150
b) jazo jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalashni, o‗sha
shaxs va
boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyat sodir etilishining oldini olishni maqsad
qilib qo‗ygan holda, ozodlikdan mahrum qilish jazosi ularni boshqa jinoyatchilar
guruhiga qo‗shib qo‗yadi, bu esa ularda tajriba almashish imkonini yaratadi;
d) jazoning maqsadi jinoyat sodir etgan shaxslarni ijtimoiy foydali mehnat
muhitiga o‗rgatish bo‗lgani holda, ozodlikdan mahrum qilish jazosi uni erkin
hayotdan butunlay uzoq bo‗lgan
muhitga joylashtiradi, natijada ozodlikka
chiqqanidan keyin shaxsda yangi hayotida bar qancha muammolar (masalan,
o‗ziga mos ish topib ishlash, oilaviy muammolarni bartaraf etish,
spirtli
ichimliklarga ruju qo‗ymaslik va h.k.), tug‗iladi boshqacha aytganda, mahkumni
passiv hayot tarziga o‗rgatib qo‗yadi.
Shu nuqtayi nazardan respublikamizda shaxsni ozodlikdan mahrum qilishga
muqobil bo‗lgan jazolardan samarali foydalanishga
qaratilgan islohotlar olib
borilmoqda. Jumladan, bugungi kungacha JK 48-moddasida qamoq jazosi nazarda
tutilgan bo‗lsa, 2017-yil 29-martdagi ―Fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta‘minlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar
qabul qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonunga muvofiq
JKdan mazkur jazo turi chiqarib tashlandi.
Qolgan jazo choralarini ozodlikni faqat cheklaydigan jazolar tashkil etadi.
Ushbu jazo choralari o‗zining jazolovchi ta‘siri hajmiga ko‗ra
boshqa jazo
choralaridan ancha farq qiladi. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‗liq bo‗lmagan
ko‗p sonli jazo choralari orasida hozirgi vaqtda jarima hamda tarbiyaviy ta‘sir
ko‗rsatish bilan bog‗liq jazolar alohida o‗rin egallaydi. Mazkur jazo choralarini
amalga oshirish uncha ko‗p mablag‗ talab qilmaydi, bundan tashqari, ular
mahkumni jamiyatdan ajratmasdan, demak, uning jamiyat, o‗z oilasi bilan ijtimoiy
foydali aloqalarini uzmasdan axloq tuzatish maqsadlariga erishish imkonini beradi
va ayrim hollarda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‗liq
jazolarga qaraganda
samaraliroq ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Jazolarni yuridik mazmuniga ko‗ra tasniflash ham muhim ahamiyatga ega.
Afsuski, adabiyotlarda mahkumga tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatish tushunchasining
yagona ta‘rifi mavjud emas. Har bir ta‘rifni keltirish va tahlil qilishga berilmasdan,
shuni ta‘kidlab o‗tishni istar edikki, mahkumga tarbiyaviy ta‘sir yoki axloq tuzatish
ta‘siri ko‗rsatish deganda, bizning nazarimizda, ishontirish va majburlash
usullarining o‗ziga xos uyg‗unligida mahkumga ta‘sir ko‗rsatish
jarayonini
tushunmoq kerak.
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasiga binoan,
Do'stlaringiz bilan baham: