Oxirgi zarurat.
JKning 38-moddasida oxirgi zarurat tushunchasi
keltirilgan bo‗lib, unga ko‗ra
oxirgi zarurat holatida, ya‘ni shaxsning yoki boshqa
fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga
tahdid soluvchi xAfvni qaytarish uchun qonun bilan qo‗riqlanadigan huquq va
manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xAfvni
o‗sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‗lmasa hamda keltirilgan
zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‗lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Oxirgi zaruratning mohiyati jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan bir
obyektga nisbatan kamroq zarar yetkazish yo‗li bilan jinoyat qonuni bilan
qo‗riqlanadigan boshqa bir obyektga zarar yetkazilishi natijasida kelib chiqadigan
og‗irroq oqibatni qaytarishda ifodalanadi. Bunda, birinchi navbatda shaxs ijtimoiy
foydani ko‗zlab jinoyat obyektiga zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |