Bir qancha jinoyatlar
– bir shaxsning ikki va undan ortiq jinoyatni sodir
etishi va har bir qilmishi alohida jinoyat tarkibini tashkil qiladigan harakatlar
majmui.
Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash
– mahkum hukm chiqarilganidan
keyin asosiy va qoʼshimcha jazolarni toʼla oʼtamay turib, yangi jinoyat sodir etsa,
sud yangi hukm boʼyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan
oʼtalmay qolgan jazo muddatini toʼla yoki qisman qoʼshib jazo tayinlashi.
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish
– qoʼshimcha jazo
tariqasida, ushbu unvonga ega boʼlgan shaxs tomonidan ogʼir yoki oʼta ogʼir
jinoyat sodir etilganda asosiy jazoga qoʼshib tayinlanadigan va shaxsni ushbu
unvon yoki mukofotdan mahrum qiladigan jazo turi.
Harakat bu
– shaxsning ijtimoiy faol (aktiv) xulq-atvori.
Harakatsizlik
– shaxsning nofaol xulq atvori boʼlib, shaxs oʼziga qonun yoki
boshqa qonun osti normativ hujjatlari asosida yuklatilgan vazifalarni bajarmaslikda
ifodalanadigan passiv xulq-atvori.
Do'stlaringiz bilan baham: |