9.4. Ehtiyotsizlik va uning turlari
Jinoyat
kodeksining
22-moddasida
aybning
ehtiyotsizlik
shakliga
quyidagicha ta‘rif berilgan: ―O‗z-o‗ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir
etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb
topiladi‖.
Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy
javobgarlik yuz bergan oqibatga qarab belgilanadi. Masalan, ―Ehtiyotsizlik
orqasida odam o‗ldirish‖ (JK 102-moddasi), ―Kasb yuzasidan o‗z vazifalarini
lozim darajada bajarmaslik‖ (JK 116-modda uchinchi va to‗rtinchi qismlari),
―Mulkni qo‗riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‗lish‖ (JKning 172-moddasi),
―Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini
buzish‖ (JK 266-modda) va shu kabilar. Ayrim hollarda shaxsni javobgarlikka
tortish uchun oqibatning kelib chiqishi shart emas. Masalan, farzandlikka olish
sirini oshkor qilish (JK 125-moddasi) jinoyati qasddan va shuningdek, ehtiyotsizlik
orqasida ham sodir etilishi mumkin hamda farzandlikka olish siri oshkor etilgan
vaqtdan boshlab qilmish tugallangan deb hisoblanadi.
90
Jinoyat
Do'stlaringiz bilan baham: |