxs tomonidan bir vaqtda yoki turli vaqtda bir qancha jinoyat sodir etishi,
ushbu jinoyatlar uchun sudlanmagan bo‗lsa yoki sudlanganidan keyin
sudlanganligi muddati o‗tmagan yoki olib tashlanmagan bo‗lsa bir qancha jinoyat
sodir etish deb topilishi mumkin.
Bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni to‗g‗ri qo‗llash
qilmishni
kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlashda muhim hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qator normalarida takroran jinoyat
sodir etish, xavfli retsidivist, o‗ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etish
kabi jinoyatni og‗irlashtiruvchi holatlar mavjud. Mazkur og‗irlashtiruvchi
holatlarni to‗g‗ri aniqlash bir qancha jinoyat sodir etishga
oid qoidalarni bilish
bilan bog‗liq. Bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni noto‗g‗ri qo‗llash
ma‘muriy huquqbuzarlik sifatida baholanadigan qilmishlarni jinoyat sifatida
noto‗g‗ri kvalifikatsiya qilinishiga olib keladi. Yoki, aksincha, jinoiy qilmishni
ma‘muriy huquqbuzarlik sifatida baholashga sabab bo‗lishi mumkin. Masalan,
talon-toroj qilish bilan bog‗liq jinoyatlarda qilmishni to‗g‗ri
kvalifikatsiya qilish
uchun talon-toroj davomli yoki takroranligini to‗g‗ri aniqlash muhim ahamiyatga
ega. Davomli talon-toroj yo‗naltirilganligi sababli barcha talon-toroj epizodlari
bo‗yicha zarar summalarini qo‗shganda hosil bo‗lgan miqdordan kelib chiqib
hisoblansa, takroran sodir etilgan talon-torojni kvalifikatsiya
qilishda barcha
epizodlar bo‗yicha aniqlangan umumiy talon-toroj summasi emas, balki zarar
miqdori eng ko‗p bo‗lgan epizod bo‗yicha talon-toroj summasi asos qilib olinadi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi ayrim normalarida miqdor masalasi
huquqbuzarlikni jinoyat yoki ma‘muriy huquqbuzarlik deb topishga asos bo‗ladi.
Masalan, fuqarolarning qonunga xilof ravishda
oz miqdordagi valyuta
qimmatliklarini olishi yoki o‗tkazishi ma‘muriy javobgarlikka sabab bo‗ladi. Agar
shaxs bir necha marta oz miqdordan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof
ravishda olishi yoki o‗tkazishi natijasida umumiy miqdori ko‗p miqdorni tashkil
etadigan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olgan yoki o‗tkazgan
bo‗lsa, uning qilmishi jinoyat yoki ma‘muriy huquqbuzarlik deb topish uchun bir
qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni to‗g‗ri bilish muhim hisoblanadi. Agar
valyuta qimmatliklari oz miqdordan takroran sodir etilsa, bunday holda bir qancha
132
takroran sodir etilgan qilmish jinoyat miqdorini bersa ham ammo shaxs bir necha
marta ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javogarlikka tortiladi.
Jinoyat kodeksidagi
jinoyatlar majmuiga oid, shuningdek retsidiv jinoyatga
qoidalarni to‗g‗ri qo‗llash jazo tayinlashda muhim hisoblanadi. Jinoyat majmuiga
oid, shuningdek, retsidiv jinoyatga oid qoidalarni noto‗g‗ri qo‗llanishi qilmishni
noto‗g‗ri kvalifikatsiya qilish hamda jazoni asossiz tayinlashga sabab bo‗ladi. Shu
sababli bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasini o‗zida qamrab olgan
takroran
jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyatlarga oid qoidalarni bilish
muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: