Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g ayriinsoniy
yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo
turlarini qo llashni taqiqlash
zbekiston Respublikasi mustaqilligi qo lga kiritilganidan
so ng, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining
barpo etilishi, iqtisodiyotda ijtimoiy yo naltirilgan bozor muno-
sabatlariga o tilishi, xalqaro hamjamiyat tomonidan umume ti-
rof etilgan shaxs huquq va erkinliklari ustuvorligining tan oli-
nishi munosabati bilan sud-huquq tizimi tubdan isloh qilinishi
lozim bo lgan sohalardan biri sifatida e tirof etildi. Amalga oshi-
rilayotgan tub islohotlar natijasida, eng avvalo, shaxs, uning
hayoti, ozodligi, sha ni, qadr-qimmati va boshqa uzviy huquq-
larini muhofaza qilish uchun sharoit yaratilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz inson huquqlari bo yicha
72 ta asosiy hujjatga qo shildi. Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasi ning qoidalari O zbekiston Respublikasining Kons-
titutsiyasi va insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta minlaydigan
milliy qonunchilik me yorlarida o z ifodasini topdi.
Shuni alohida ta kidlash joizki, qiynoqqa solish va boshqa
shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muo-
mala hamda jazo turlarini qo llash ham inson huquqlarinining
qo pol buzilishidir. Xalqaro hamjamiyat tomonidan bunday qil-
mishlar insoniyat sha ni va qadr-qimmatini tahqirlash sifatida
baholanadi.
BMT tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi ning 5-moddasida: Hech
kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni
xo rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak , deyi-
ladi
1
. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risida gi xalqaro Pakt-
ning 7-moddasida: Hech kim azob-uqubatga solinmasligi va
1 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam (o zbekcha nashr). Ma sul
muharrir A.X. Saidov. T.: Adolat, 2004.
84
unga nisbatan shafqatsiz, noinsoniy yoki qadr-qimmatni xo rlovchi
muomala qilinmasligi yoki jazolanmasligi kerak... , deyiladi
1
.
Ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalar O zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlab qo yilgan.
Unga ko ra, hech kim qiynoqqa solinishi, zo ravonlikka, shaf-
qatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi
tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Bugungi kunda xalqaro miqyosda qiynoqqa solish va boshqa
shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kasituvchi muoma-
la hamda jazo turlarini qo llashni taqiqlovchi hujjatlar: Harbiy
asirlar bilan qilinadigan muomala to risida gi Jeneva Konven-
siyasi
2
, Barcha xomiylik ostidagi hududlarda tan jazosini butun-
lay bekor qilish maqsadida tezkor choralar ko rish to risida gi
BMT Bosh Assambleyasining tavsiyalari
3
, Mahbuslar bilan
muomala qilishning minimal standart qoidalari
4
, Barcha shaxs-
larni qiynoq va boshqa shafqatsiz, rahmsiz yoki insonning qadr-
qimmatini xo rlaydigan muomala va jazo turlaridan himoya
qilish to risida gi Deklaratsiya
5
, Huquq-tartibotni saqlash
yuzasidan mansabdor shaxslarning axloq Kodeksi
6
, Mahbus-
1 O zbekiston Respublikasi ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 1995-yil 31-avgustdagi 127 I-son Qaroriga muvofiq qo shilgan. O zbekiston
Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan.
2
O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 946 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan//
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 346-modda.
3 BMT Bosh Assambleyasining 1950-yil 2-dekabrdagi 44V-Rezolyutsiyasi bilan tas-
diqlangan. //Ïðàâà ÷åëîâåêà. Ó÷åáíèê/Îòâ. Å.À. Ëóêàøåâà. Ì.: Hîðìà èíôðà,
1999. Ñ. 60 61.
4 EKOSOSning 1957-yil 31-iyuldagi 663 C1-raqamli rezolyutsiyasi va 1977-yil 13-may-dagi
2076 (I.XXII)-rezolyutsiyasi bilan ma qullangan.// Ïðàâà ÷åëîâåêà: Ó÷åáíèê/ Îòâ.
Å.À. Ëóêàøåâà. Ì.: Íîðìà èíôðà, 1999. Ñ. 60 61.
5 EKOSOSning 1975-yil 9-dekabrdagi 34523452/XXX-raqamli rezolyutsiyasi bilan
ma qullangan.//Ïðàâà ÷åëîâåêà. Ó÷åáíèê/ Îòâ. Å.À. Ëóêàøåâà. Ì.: Íîðìà
èíôðà, 1999. Ñ. 60 61.
6 1979-yil 17-dekabrdagi Huquq-tartibotni saqlash yuzasidan mansabdor shaxslarning
axloq Kodeksi. O zbekiston Respublikasi mazkur kodeksga O zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 507 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.
// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son.
263-modda.
85
lar yoki hibsga olingan shaxslarni qiynoq hamda jazolashning
qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsi-
tuvchi turlaridan himoya qilishda sog liqni saqlash xodim-
larining, ayniqsa, shifokorlarning roliga taalluqli tibbiyot etikasi
prinsiplari
1
, Irqiy kamsitishning barcha shakillarini tugatish
to risida gi Xalqaro Konvensiya
2
, Qiynoq hamda muomala va
jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-
qimmatni kasituvchi turlariga qarshi Konvensiya
3
, Qanday
shaklda bo lmasin, hibsga yoki qamoqqa olingan barcha shaxs-
larni himoya qilish prinsiplari turkumi
4
qabul qilingan.
BMT tomonidan 1984-yil 10-dekabrda qabul qilingan Qiy-
noq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, inso-
niylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi
Konvensiya
5
qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan maxsus
hujjat sanaladi. Konvensiya BMTning konvensiyaviy hujjatlari-
dan biri hisoblanadi. 2012-yilning boshiga kelib Konvensiyani
1 EKOSOSning 1982-yil 18-dekabrdagi 37/194-raqamli rezolyutsiyasi bilan ma qul-
langan./Huquqni muhofaza qilish organlariga oid xalqaro hujjatlar./Ma sul
muharrir A.X. Saidov. T.: Adolat, 2004. 167-bet.
2 1966-yil 16-dekabrdagi Irqiy kamsitishning barcha shakillarini tugatish to risida gi
Xalqaro Konvensiya// Mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 129 I-sonli Qaroriga asosan
qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil,
9-son, 204-modda.
3 Mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 130 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.//
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son, 205-modda.
4 1988-yil 9-dekabrdagi Qanday shaklda bo lmasin, hibsga yoki qamoqqa olingan
barcha shaxslarni himoya qilish prinsiplari turkumi/Huquqni muhofaza qilish
organlariga oid xalqaro hujjatlar./Mas ul muharrir A.X. Saidov. T.: Adolat ,
2004. 155 165-betlar.
5 Izoh: Ushbu Konvensiya 1984-yil 10-dekabrda BMTning 39 46-sonli rezolyutsiyasi
bilan imzolangan, 1987-yilning 21-yanvarida dunyoning 20 ta mamlakati tomonidan
ratifikatsiya qilingan, 1987-yil 26-iyundan kuchga kirgan, 1987-yil 11-noyabrda e lon
qilingan. Mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respubli-
kasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 130 I-sonli Qaroriga asosan qo shil-
gan.//O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son,
205-modda.
86
120 dan ortiq davlat ratifikatsiya qildi yoki imzoladi
1
. Ushbu
Konvensiyani O zbekiston Respublikasi 1995-yil 31-avgustda
ratifikatsiya qildi.
Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqat-
siz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga
qarshi Konvensiya 33 moddadan iborat bo lib, uning xususiyat-
lari quydagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |