Jinoyat tarkibi
– ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholashning
jinoyat qonunida nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‗indisi.
Qayd etish lozimki, jinoiy javobgarlikka tortishning yagona asosi sifatida
jinoyat tarkibi jinoyat qonunining markaziy elementi hisoblanadi.
37
Jinoyat tarkibi – ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida baholashning jinoyat
qonunida nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‗indisi. Jinoyat tarkibi
qilmishni jinoyat sifatida e‘tirof etishning huquqiy asosi sanaladi. Shu jihatdan
jinoiy javobgarlik asosi sifatida jinoyat tarkibining ahamiyatiga e‘tibor qaratish
maqsadga muvofiq.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalaridagi konkret jinoyat tarkibi
jinoiy javobgarlik asosi hisoblanadi hamda bir jinoyatni boshqa bir jinoyatdan
farqlash imkonini beradi. Jinoyat qonunida o‗g‗irlik, talonchilik, tovlamachilik
kabi jinoyat tarkiblarining belgilarini tasvirlamasdan turib bu jinoyatlarni o‗zaro
farqlash mumkin emas edi. Masalan, Rim huquqida o‗g‗irlik deganda mulk
huquqining buzilishi, shuningdek qarzni qaytarmaslik tushunilgan. Anglo-sakson
jinoyat huquqida o‗g‗irlik (―larceny‖) deganda mulkka tajovuz qilishning turli
usullari, shuningdek topilmani o‗zlashtirish yoki elektroenergiyani talon-toroj
qilish tushuniladi
3
.
Har bir jinoyat obyektiv va subyektiv belgilari, o‗ziga xos xususiyatlarining
turfa xilligi bilan xarakterlanadi. Biroq, JKning Maxsus qismi moddalarida jinoyat
qonuni bilan qo‗riqlanadigan manfaat va ijtimoiy munosabatlarga zarar
yetkazadigan yoki zarar yetkazishning real xAfvini keltirib chiqaradigan
qilmishning ijtimoiy xavfliligini ko‗rsatuvchi obyektiv va subyektiv belgilargina
namoyon bo‗ladi.
Har bir jinoyatning tarkibi qilmishni jinoyat deb topishda obyekt, obyektiv
tomon, subyekt va subyektiv tomon elementlarining mustahkam strukturasiga
tayanadi.
Jinoyat tarkibi – jinoyat qonuni bilan o‗rnatilgan ijtimoiy xavfli qilmishni
jinoyat sifatida baholaydigan obyektiv va subyektiv belgilarning yig‗indisidir.
JKning 16-moddasiga muvofiq Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‗lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka
tortish uchun asos bo‗ladi.
Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi va konkret jinoyat tarkibi
tushunchalari o‗zaro farqlanadi. Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi – ilmiy
abstraksiya (huquqiy model) bo‗lib, barcha konkret jinoyat tarkiblariga xos bo‗lgan
tipik, umumiy belgilarni o‗z ichiga qamrab oladi. Konkret jinoyat tarkiblari esa
Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalari dispozitsiyalarida tasvirlanadi hamda shu
turdagi jinoyatlar uchun umumiy xarakterga ega belgilardan iborat bo‗ladi
(masalan, JKning 169-moddasi – o‗g‗irlik).
Jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalarining har ikkalasi ijtimoiy xavfli
qilmishning turli jihatlarini aks ettiradi. Jinoyat tushunchasi ijtimoiy xavfli
qilmishning ijtimoiy-siyosiy xarakterini ko‗rsatib, uni boshqa huquqbuzarliklardan
farqlashga xizmat qiladi. Jinoyat tarkibi jinoyat deb baholanuvchi qilmishning
huquqiy (yuridik) shakl (xususiyat)i sanaladi.
Jinoyat tarkibida konkret jinoyatning umumiy belgilari jamlanadi. Konkret
jinoyat tarkibi belgilari JKning Umumiy qismi (subyekt va subyektiv tomon
3
Шаргородский М.Д Уголовное право:. Вина и наказание в уголовном праве. Издание 3-е,
переработанное. – М.: 2006. – С. 91.
38
belgilari) va JKning Maxsus qismi (obyektiv tomon belgilari) moddalarida aks
etadi. Jinoyat tarkibi tushunchasi o‗zida obyekt, obyektiv tomon, subyekt va
subyektiv tomon elementlarini qamrab oladi.
Har bir belgilar o‗z navbatida zaruriy va fakultativ belgilarga bo‗linadi.
Zaruriy belgilar – jinoyat obyekt, qilmish, ayb va jinoyat subyekti (aqli rasolik va
yosh) singari barcha jinoyat tarkibida so‗zsiz ishtirok etadigan belgilar. Fakultativ
belgilar esa jinoyat predmeti, ijtimoiy xavfli oqibat, qilmish va oqibat o‗rtasidagi
sababiy bog‗lanish, vaqt, joy, sharoit, usul, jinoyat sodir etish quroli va vositasi,
motiv, maqsad va jinoyat subyektining maxsus belgilari bo‗lib, bular qonun
chiqaruvchi tomonidan alohida jinoyat tarkiblari uchun xos xususiyat o‗laroq
mavjud bo‗ladi. Agar u yoki bu fakultativ belgi jinoyat-huquqiy norma
dispozitsiyasida ko‗rsatilgan bo‗lsa, u zaruriy belgiga aylanadi. Aqalli bitta zaruriy
belgining mavjud emasligi qilmishda jinoyat tarkibi mavjudligini hamda jinoiy
javobgarlikni istisno etadi.
O‗zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining o‗ziga xosligi shundaki, JKda
konkret jinoyat tarkiblarining mufassal ro‗yxati bayon qilingan bo‗lib, bu shaxs
sodir etgan qilmishi u yoki bu konkret jinoyat tarkibi belgilari bilan mos
kelgandagina jinoiy javobgarlik kelib chiqadi
4
.
JKda konkret jinoyat tarkiblari belgilarining tasvirlanishida bu turdagi
qilmishni sodir etishning obyektiv va subyektiv belgilariga xos bo‗lgan umumiy
qonuniyatdan foydalaniladi hamda bu belgilar birgalikda qilmishning ijtimoiy
xavfliligini anglatadi.
JKning Maxsus qismi moddalari yoki qismlarida tamom bo‗lgan jinoyat
tarkiblarining belgilari qilmishni bitta shaxs yoki ishtirokchilikda sodir etilishiga
ko‗ra ham tasvirlanadi. Biroq JK Umumiy qism qoidalaridan kelib chiqqan holda
tamom bo‗lmagan jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish hamda jinoyatga suiqasd
qilishning tarkibini ham ko‗rsatish taqozo etiladi. Agar shaxs jinoyat sodir etishda
dalolatchi, tashkilotchi yoki yordamchi vazifasini bajargan bo‗lsa-da, lekin
bajaruvchining harakatlarini amalga oshirmagan bo‗lsa, u sodir etgan qilmishda
jinoyatga dalolat qilish, tashkilotchilik qilish yoki yordamchilik qilish tarkibi
mavjud bo‗ladi.
Jinoyat tarkibi jinoiy javobgarlik asosi sanalar ekan, u shaxs sodir etgan
qilmishni to‗g‗ri kvalifikatsiya qilish, jinoiy xulq-atvorni jinoiy bo‗lmagan xulq-
atvordan ajratish, ish yuzasidan jinoyat-protsessual qaror qabul qilish, jazo yoki
boshqa majburlov chorasining turi va miqdorini aniqlashga xizmat qiladi.
Bularning barchasi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolati,
insonparvarlik, qonuniylik va odillik prinsiplari hamda umume‘tirof etilgan
aybsizlik prezumpsiyasini amalga oshirishga zamin yaratadi.
Shunday qilib, jinoyat tarkibi belgilari nafaqat JKning Maxsus qismi
moddalari yoki ularning qismlarida, balki JKning Umumiy qism normalarida ham
aks etadi. JKning Umumiy qism moddalarida barcha turdagi yoki alohida jinoyat
tarkiblari uchun xos bo‗lgan belgilar nazarda tutiladi.
4
Чучаев А.И. Комментарий к Уголовному кодексу РФ (постатейный). – М.: Контракт,
2012. – С. 81.
39
Jinoyat obyektlarini jinoiy tajovuzlardan qo‗riqlovchi huquqiy munosabatlar
doirasida vujudga keladigan jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etilishi bilan paydo
bo‗ladi. Chunki jinoiy javobgarlik, uni vujudga keltiruvchi yuridik holat (jinoyat)
sodir etilganidan to shaxsning sud hukmiga binoan aybdor deb tan olinishi va unga
jinoiy jazo tayinlanishi bilan bog‗liq salbiy oqibatlar yig‗indisidir. Shu bois
jinoyat-huquqiy munosabatlar har doim jinoyat-protsessual huquqiy munosabatlar
bilan uzviy bog‗liq bo‗ladi, ya‘ni sodir etilgan jinoyat fosh etilmasa, jinoyat-
huquqiy munosabatlar amalga oshmay qolishi mumkin. Zero, jinoyat-huquqiy
munosabatlarning
amalga
oshirilishi
jinoyat
ishining
barcha
holatlari
o‗rganilganligi, jinoyatning ochilganligi, aybdorning jinoiy javobgarlikka
tortilganligi va jazolanganligi, jamiyat uchun xAfvning bartaraf etilganligi,
jabrlanuvchining buzilgan huquqlari (sha‘ni, qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va ho.
k.) tiklanganligi va moddiy zarar qoplanganligini bildiradi.
Jinoyat-huquqiy munosabatlarning amalga oshirilishi bir vaqtning o‗zida
davlatning qonunni buzgan, ya‘ni aybdor zimmasiga qonunda nazarda tutilgan
salbiy oqibatni yuklash yo‗li bilan uni jazolash orqali o‗z huquqi (majburiyati)ning
amalga oshirilganligini anglatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etishda aybdor
deb topilgan shaxsga nisbatan amalga oshiriladigan davlatning ijtimoiy xavfli qilmish
sodir etgan shaxsga jinoyat qonuni prinsiplariga muvofiq reaktsiyasi hisoblanadi.
Shuningdek, hech kim sudning hukmisiz jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi
hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat uchun javobgarlik jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati bo‗lib, jinoyat
sodir etishda aybdor bo‗lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki
boshqa huquqiy ta‘sir chorasi qo‗llanishida ifodalanadi.
Jinoiy javobgarlikning asosini deganda JKning Maxsus qismida nazarda tutilgan
jinoyat tarkibining barcha alomatlari – obyekt, obyektiv tomon, subyekt hamda
subyektiv tomon mavjud holda qilmishning sodir etilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |