Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Tibbiy yo‟sindagi majburlov choralari



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Tibbiy yo‟sindagi majburlov choralari 

 
bu ijtimoiy xavfli qilmishni sodir 
etishda aybli deb topilgan aqli noraso shaxslarga nisbatan davlat nomidan sud 
hukmi bilan qo‘llanadigan va ularni davolash hamda ularning yangi ijtimoiy xavfli 
harakatlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanadigan majburlov 
chorasi.
 
o‗zining qilmishi xususiyatini va xavfliligini anglashi yuridik mezonning 
intellektual belgisini bildirsa, shaxsning o‗z xatti-harakatlarini boshqara olish 
qobiliyati irodaviylik belgisini bildiradi. 
Bundan tashqari, shaxsni aqli noraso deb topishning tibbiy mezonlari
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi alomatlari 
bilan bog‗liq. Shaxsning ruhiy holati buzilganligi alomatlari surunkali ruhiy 
kasallik, ruhiy holatning vaqtincha buzilganligi, aqli zaiflik hamda
 
ruhiy 
kasallikning boshqa holatlari bilan ifodalanadi. 
Aqli noraso shaxs esa jinoyat subekti bo‗lishi mumkin emas. Shu sababdan 
ham aqli noraso deb topilgan shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganda sud 
tomonidan unga nisbatan tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari qo‗llanilishi 
mumkin. 
Tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari bu ijtimoiy xavfli qilmishni sodir 
etishda aybli deb topilgan aqli noraso shaxslarga nisbatan davlat nomidan sud 
hukmi bilan qo‗llanadigan va ularni davolash hamda ularning yangi ijtimoiy xavfli 
harakatlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanadigan majburlov chorasi 
hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Psixiatriya yordami to‗g‗risida‖gi 
Qonunining 15-moddasida tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari ruhiy holati 
buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan tibbiy 
yo‗sindagi majburlov choralari qonun hujjatlarida belgilangan asoslar bo‗yicha va 
tartibda sudning qaroriga binoan qo‗llanilishi ko‗rsatilgan. Tibbiy yo‗sindagi 
majburlov choralari sog‗liqni saqlash organlarining psixiatriya muassasalarida, 
alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka duchor bo‗lgan yoxud aqli rasolikni 
istisno etmaydigan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan esa – jazoni ijro etish 
muassasalarida ham amalga oshiriladi. Sudning tibbiy yo‗sindagi majburlov 
choralari qo‗llanish to‗g‗risidagi qaroriga binoan psixiatriya statsionariga 
joylashtirilgan shaxslar psixiatriya statsionarida bo‗ladigan butun davrda mehnatga 
layoqatsiz deb topiladi hamda shifokor psixiatr huzurida ambulatoriya majburiy 
kuzatuvida va davolanishida turgan shaxslar singari, davlat ijtimoiy sug‗urtasi 
bo‗yicha nafaqa olish yoki umumiy asoslarda pensiya olish huquqi bilan 
ta‘minlanadi
33

Sud shaxsning ruhiy kasalligi haqida mustaqil ravishda xulosaga kela 
olmaydi, shu sababli jinoyat ishi doirasida sud psixiatrik ekspertizasini tayinlaydi. 
Ekspertiza natijalarining obektivligi xususida shubha paydo bo‗lsa, sud qayta 
ekspertiza tayinlashi va uni ekspert-psixiatrlar tomonidan o‗tkazilishi to‗g‗risida 
topshiriq berishi hamda ekspertiza oldiga qo‗shimcha savollar qo‗yishi mumkin. 
33
O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plami, 2011 yil, 51-sоn. 542-mоddа. 


245 
Yuqorida so‗z yuritilgan Qonunning 20-moddasida psixiatriya 
tekshiruvidan o‗tkazish tartibi belgilangan. Unga muvofiq ruhiy holati buzilganligi, 
psixiatriya yordami zarurligini aniqlash, shuningdek bunday yordam turi haqidagi 
masalani hal etish uchun shaxs psixiatriya tekshiruvidan o‗tkaziladi. 
Psixiatriya 
tekshiruvi, 
shuningdek 
profilaktika 
ko‗riklari: 
tekshiriluvchining iltimosiga ko‗ra yoki uning roziligi bilan; o‗n to‗rt yoshgacha 
bo‗lgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy 
vakilining iltimosiga ko‗ra yoki roziligi bilan; qonunda belgilangan tartibda 
muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan uning qonuniy vakilining 
iltimosiga binoan yoki roziligi bilan o‗tkaziladi.
Psixiatriya tekshiruvini o‗tkazayotgan shifokor tekshiriluvchiga va uning 
qonuniy vakiliga o‗zini psixiatr deb tanishtirishi shart. Biroq uning o‗zi uchun yoki 
atrofidagilar uchun bevosita xAfv tug‗dirishi mumkin bo‗lgan holatlarda shifokor 
o‗zini psixiatr deb tanishtirmaydi.
Shaxs mavjud ma‘lumotlarga ko‗ra o‗zida og‗ir ruhiy holatning buzilishi 
bor deb taxmin qilish uchun asos beruvchi harakatlarni sodir etsa, quyidagi 
hollarda shaxsning yoki uning qonuniy vakili roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan 
o‗tkazilishi mumkin: 
1.
uning o‗zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‗dirishi; 
2.
uning nochorligi, ya‘ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda 
qondirishga layoqatsizligi; 
3.
agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilsa, ruhiy holati og‗irlashishi 
tufayli uning sog‗lig‗iga jiddiy zarar yetkazilishi. 
Ruhiy nosog‗lom, aqli noraso shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat 
sifatida baholanishi mumkin emas. Shu sababdan ham tibbiy yo‗sindagi majburlov 
choralari va majburiy davolashning huquqiy tabiati mazkur shaxslar tomonidan 
yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etilishining oldini olish, shuningdek ularni 
muhofaza qilish hamda davolashda namoyon bo‗ladi. 
Shuningdek, sud tomonidan nafaqat ruhiy nosog‗lom, aqli noraso shaxslar, 
balki alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‗lgan shaxslarga 
nisbatan ham davolash va jazolash maqsadiga erishishga ko‗maklashuvchi sharoit 
yaratish uchun tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari tayinlanadi. 
Sud qaroriga binoan tibbiy yo‗sindagi majburlov choralari qo‗llanilgan 
shaxsni statsionardan chiqarish faqat sud qarori bilan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Sud 
Plenumining 
2018-yil
12-dekabrdagi ―Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‗sindagi 
majburlov choraarini qo‗llash bo‗yicha sud amaliyoti to‗g‗risida‖gi qaroriga 
asosan, aqli raso holatda jinoyat sodir etgan, biroq keyinchalik o‗z harakatlari 
ahamiyatini anglash yoki ularni boshqara olish imkoniyatidan mahrum qiladigan 
ruhiy kasallikka chalingan shaxs jazodan yoki uni o‗tashdan ozod etiladi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish