Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
 
1.
Huquq va erkinliklarning kafolatlari degaida nimani tushunasiz? 
2.
Huquq va erkinliklar kafolatlari tizimi nima?
3.
Qanday kafolat turlari mavjud?
4.
Huquq va erkinliklar davlat tomonidan qanday ta'minlanadi?
5.
Huquq va erkinliklarni himoya qiluvchi, ta'minlovchi qanday tuzilmalar 
mavjud?
6.
Huquq va erkinliklar sud tomonidan qanday himoya qilinadi?
7.
Sudga shikoyat qilish huquqi nima va u qanday hollarda amalga 
oshiriladi?
8.
Mamlakat aholisining himoyaga muhtoj qismini huquqi qanday himoya 
qilinadi?
9.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligi qanday ta'minlanadi?
10.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlari haqida Konstitutsiyada 
alohida bobni mavjudligining ahamiyati qanday? 
11.
Huquq va erkinliklarni ta'minlashda nodavlat tashkilotlarning ishtiroki 
qanday? 


198 
XIII bob. Fuqarolarning asosiy burchlari 
 
§ 1. Asosiy burchlar tushunchasi 
Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi 
bilan aniqlanmasdan, ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham 
belgilanadi. 
Burch ijtimoiy hayotda zarur kategoriyadir. Ayniksa fuqaro va davlat 
munosabatlarini tug„ri tashkil etishda, manfaatlar mushtarakligini ta'minlashda 
burch zarur bo„lib, u davlatda ham fuqarolarda ham bo„ladi. Mamlakatda jamiyat, 
fuqarolar, davlat manfaatidan kelib chiqib burchlar o„rnatiladi. Bu yerda 
fuqarolarning burchi aniqrog„i asosiy burchi to„g„risida fikr yuritamiz. 
Mamlakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o„rnatilib, ular fuqarolarning 
huquqlarini buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon yetmasligi nuqtai nazaridan 
belgilanadi. 
Burch asosan qoidalardan kelib chiqadi; u doimiy yoki muddatli bo„ladi; 
davlat tomonidan belgilanadi va bajarilishi talab etiladi. Burch ixtiyoriy bajarishga 
xavola qilinadi, ixtiyoriy bajarilmaganda jinoiy, ma'muriy jazolar ko„llaniladi. 
Burchni bajarish barcha uchun majburiy, ayrim burchlar esa alohida 
fuqarolarga taalluqlidir. Masalan, harbiy xizmatni - o„tash burchi hammaga ham 
taalluqli emas. Xuddi shuningdek qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy 
yig„imlarni xech qanday daromadga ega bo„lmaganlar to„lamaydi. 
Fuqarolarga yashash, mehnat qilish, bilim olish va boshqa faoliyatlari 
buyicha ko„plab burchlar belgilangan. 
Konstitutsiyada esa jamiyat va davlat hayoti uchun umumiy va eng zarur, 
qilinishi majburiy yoki qilish mumkin bo„lmagan xatti-harakatlar burch sifatida 
belgilangan. Shuning uchun ular mazmuni, amal qilish doirasi, ahamiyati nuqtai 
nazaridan asosiy burchlar deb ataladi. Fuqarolarning “Konstitutsiyaviy burchi” 
yoki “asosiy burchi” bir ma'noda ishlatiladi va tushuniladi. Asosiy burchlarni 
bajarilishidan jamiyat a'zolari, davlat birdek manfaatdordir. Yana burchlar ixtiyoriy 
va to„la bajarilishi jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. 


199 
O„zbekistan Konstitutsiyasining XI-bobi “Fuqarolarning burchlari” deb 
nomlangan va olti moddani o„z ichiga oladi. Bu burchlar siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy 
masalalarga taalluqli, bajarilishi majburiy xatti-harakatlardir. 
Konstitutsiyada faqat nimalar burch ekanligi ko„rsatilib, ularni bajarmaslik 
uchun jazolar ko„rsatilmagan. Belgilangan burchlarni bajarmaganlik uchun jinoyat 
va ma'muriy qonunchilikda jazolar belgilangan. Burchlarni bajarmaganlik uchun 
jazo turlari va miqdori qonunlarda belgilangan doirada sud tomonidan belgilanadi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish