Аralash turdagi jazo
– jinoyat qonunida nazarda tutilgan aynan bir jazo
turining sodir etilgan jinoyatlar uchun ham asosiy ham qoʼshimcha jazo turi
tariqasida tayinlanishi mumkin boʼlgan majburlov chorasi.
Аqli rasolik
– shaxs jinoyat sodir etish vaqtida oʼz qilmishining ijtimoiy
xavfli xususiyatini anglaganlik va oʼz harakatlarini boshqara olganligi.
Аxloq tuzatish ishlari
– jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs ish
haqining oʼn foizidan oʼttiz foizigacha boʼlgan miqdorini davlat daromadi hisobiga
ushlab qolgan holda uni olti oydan uch yilgacha boʼlgan muddatga mehnatga
majburan jalb qilishdan iborat boʼlgan jazo chorasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |