36
Biroq O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning 26-moddasida jinoyat
sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda,
oshkora ko‗rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.
Sudda ayblanayotgan shaxsga o‗zini himoya qilish
uchun barcha sharoitlar
ta‘minlab berilishi belgilangan. Ya‘ni aybsizlik prezumpsiyasiga ko‗ra sudning
ayblov hukmi qonuniy kuchga kirmaguniga qadar shaxs jinoiy javobgarlikka
tortilmagan hisoblanadi.
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun u sodir etgan jinoyatini isbotlovchi
hujjatlar jinoyat-protsessual qonunchiligi tartibida yetarli, asoslantirilgan bo‗lishi
lozim.
Shuningdek, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortilgan deb hisoblash uchun
sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjudligi talab etiladi. Shunga
ko‗ra, jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo‗lgandagina shaxsni jinoiy
javobgarlikka tortish mumkin.
Jinoiy jazo qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan javobgarlik esa qilmishning ijtimoiy
xavflilik darajasi hamda tayinlangan jazo turi va jazoning o‗talgan
qismining
muddatlari o‗tishiga bog‗liq ravishda sudlanganlik muddati kelib chiqishi bilan
bog‗liq.
Jinoiy jazo qo‗llashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik boshqa yuridik
javobgarlik (ma‘muriy, fuqarolik-huquqiy)dan birmuncha og‗ir. Bunda ijtimoiy
xavfli qilmishning
ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoyat natijasida yetkazilgan
zararning miqdori va aybdorning shaxsi hisobga olinadi.
Oldingi boblarda qayd etilganidek, jinoyat tarkibi muhim jinoiy-huquqiy
kategoriya sanaladi. U o‗zida obyektiv va subyektiv belgilar yig‗indisini
mujassamlashtirib, jinoyat mohiyatini aniqlaydi. Ushbu belgilar O‗zbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksida mustahkamlangan.
Qoida tariqasida, ular
Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismining turli normalarida aks etgan.
Ijtimoiy xavfli qilmishning u yoki bu elementiga mansubligiga qarab mazkur
belgilarni: subyekt, obyekt, subyektiv va obyektiv tomon belgilariga ajratish
mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibiga berilgan
ta‘rif prinsipial ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi JKning 10-
moddasiga ko‗ra qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs
javobgarlikka tortilishi shart. Mazkur moddada qonun
chiqaruvchi jinoyat tarkibi
tushunchasini qo‗llaydi. Shuningdek, u boshqa kategoriya – qilmish sifatida ham
yuritiladi. JKning 16-moddasiga ko‗ra Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‗lgan qilmishni
sodir etish javobgarlikka
tortish uchun asos bo‗ladi. Jinoyat qonuni mazmunidan anglashiladiki, shaxsning
jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‗lgan g‗ayrihuquqiy qilmishi jinoiy
javobgarlikka tortishga asos bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: