9.7. Xato va uning jinoyat huquqiy ahamiyati
Xato tushunchasi va uning turlari jinoyat tarkibi subyektiv tomonini
o‗rganishda alohida ahamiyatga ega. Jinoyat sodir etgan shaxs o‗z navbatida
qilmishining jinoiyligini oldindan bilishi yoki bilmasligi ham mumkin, bu esa
shaxsga jinoiy javobgarlik belgilashga ta‘sir ko‗rsatadi.
Jinoyat huquqiga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‗rsatadiki, huquqshunos
olimlar ―xato‖ tushunchasini ifodalashda turli so‗zlardan foydalanadi. Masalan,
yuridik xatoni sodir etilgan qilmishning yuridik mohiyati yoki oqibatini ―noto‗g‗ri
baholash‖, faktik xatoni ifodalashda esa faktik holatlarni ―noto‗g‗ri tasavvur
qilish‖, ayrim hollarda ―yanglishish‖ so‗zidan ham foydalanadi. Yuridik lug‗atda
ta‘rif berilishicha, xato shaxsning o‗zi tomonidan sodir etilgan qilmish yoki
oqibatlarining haqiqiy yuridik va faktik xususiyatini noto‗g‗ri tasavvur qilishidir
17
.
Ko‗pchilik olimlar tomonidan xato yuridik va faktik xatolarga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |