Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
§ 7. Bilim olish huquqi 
 
Bilim insonni yuksak darajaga ko„taribgina qolmasdan, u yashayotgan 
mamlakatni ham yuksaltiradi. Tajriba faqat bilim orqaligina ko„plab muammolarni 
hal qilish mumkinligini ko„rsatmoqda. Bilimli kishilar ko„p mamlakatlar 
rivojlanmoqda. Shuning uchun har bir uzoqni ko„zlovchi mamlakat o„z 
fuqarolarini bilimli bo„lishidan manfaatdor va shu yo„lda harakat qiladi. 
Fuqarolarning bilimli bo„lishida esa, bilim olish qanday yo„lga qo„yilganligi, unga 
qanday sharoit-imkoniyatlar yaratilganligi ta'sir qiladi. Bunda ta'lim tizimini 
qandayligi hal qiluvchi rol o„ynaydi. 
O„zbekistonda har bir shaxsning bilim olish huquqini ta'minlash maqsadida 
mukammal ta'lim tizimi shakllantirildi va takomillashtirilmoqda. 
Konstitutsiyaning 41-moddasiga asosan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. 
Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan ta'minlanadi. 
Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. 
Har kim bilim olish huquqiga ega degani, mamlakatda yashovchi barcha 
aholi, fuqaroligi, millati, irqi, dini, jinsi va boshqalardan qat'iy nazar shu huquqdan 
foydalanishni bildiradi. 
Konstitutsiyada belgilangan bilim olish huquqini “Ta'lim to„g„risida”, 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to„g„risida” qonunlar to„la ta'minlanishini, 


183 
ro„yobga chiqishini ta'minlash uchun xizmat qiladi. 
Milliy dasturda ta'lim tizimi, uning tarkibiy qismlarining vazifalari, 
ta'limning uzluksizligi belgilab qo„yilgan. 
Ta'limning har bir bosqichi uchun davlat ta'lim standartlari belgilangan. Shu 
asosda ta'lim muassasalari uchun yo„nalishlariga mos ravishda o„quv rejalari 
tuzilib, shular asosida bilim berish yo„lga qo„yilgan. 
Mamlakatimizda keyingi vaqtlarda ta'limning barcha bosqichlarida, yangi 
pedagogik texnologiyalar asosida bilim berishni tashkil qilishga alohida e'tibor 
berilmoqda. 
O„zbekistonda yo„lga qo„yilgan ta'lim tizimi insonlarni ta'lim olish huquqini 
ta'minlay olish qobiliyatiga ega. 
Konstitutsiyada bepul ta'lim olish davlat tomonidan ta'minlanishi 
belgilangan. Mamlakatimizda boshlang„ich, umumiy o„rta ta'lim, akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlarida ta'lim bepul bo„lib barcha harajatlar davlat hisobidan 
ta'minlanadi. 
Oliy ma'lumot olishda (bakalavr va magistratura) bepul ta'lim bilan kontrakt-
to„lov asosida ta'lim olish qo„shib olib boriladi. Ya'ni oliy o„quv yurtlariga qabul 
qilinadigan talabalar belgilangan kvotalar bo„yicha davlat hisobidan ta'minlash 
asosida bepul ta'lim oladilar. Bularni kirish sinovlarida yuqori natijaga erishgan 
o„quvchilar tashkil etadi. Davlat byudjeti doirasida aniqlangan miqdor uchun 
yetarli ball to„play olmagan talabgorlar orasidan yuqori ko„rsatkichlarga 
erishganlari o„z ixtiyori bilan to„lov-kontrakt asosida oliy o„quv yurtiga qabul 
qilinishi mumkin. To„lov miqdori davlat tomonidan belgilanadi. To„lovni 
talabgorlar shaxsan, yoki ota-onalari jamg„armasidan to„lashi mumkin. Davlat 
tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag„lar hisobidan, nodavlat tashkilotlari esa 
o„z jamg„armasidan o„z xodimlarini o„qishi uchun belgilangan to„lov summasini 
to„lashi mumkin. 
Fuqarolarning bilim olish huquqini ro„yobga chiqarish uchun davlat 
xohlovchilarga kredit berishni yo„lga qo„ygan. 
Shunday qilib bilim olish huquqi bepul yoki to„lov asosida ta'lim olish bilan 


184 
amalga oshadi. 
Maktab ishlari davlat nazoratida degan Konstitutsiyaviy qoida ta'lim 
muassasalarini mulkchilik shaklidan qat'iy nazar (ular davlat muassasasi bo„ladimi, 
xususiymi, chet davlatlarga qaraydimi) davlat tomonidan nazorat qilinishini 
bildiradi. Davlat ta'lim muassasalari to„laligicha davlat tomonidan boshqarilib, 
nazorat qilinsa, nodavlat ta'lim muassasalari o„quv dasturlari va rejalarini talab 
darajada bo„lishi, bilim berish saviyasini yuqori bo„lishi nazorat qilinadi. 
Attestatsiya (sinovlardan o„tgan) natijalariga ko„ra nodavlat ta'lim muassasalari 
Akkreditatsiya qilinadi va litsenziya beriladi. Litsenziyaga ega o„quv muassasalari 
davlat tomonidan tasdiqlangan va yuridik kuchga ega bitiruv haqidagi hujjatlar 
berish huquqiga ega. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish