81
2) garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish
sharti
bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxs-
dan biron-bir harakat sodir etishdan o zini tiyib turishni talab
qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikda ushlab
turishda namoyon bo ladi.
1907-yilda Urush qonunlari va udumlari to risidagi Gaaga
Konvensiyasida urush vaqtida shaxsni garov sifatida ushlab
turish xalqaro huquqqa xilof ekanligi belgilangan.
1979-yilda qabul qilingan Odamlarni
garovga olishga qarshi
kurash to risida gi Konvensiya
1
ga ko ra, garovga olish deganda
muayyan shaxsni qo lga olish yoki qo l ostida ushlab turish,
ldirish, tahdid etish, jarohat yetkazish yoxud garovga olingan
shaxsni ozod qilish sharti sifatida davlatni, xalqaro tashkilotni
tegishli shaxsni u yoki bu harakatni amalga oshirishga yohud
muayyan harakatlardan tiyilishga majbur
qilish uchun garovga
olingan shaxsni ushlab turishda davom etish kabi harakatlar
tushuniladi.
Konvensiyaning
2
5-moddasida: Garovga olish
a) davlat, uning hududida yoki uning hududida ro yxatga
olingan suv transporti bortida sodir etilganda;
b) davlat fuqarosiga nisbatan amalga oshirilganda;
d) davlatni muayyan harakatlarni bajarishga yoki bajarish-
dan
tiyilishga majbur etilganda;
e) garovga olingan odam shu davlat fuqarosi va qilmishni
sodir etishda gumon qilingan jinoyatchi ham shu hududda bo l-
ganda davlat o zining yurisdiksiyasini amalga oshiradi. Siyosiy
qarashlari, irqiy, diniy mansubligi uchun ta qib qilish va jazo-
lashga urinish alomatlari bo lganida jinoyatchini da vogar dav-
1
Ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 554 I-son Qarori bilan qo shilgan.// O zbekiston
Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 21-modda.
2
Ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 554 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.//
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 21-modda.
82
latga berish man etiladi , deya universal yurisdiksiya tamo-
yili belgilab qo yilgan
1
.
Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish jinoyatining bevo-
sita
obyekti jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, fuqarolarning er-
kin harakat qilishi, hayot yoki sog lig ini ta minlovchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat terrorizm yoki tovlamachilik
alomatlari bo lmagan holda garov sifatida tutqunlikka olingan
shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jis-
moniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat
sodir etish yoki
biron-bir harakatni sodir etishdan o zini tiyib turishni talab
qilish maqsadida shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish yoki
tutqunlikda ushlab turishda ifodalanadi
2
.
Garovga olingan shaxs o z xohish-irodasiga zid ravishda
harakat qilish erkinligidan mahrum etilgan shaxsdir.
Subyektiv tomondan jinoyat to ri qasd bilan sodir etiladi.
Jinoyatning subyekti subyekt yoshiga yetgan aqli raso jis-
moniy shaxs hisoblanadi.
Garovga olingan shaxslarni ozod qilish shartlari turlicha
bo lishi mumkin. Dunyo miqyosida garovga olinganlar bilan bog -
liq sud-tergov amaliyotini o rganish shundan dalolat beradiki,
aybdorlar ko pincha o zlari turgan mamlakatdan chiqib ketish
imkonini berish, hukumat qarorining bekor qilinishiga erishish,
mahkumlarni
ozod qilish, pul, qurol, giyohvandlik moddalari-
ning berilishi va hokazo talablarni qo yganlar
3
.
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 245-modda-
sida shaxsni garov sifatida tutqunlikka olganlik uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan.
1
A. Ochildiyev. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma naviy-
ma rifiy asoslari. T.: TIU nashriyoti, 2008. 177-bet.
2
Rustamboyev M.H. O zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. V tom.
Maxsus qism. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy
xizmatni o tash tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik. T.: ILM-ZIYO, 2011. 27-bet.
3 O sha joyda.