120
harakatsizlik)ni uni sodir etish sharoiti, shakli, maqsadi va uning ijtimoiy xavfliligi
darajasiga qarab jinoyat sifatida e‘tirof etmasligi mumkin.
Bunday hollarda sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlik istisno
etiladi. Sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikni istisno etishda uning
subyektiv tomoni aybli (kam ahamiyatli qilmish) va aybsiz (oxirgi zarurat,
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‗rqitish natijasida jinoyat sodir etish)
bo‗lishi mumkin.
Ta‘kidlash lozimki, qilmishning jinoiyligini istisno
etishda uning ijtimoiy
xavfli, jinoyat qonuniga zid, shuningdek aybli emasligi inobatga olinadi.
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning jinoyat qonunida
belgilanganligi bunday belgiga ega qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir
etilganda uning jinoiyligini istisno etish majburiy xarakter kasb etishini anglatadi.
Boshqacha aytganda, bu kabi qilmishlarni sodir etish jinoiy javobgarlikning asosini
keltirib chiqarmaydi. Bu esa qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligini bildiradi.
Shunga ko‗ra, qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi
holatlar jinoyat qonuniga
xilof bo‗lmaganligi, ularda aybning shakli mavjud emasligi, ijtimoiy xAfv
tug‗dirmasligi hamda unga nisbatan jinoyat qonunida jazo qo‗llash tahdidi ko‗zda
tutilmaganligi sababli ham ular jinoyat deb topilmaydi.
Qonun chiqaruvchi tomonidan qilmishning jinoiyligini
istisno etuvchi
holatlarning belgilanishi ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya
qilishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar,
balki jamiyatning barcha
a‘zolari faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, mazkur qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar har
bir shaxsga o‗z huquq va manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga imkon
yaratadi. Shu sababdan ham qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar
ijtimoiy foydali qilmish
deb ham ataladi.
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning jinoyat-huquqiy tavsifini
yoritishda quyidagi asoslarga ko‗ra jinoyat tarkibining mavjud bo‗lmasligini qayd
etish lozim:
–
jinoyat obyekti mavjud emasligi, ya‘ni qilmishning
jinoiyligini istisno
etuvchi holatlarda sodir etilgan qilmish jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan
ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilmaydi, aksincha,
ularni muhofaza qilish
maqsadida amalga oshiriladi;
–
jinoyatning obyektiv tomoni, ya‘ni qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi
holatlarda sodir etilgan qilmishning tashqi tomon belgilari
garchi ijtimoiy xavfli
qilmishni sodir etishning tashqi jihatlarini ifodalasada, ammo bu qilmish (harakat
yoki harakatsizlik) ijtimoiy foydali bo‗lib, jinoiy-huquqiy xarakter kasb etmaydi;
–
jinoyatning subyektiv tomoni, ya‘ni qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi
holatlarda sodir etilgan qilmishda shaxsning qilmishga ichki ruhiy munosabati
aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklini keltirib chiqarmaydi (zaruriy mudofaa,
oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan
shaxsni ushlashning zarur
choralari chegarasidan chetga chiqish hollari bundan mustasno).