87
sababiy bog‗lanishni anglash tushuniladi. Shunga e‘tibor berish lozimki, har bir
shaxs mavjud tartib-taomillarni yaxshi bilishi zarur. Zero,
qonunni bilmaslik
javobgarlikdan ozod qilmaydi. Masalan, yashash huquqi har bir insonning uzviy
huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og‗ir jinoyatligi (O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 24-modda) yoki har kim o‗z sha‘ni va obro‗siga
qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish (O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 27-modda) huquqiga ega ekanligi belgilangan. Misol
uchun, bolg‗a bilan odamning bosh sohasiga urilsa,
odam hayotiga tajovuz
qilingan hisoblanadi va buning oqibatida odam o‗lishi mumkin. Shu sababli
shaxsni hayotdan mahrum etganlik uchun JK 97-moddasida qasddan odam
o‗ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatini oldindan bilish
deganda,
kelajakda
sodir bo‗ladigan, sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan voqea yoki hodisalarning shaxs
ongida taxminiy tasavvur qilishi tushuniladi. Masalan, hayot uchun muhim bo‗lgan
a‘zoga pichoq sanchilishi oqibatida shaxs tan jarohati olishi yoki o‗lim oqibati yuz
berishi (moddiy tarkibli jinoyat) mumkin. Biroq JKda nazarda tutilgan ayrim
jinoyatlar formal tarkibli bo‗lib, aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun oqibat
kelib chiqishi shart emas. Masalan, nashr qilish yoki boshqacha usulda
ko‗paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qilish (JK
140-modda 2-qismi)da jabrlanuvchini ana shunday usulda haqorat qilishning o‗zi
tamom bo‗lgan jinoyat hisoblanadi.
Ijtimoiy xavfli oqibatning yuz berishini istash
deganda aybdorning ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etishi (harakat yoki harakatsizlik) orqali muayyan maqsad yoki
natijaga erishishi uchun bo‗lgan intilishi tushuniladi. Masalan, ayol turmush
o‗rtog‗idan qutulib, uning mol-mulkiga ega bo‗lish maqsadida qotil yollab, uni
qasddan o‗ldirishi (JKning 97-modda 2-qism ―i‖ bandi)da aybdor haqiqatdan ham
jabrlanuvchining o‗limini istaydi. Agar aybdor ko‗zlagan
oqibat yuz bermasa,
uning harakatlari bu jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish (JK 25-modda) deb
kvalifikatsiya qilinadi.
Yuqoridagi 3 ta belgi faqat to‗g‗ri qasddan sodir etiladigan jinoyatlarga
xosdir.
Jinoyat qonunchiligida egri qasd eventual qasd deb ham nomlanadi.
Eventual (lot.
eventus
− holat) − muayyan holatdagi favqulodda qasd degan
ma‘noni anglatadi.
To‗g‗ri va egri qasd sodir etilgan qilmish natijasida kelib chiqqan oqibatga
ko‗ra bir-biridan farqlanadi. To‗g‗ri qasdda subyekt ijtimoiy xavfli oqibat yuz
berishini istaydi (irodaviy holat mavjud), egri qasdda esa ijtimoiy xavfli oqibat yuz
berishiga ongli ravishda yo‗l qo‗yadi (irodaviy holat mavjud emas).
Egri qasdning 3 belgisi mavjud:
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash;
2) qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatiga ko‗zi yetgan;
3) ijtimoiy xavfli oqibatni yuz berishiga ongli ravishda yo‗l qo‗yish.
88
Egri qasdda shaxs ijtimoiy xavfli oqibatni kelib
chiqishiga ongli ravishda
yo‗l qo‗yish, oqibatning kelib chiqishiga passiv munosabatda bo‗ladi. Bunday
holda aybdor ijtimoiy xavfli oqibatning yuz berishini istamasa-da, oqibatga
nisbatan befarqlik bilan qarashda ifodalanadi. Ya‘ni
aybdorga ijtimoiy xavfli
oqibat kelib chiqsa ham, kelib chiqmasa ham farqi yo‗q. Biroq aybdor oqibatning
kelib chiqishiga qaratilgan faol qilmishni avvalroq sodir qilib bo‗ladi. Masalan,
shaxsni qo‗rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha‘ni va qadr-
qimmatini mutassil ravishda kamsitish natijasida shaxsni o‗zini o‗zi o‗ldirish
darajasiga yetkazadi (JK 103-modda 1-qismi). Bunda aybdor jabrlanuvchiga ruhiy
va (yoki) jismoniy azob beradi. Biroq aybdor jabrlanuvchini o‗zini o‗zi o‗ldirishi
(oqibat)ga nisbatan befarq munosabatda bo‗ladi. Shu sababli ayrim adabiyotlarda
egri qasd ―jinoiy befarqlik‖ deb ham nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: