181
saqlovchi muassasalarni ta'minlashni davlat o„z zimmasiga oladi. Fuqarolarga tez
yordam ko„rsatish xizmati ta'minlanadi.
Bu huquqni amal qilishi natijasida har bir kishi tibbiy muassasalarga o„z
muammolari bilan murojaat qilishi va ulardan tegishli yordam,
maslahat olishga
haqlidir.
Sog„lom fuqarolar har bir mamlakatning eng qimmatli boyligi hisoblanadi.
Shuning uchun ham sog„lik uchun davlat mas'ul va o„z vazifasini bajarish uchun
tegishli choralarni ko„radi. Bunday choralar qatorida aholi o„rtasida profilaktika,
emlash ishlari olib boriladi.
O„zbekistonda 2005 yilni “Sihat-salomatlik” deb belgilanishi va u asosda
tibbiy xizmat ko„rsatish choralarini amalga oshirilishi,
tibbiyotni isloh qilish
bo„yicha o„tkazilayotgan tadbirlar, insonlarning tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqini kengaytirib, tibbiy xizmatni yanada malakali bo„lishini ta'minlashga
qaratildi.
Mamlakatimizda 2006 yilni “Homiylar va shifokorlar” yili deb belgilanishi
va unda ko„zda tutilgan tadbirlar ham tibbiyot
sohasini takomillashtirishga,
tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga, tibbiy
yordamga muhtojlarga yanada kengroq imkoniyat yaratilishini ta'minlaydi.
Davlatni sog„lom avlod uchun qayg„urishi va bu
borada qilayotgan ishlari
boshqa davlatlar uchun ham ibrat bo„lishi mumkin. O„zbekiston mustaqil davlat
bo„lgach orden va medallarni ta'sis etar ekan, “Sog„lom avlod uchun” medalini
birinchi medallar qatorida ta'sis
etishi ham, mamlakatni inson sog„ligi uchun,
tibbiyot sohasidagi huquqlarni ta'minlash uchun alohida e'tibor berayotganligini
ko„rsatadi.
“Fuqarolar sog„ligini saqlash to„g„risida”, “Psixiatriya yordami to„g„risida”,
“Odamning immunitet tanqisligi sindromi bilan kasallanishning (OITS kasalligini)
oldini olish to„g„risi”, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to„g„risida”gi
qonunlar va boshqa qabul qilingan huquqiy hujjat va davlat dasturlari
fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini ta'minlashning
huquqiy asoslaridir.
182
Mamlakatimizda sog„liqni saqlash tizimini isloh qilish va bu boradagi
ishlarni davom etdirilishi natijasida sezilarli va katta
ahamiyatli ishlar olib
borilmoqda, natijada, ko„plab sog„liqni saqlash muassasalari zamonaviy meditsina
texnika vositalari bilan ta'minlandi; aholiga xizmat ko„rsatish sifati yaxshilanib
bormoqda.
Bularning amaliy ifodasini, Respublikamizda kishilarni umr ko„rishning
ko„rsatkichi yuqorilab borayotganligida, bolalar va onalar o„limi
kamayib
borayotganligida, bolalarni turli kasalliklarga qarshi emlash davlat hisobidan
amalga oshirilayotganligida ko„rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: