117
jinoyat to‗g‗risida xabar qilmaslik jinoyatga daxldorlik sifatida javobgarlikni
keltirib chiqaradi.
Ushbu normaning mazmuni shundaki yuqorida keltirilgan
Jinoyat
kodeksining maxsus qismidagi tayyorlanayotgan yoki
sodir etilgan terrorchilik
harakatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va
vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yo‗l bilan qo‗lga kiritilgan narsalarni
oldindan va‘da bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida
nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‗ladi. Ya‘ni, Jinoyat
kodeksining 241-moddasiga asosan, tayyorgarlik ko‗rilayotgan yoki sodir etilgan
og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik, og‗ir yoki
o‗ta og‗ir jinoyatlarni oldindan va‘da bermasdan yashirish uchun javobgarlik
belgilangan. Jinoyatga daxldorlikni jinoyatda ishtirok etganlikdan asosiy farqi
jinoyat ishtirokchilarida jinoyat tamom bo‗lgunga qadar kelishish, oldindan va‘da
berish bo‗ladi. Jinoyatga daxldorlikda esa oldindan va‘da berish mavjud
bo‗lmaydi.
Oldindan va‘da bermagan holda jinoyat haqida
xabar bermaganlik yoki
jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining
yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. Yaqin qarindoshlar tushunchasi
jinoyat kodeksining 8-bo‗limida keltirilgan bo‗lib, unga ko‗ra yaqin qarindoshlar –
qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‗lgan shaxslar, ya‘ni ota-ona,
tug‗ishgan va o‗gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand,
shu jumladan
farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi,
tug‗ishgan va o‗gay aka-uka va opa-singillari tushuniladi.
Jinoyatga daxldorlik qasddan sodir etiladi. Shaxs og‗ir yoki o‗ta og‗ir
jinoyatni yashirayotganligini, o‗z harakatlari ijtimoiy xavfliligini anglaydi.
Shaxs
og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyat tayyorlanayotganligi haqida bilgan holda oldindan
va‘da bermasdan xabar bermaganligi natijasida jinoyat sodir etiladi. Ya‘ni jinoyat
sodir etilishiga yo‗l qo‗yib beradi. Jinoyatni sodir etilishini oldini olish, unga
qarshi kurashish o‗z xizmat vazifasiga kirgan xodim tomonidan jinoyat sodir
etilishiga oldindan va‘da bermagan holda yo‗l qo‗yib berilishi alohida jinoyat
tarkibini beradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 208-moddasi bo‗yicha
hokimiyat
harakatsizligi jinoyati uchun javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur jinoyat
qasddan sodir etiladi. Agar jinoyatni sodir etilishini oldini olish, unga qarshi
kurashish o‗z xizmat vazifasiga kirgan xodim oldindan va‘da bergan holda jinoyat
sodir etilishiga yo‗l qo‗ygan bo‗lsa, unda uning harakatlari jinoyatda
ishtirokchilikni keltirib chiqaradi. Jinoyatni sodir etilishini oldini olish, unga qarshi
kurashish o‗z xizmat vazifasiga kirgan xodim tomonidan
har qanday jinoyatni
sodir etilishiga oldin va‘da bermagan holda yo‗l qo‗yilishi jinoiy javobgarlikni
keltirib chiqaradi.
Jinoyatda daxldorlikni jinoyat yordamchisidan asosiy farqi jinoyatda daxldor
shaxs jinoyat sodir etilishida ishtirok etmaydi. Jinoyat yordamchisi esa jinoyat
sodir etilishida ishtirok etadi.