XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunga vijdon erkinligi
mamlakatimizda boshqa demokratik davlatlar singari fuqarolarga to’liq ta’minlanib
berilmoqda. Diniy tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat
ko’rsatish imkoniyati yaratildi. O’zbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga,
boshqa millat vakillari esa o’zlarining din va mazhablariga emin-erkin e’tiqod
qilmoqda. Hozirda yurtimizda 15 dan ortiq diniy konfessiya vakillari bag’rikenglik
tamoyili asosida yashamoqdalar. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiy,
ijtimoiy,
iqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlash
yo’lida
hamjihat
faoliyat
yuritmoqdalar. Aytishimiz mumkinki, ko’pmillatli O’zbekistonimizda turli diniy
e’tiqodlar vakillari o’rtasidagi hamjihatlikni huquqiy mustahkamlab qo’yilgan. Bu
quyidagi: “O’zbekiston Resbublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va
erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar” (18-modda)
deyilgan jumlalarda o’z ifodasini to’gan. E’tibor bersak, mazkur moddada diniy
e’tiqod hamda milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg’ulariga daxldor
muhim ahamiyatga ega qator tamoyillar belgilab qo’yilganiga ishonch hosil
qilamiz.
O’zbekiston dunyoviy davlat bo’lib, din davlatdan ajratilgan. Vijdon
erkinligining kafolatlari O’zbekiston Resbublikasining Konstitutsiyasida, “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunda bayon etilgan. O’zbekistonda
din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi va dunyoviy fikr bilan yonma-
yon rivojlanib kelmoqda.
Bir so’z bilan aytganda, yurtimizda kafolatlab qo’yilgan din-u diyonat
erkinligi, insoniy g’amxo’rliklarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, tinchlik-
osoyishtalikni ilohiy marhamat va ulug’ ne’mat deb qabul qilib, ular uchun
shukronalar keltirishimiz barchamizning burchimizdir.
Vijdon erkinligi – fuqaro tomonidan turli diniy qadriyatlardan birini tanlash
61
erkinligini o’zida aks ettiradi, hamda, uning e’tiqod erkinligidan farqi, diniy va
dinsiz ma’naviy qadriyatlardan birini tanlash erkinligidir
Ushbu mavzuni o’rganib chiqish natijasida quyidagi tavsiya va takliflarni
keltirishni lozim deb topdim:
1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuning 14-
moddasi
5-qismida:
“O’zbekiston
Resbublikasi
fuqarolarining
(diniy
tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat
liboslarida yurishlariga yo’l qo’yilmaydi” deb belgilangan. Ushbu normani tahlil
qiladigan bo’lsak, ibodat libosi toifasiga qanday liboslar kirishi xususida mahum
tushunchalar yuzaga keladi. Bu borada biror bir normativ huquqiy hujjat yoki
qoidalarda ham aniq qoidalar belgilanmagan. Bugungi kunda hijob o’ragan
insonlar haqida noto’g’ri talqin qilinmoqda. Taklifim shundan iboratki, diniy libos
qanday bo’lishi kerak? Hijob ham diniy libos hisoblanadimi? Ushbu tushunchalar
qonunda yoritib o’tilsa, fikrimizcha maqsadga muvofiq bo’ladi. Hamda Ozbekiston
Resbublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuniga
yangi 14
1-
modda kiritilib, ushbu tushunchalarga izoh berilishi lozim.
2. Mamlakatimiz tomonidan joylarda ko’plab masjid va madrasalar,
ibodatxonalar bunyod etilgan bo’lib, o’z diniga sig’inishi va ibodat qilishi uchun
yetarli shart-sharoitlar mavjud. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi deb nomlanib, ushbu moddaning uchinchi
qismida quyidagi so’zlar keltirilgan:
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek
ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga
zid tarzda dinga o’qitishga yo’l qo’yilmaydi.
Lekin hozir kunda ko’p joylarda maktab yoshdagi bolalar dars paytida
darsda bo’lish o’rniga masjidda bo’lishni afzal ko’rayotgan yoshlarimiz ham
talayginadir. Taklifim shundan iboratki ularni masjidga borish huquqini cheklash
emas balki, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonuniga yangi
norma yoki band qilib “voyaga yetmagan shaxslarni masjid yoki madrasalarga
62
borishligi faqatgina ota-onalarining hamrohligida” yo’l qo’yilish lozimligini
bo’yicha “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonuniga 3-
moddasiga yangi band qilib, to’ldirish lozim deb hisoblayman.
3. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunni alohida-
alohida qabul qilish lozim. Chunki ularning obyekti va tartibga solish obyekti bir
biridan tubdan farq qiladi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |