Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
 
 
4.1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi va uning o„ziga xos xususiyatlari
Huquq falsafasida yuridik javobgarlik huquqbuzarning o‗ziga xos majburiyati 
sifatida qaraladi. Jinoiy javobgarlik esa yuridik javobgarlikning bir turi bo‗lib, 
Jinoyat kodeksida taqiqlangan qilmish sodir etilgan taqdirda qo‗llanadi. Unga 
boshqa yuridik javobgarlikka nisbatan javobgarlikning birmuncha og‗irligi xosdir. 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-moddasi birinchi qismida 
jinoyat uchun javobgarlikning ta‘rifi berilgan bo‗lib, jinoyat uchun javobgarlik 
jinoyat sodir etishda aybdor bo‗lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, 
jazo yoki boshqa huquqiy ta‘sir chorasi qo‗llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir 
etishning huquqiy oqibatidir. 
Jinoiy javobgarlik shaxsning Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan qilmishning 
sodir etganligi uchun shaxs va davlat o‗rtasida vujudga keladigan jinoyat-huquqiy 
munosabatdir. Shu sababdan ham jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi nazariyasining 
markaziy masalalaridan hisoblanadi. 
Jinoyat huquqidagi jinoyat – jinoiy javobgarlik – jazodan iborat uch muhim 
kategoriya ichida jinoiy javobgarlik qator munozara va bahsga sabab bo‗layotgan 
mavzulardan hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, jinoiy javobgarlik 
yuridik tabiatini o‗rganishga bo‗lgan qiziqish fanda XX asrning 60-yillariga kelib 
shakllandi.
Jinoiy javobgarlik o‗zining huquqiy mazmuniga ko‗ra, jinoyat sodir etishning 
huquqiy oqibati bo‗lib, u ijtimoiy xavfli, aybli qilmish oqibatida yuzaga keladi. 
Uning yakuniy bosqichi davlat nomidan hukm qilish shaklidagi majburlov 
chorasida ifodalanib, jinoiy jazo yoki boshqa majburlov choralarini qo‗llashda 
ko‗rinadi. Ta‘kidlash lozimki, jinoiy javobgarlik o‗z nomi bilan jinoyat huquqiga 
oid munosabatlar doirasida vujudga keladi. Shu jihatdan jinoiy javobgarlik 
davlatning jinoyat-huquqiy munosabatlarga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan 
amalga oshiriladigan munosabati sifatida tushuniladi. 
Qoida tariqasida, jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etilganidan so‗ng vujudga 
keladi hamda ayrim adabiyotlarda uni amalga oshirish quyidagi bosqichlardan 
iborat deb ta‘kidlanadi:
– ayblash bosqichi;
– sud tomonidan jazo tayinlash bosqichi;


35 
– jazoni ijro etish bosqichi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, shaxsning u sodir etgan 
ijtimoiy xavfli qilmishi uchun javobgarligi jinoyat sodir etish boshlangan paytdan 
vujudga keladi.
Biroq jinoyat huquqi nazariyasida jinoiy javobgarlik jazoga o‗xshash 
tushuncha sifatida ham talqin qilinadi. Bunga misol tariqasida 1994-yilda 
O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi qabul qilinguniga qadar jinoiy 
javobgarlik jinoiy jazodan alohida institut sifatida ko‗rib chiqilmas edi.
Jinoiy javobgarlik – jinoyat sodir qilgan shaxsning qilmishiga mutanosib jinoyat 
qonuni prinsiplari doirasidagi reaksiyasi bo‗lib, u jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan 
jinoiy ta‘qibni anglatadi. Mazkur ta‘qib sudning hukmi orqali shaxsga jazo yoki 
boshqa huquqiy ta‘sir chorasi qo‗llashni nazarda tutadi.
Shuningdek, jinoiy javobgarlik har doim aniq xususiyat kasb etadi. Jinoyat 
kodeksining 16-moddasiga asosan sud tomonidan hukm qilish orqali 
tayinlanadigan jazo chorasiga Jinoyat kodeksining 43-moddasida nazarda tutilgan 
jazo turlaridan birini tayinlanishini nazarda tutadi. Mazkur moddadagi ―boshqa 
huquqiy ta‘sir chorasi‖ sifatida voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiya yo‗sindagi 
majburlov choralari, shuningdek tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari qo‗llanilishi 
nazarda tutiladi. 
Jazo esa sud tomonidan qo‗llaniladigan va shaxsning huquq va erkinliklarini 
ma‘lum muddatga cheklash yoki ulardan mahrum qilish bilan birga uni qayta 
tarbiyalash maqsadini ko‗zlovchi davlatning majburlov chorasi hisoblanadi. 
Biroq jinoiy javobgarlik faqatgina negativ xarakter kasb etmay, balki pozitiv 
jihatlarga ham ega. Masalan, zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida harakat 
qilgan shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi uning pozitiv xususiyatiga 
misol bo‗la oladi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish