Jinoyat kodeksi normalari asosida ishtirokchilikka oid normalarni mazmunini yoritib bering. Shaxsni javobgarlikka tortishda yuqoridagi belgilar mavjud yoki mavjud emasligini ahamiyatini ochib bering.
119
XII BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR Mazkur mavzuni yuridik texnikum o'quvchilari tomonidan o„rganilishi qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari, kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog„ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo„jalik faoliyati bilan bog„liq bo„lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo„rqitish natijasida jinoyat sodir etishning qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat sifatidagi jinoyat- huquqiy tavsifini yuridik tahlil qilish imkonini beradi.