Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo„qotganligi munosabati bilan



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

16.3.
Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo„qotganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish 
Mazmuni va mohiyati nuqtai nazaridan qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfligini 
yo‗qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish bir-biriga yaqin 
bo‗lganligi sababli qonun chiqaruvchi javobgarlikdan ozod qilishning bu ikki turini 
jinoyat kodeksining bitta normasida keltirgan. 
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‗rish vaqtida sharoit o‗zgarganligi tufayli 
sodir etilgan qilmish o‗zining ijtimoiy xavfliligini yo‗qotgan deb topilsa, jinoyat 
sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ushbu turida sodir etilgan paytida 
ijtimoiy xavfli hisoblangan qilmish sharoit o‗zgarganligi uchun o‗zining ijtimoiy 
xavflilik xususiyatini yo‗qotsa shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning zarurati 
qolmaydi. 
Javobgarlikdan 
ozod 
qilishning 
ushbu 
turini 
tushuntirishda 
M.Usmonaliyev quyidagi misolni keltiradi. 
Fuqaro A.ning hovlisi mahalliy ahamiyatga ega bo„lgan yo„l bo„yida 
joylashgan bo„lib, yo„l chetiga ekilgan katta daraxtlar hovliga soya solib turar, 
natijada u hovlisidan hosil ololmas, zax tufayli uyiga ham zarar yetgan, oila 
a‟zolari tez-tez kasallanib turganligidan shikoyat qilib, ushbu daraxtlarni kesib 
tashlash, o„rniga pastroq o„sadigan daraxtlarni ekishni so„rab tuman hokimiyatiga 
bir necha marta murojaat qiladi. Ammo uning iltimosi qanoatlantirilmas, oilaviy 
ahvol yomonlashib borar edi. Shundan keyin fuqaro A. hovlisiga soya solib 
turadigan daraxtlarni kesib tashlaydi. Uning qilmishi uchun O„zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi bilan jinoyat ishi qo„zg„atiladi. 
Ammo ko„p o„tmasdan shu ko„cha o„rniga katta davlat ahamiyatiga ega bo„lgan 
yo„l o„tishi tufayli yo„l chetidagi daraxtlar kesib tashlana boshlaydi. Sharoit 
o„zgarganligi uchun sodir etilgan qilmish ijtimoiy xavfliligini yo„qotdi deb sud A.ni 
qilmish ijtimoiy xavfliligini yo„qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod 
qilish asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi
21

Qilmish sodir etilgan vaqtida jinoyat bo‗lib, sharoit o‗zgarganligi tufayli 
ma‘muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortiladigan qilmish bo‗lib qolishi mumkin. 
Javobgarlikdan ozod qilishning bu turida jinoyat qonuniga kiritilgan 
o‗zgartirish, jinoyat qonunining liberallashuvi, qilmishni dekriminalizatsiyalashuvi 
yuz berganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutmaydi, 
balki jinoyat sodir etilgan vaqtdagiga nisbatan ishni tergov qilish yoki sudda 
21
M.Usmonaliev, P.Bakunov Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Oliy o‗quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: 
«Nasaf» nashriyoti, 2010. – 539 bet. 


177 
ko‗rish vaqtida obyektiv ravishda qilmish o‗zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini 
yo‗qotganligi nazarda tutiladi. 
Ta‘kidlash joizki, Jinoyat kodeksi 65-moddasi birinchi qismining mazmuniga 
ko‗ra, ishni tergov qilish yoki sudda ko‗rish vaqtidagina sharoit o‗zgarganligi 
tufayli qilmish o‗zining ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutadi. Hukm qonuniy kuchga kirib, shaxs 
jazoni o‗tash vaqtida sharoit o‗zgarib qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini 
yo‗qotgan bo‗lsa, JKning 65-moddasi asosida shaxsni javobgarlikdan ozod qilish 
mumkinmi degan savol tug‗iladi. Qonun mazmuniga ko‗ra faqat ishni tergov qilish 
va sudda ko‗rish vaqtida sharoit o‗zgarganligi tufayligina javobgarlikdan ozod 
qilish nazarda tutiladi. Ayblov hukmi chiqqanidan keyin yoki jazoni o‗tash vaqtida 
sharoit o‗zgarganligi tufayli qilmish ijtimoiy xavfliligini yo‗qotgan taqdirda 
Jinoyat kodeksining 65-moddasi qoidalarini qo‗llab javobgarlikdan ozod qilish 
mumkin emas. Bunday holda jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi boshqa 
normalar qo‗llanilib, shaxs jazodan ozod qilinishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 65-moddasida nazarda tutilgan 
javobgarlikdan ozod qilishning ikkinchi turi ham jinoyat sodir etilgan vaqtidagi 
sharoitga nisbatan ishni tergov qilish yoki sudda ko‗rish vaqtida sharoitning 
o‗zgarganligi bilan bog‗liq. Bunda umuman sharoitning o‗zgarganligi emas, balki 
shaxsning atrofini o‗rab turgan muhitda yuz bergan o‗zgarishlar nazarda tutiladi. 
Ya‘ni yuz bergan o‗zgarishlar shaxsning ruhiy holatiga ta‘sir qilishi natijasida 
uning ijtimoiy xavflilik xususiyati yo‗qotilishiga sabab bo‗lishi kerak. 
Fuqaro A. baliq oviga chiqib, o„rmon xo„jaligi hududida tunab qolgan. Tunda 
sovuq bo„lgani sababli, isinish maqsadida fuqaro A. gulxan yoqib, gulxanni 
o„chirmay uxlab qolgan. Fuqaro A. o„rmon xo„jaligi hududida olovga ehtiyotsizlik 
munosabatida bo„lgan. Tunda shamol turib, gulxandan o„rmon xo„jaligi dov-
daraxtlariga o„t ketib, katta ekin maydonidagi daraxtlar yonib ketishi natijasida, 
o„rmon xo„jaligiga ko„p miqdorda zarar yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan 
fuqaro A.ga nisbatan JKning 198-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo„zg„atilgan. 
Tergov jarayonida fuqaro A. o„rmon xo„jaligiga yetkazilgan zararni to„liq qoplab, 
yong„inda zarar ko„rgan katta ekin maydoniga daraxt ekib bergan. Sud tomonidan 
fuqaro A. shaxsi ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo„qotgan deb O„zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat 
kodeksining 
65-moddasi 
ikkinchi 
qismi 
asosida 
javobgarlikdan ozod qilingan.
Sud amaliyotida jinoyat sodir qilgan shaxsning harbiy xizmatga chaqirilishi, 
bolalariga nafaqa (aliment) to‗lashdan bosh tortib yurgan shaxsning o‗z oilasiga 
qaytishi, baxtsiz hodisa tufayli shaxsning nogiron bo‗lib qolganligi, jinoyat sodir 
qilgan shaxsning qahramonlik namunalarini ko‗rsatganligi va hokazolarni aytish 
mumkin. Demak, sharoitning o‗zgarganligi deganda aniq bir shaxsga tegishli 
sharoitning o‗zgarganligi nazarda tutiladi. 
Qilmish yoki shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi dastlabki tergov 
harakatlari endi boshlangan, ishni sudda muhokama qilish vaqtida yoki ishni sudda 
ko‗rishning keyingi bosqichlarida yuz berishi mumkin.


178 
Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish, bu haqida qonunda aniq ko‗rsatilgan bo‗lmasa-da, 
faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
Agar shaxs o‗ziga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini O‗zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksining 65-moddasi asosida javobgarlikdan ozod qilinishiga norozi 
bo‗lsa, u javobgarlikdan ozod qilinmay, jinoyat ishini tergov qilish yoki sudda 
umumiy tartibda ko‗rish davom ettirilib, sud tomonidan unga nisbatan oqlov yoki 
ayblov hukmi chiqariladi. Bunday holda shaxs aybi isbotlansa, unga nisbatan 
ayblov hukmi chiqarilib, uni jazodan ozod qilish masalasi ko‗rib chiqilishi 
mumkin.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish