Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Murakkab aybli jinoyatlar



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

9.5. Murakkab aybli jinoyatlar
 
Murakkab ayb bir jinoyat tarkibida aybning ikki shaklini birlashmasi bo‗lib, 
ayb, birinchidan, shaxsning bevosita obyektga, ikkinchidan, qilmishida nazarda 
tutilmagan ijtimoiy xavfli oqibatga bo‗lgan ruhiy munosabatidir. Bu ijtimoiy xavfli 
oqibatning paydo bo‗lishi ijtimoiy xavfli qilmishning og‗irlik darajasini oshiradi va 
og‗irroq jazo tayinlanishini taqozo qiladi.
JKda qariyb o‗ttizdan ortiq murakkab aybli jinoyatlar mavjud, ularning 
barchasi kelib chiqqan oqibatiga ko‗ra shu jinoyatlar turkumiga kiritilgan. 
Masalan, jinoiy ravishda homila tushurish (abort) (JK 114-moddasining birinchi 
qismi) jinoyati sodir etilib, uning natijasida odam o‗limi yuz bersa (mazkur 
moddaning uchinchi qismi) murakkab aybli jinoyat hisoblanadi. Bunday holatda 
jinoiy ravishda homila tushurish (abort) qasddan sodir etiladi, uning natijasida 
kelib chiqqan o‗lim esa, ehtiyotsizlik shaklida bo‗ladi. Bu subyektiv tomoni 
murakkablashgan – har ikki shakldagi ayb bilan bog‗liq jinoyat tarkibidir. Ba‘zi 
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik 
orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni 
qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan 
sodir etilgan, deb topiladi. 


92 
jinoyatlarning subyektiv tomonining murakkab ekanligini hisobga olib bir 
qilmishda ikki xil shakldagi ayb mavjud ekanligini ko‗rish mumkin. Masalan, M. 
qonuniy nikohdan o‗tmay fuqaro A. va uning voyaga yetmagan qizi B. bilan birga 
ijarada yashab kelgan. Fuqaro M. 2017-yil 1-noyabrda mast holatda uyga kelib, 
voyaga yetmagan o‗gay farzandi ovqatni to‗kib yuborganligi sababli unga jahl 
qilib, uni divandan uloqtirgan va yerdan ko‗tarib olib, taxminan 1,5 metr 
balandlikdan xonaga to‗shalgan ko‗rpacha ustiga tashlab yuborib, unga qasddan 
og‗ir darajadagi tan jarohati yetkazgan. B. olgan og‗ir tan jarohatlari natijasida ikki 
kundan so‗ng vafot etgan. Sud M.ni O‗zbekiston Respublikasi JKning 104-
moddasi 3-qismi ―d‖ bandi bilan aybli deb topgan. Ushbu jinoyat ishida ijtimoiy 
xavfli harakat aybning qasd shaklida sodir etilgan, ya‘ni badanga og‗ir shikast 
yetkazish (1-oqibat) qasddan sodir etilgan, biroq kelib chiqqan jabrlanuvchining 
o‗limi (2-oqibat) ehtiyotsizlik orqasida yuz bergan. Xususan, aybdor jabrlanuvchi 
sog‗ligiga tajovuz qilganda uni o‗ldirish niyati bo‗lmagan. Shu sababli ham bunday 
turdagi jinoyatlar murakkab aybli jinoyat hisoblanadi.
Murakkab aybli jinoyatlar aybning uchinchi shakli emas, balki shaxsning 
jinoiy qilmishida qasd va ehtiyotsizlikning uyg‗unlashuvidir. Garchi, murakkab 
aybli jinoyatlarda bir qancha harakat, oqibatlar mavjud bo‗lsada, unga bir qancha 
jinoyat deb qaralmaydi. Murakkab aybli jinoyat bir jinoyat tarkibini tashkil etadi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish