Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 5. Ota-onasizlarga davlat g„amhurligi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 5. Ota-onasizlarga davlat g„amhurligi 
Davlat ota-onalarga farzandlarini voyaga yetguncha boqish, tarbiyalash 
majburiyatini yuklash bilan birga, ota-onasiz bolalarni boqishni, tarbiya qilishni
o„qitishni o„z zimmasiga oladi. Bu Konstitutsiyadagi “Davlat va jamiyat yetim 
bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo„lgan bolalarni boqish, 
tarbiyalash va o„qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag„ishlangan hayriya faoliyatlarini 
rag„batlantiradi” – degan qoida asosida amalga oshiriladi (64-modda). 
Voyaga yetgunga qadar davlat va jamiyat qaramog„ida bo„ladigan, ularni 
yordamiga muhtoj bolalar deganda, yetim bolalarni (ota-onasi vafot etgan 
bolalarni), ota-onani vasiyligidan mahrum bo„lgan (ota-onalari tashlab ketgan yoki 
ota-onalik huqiqidan tegishli tartibda mahrim qilinganlar) bolalarni e'tiborga 
olamiz. Bunday yordamga muhtoj bolalarni davlat turli tadbirlar belgilab, 
muntazam ravishda ular hayotda o„z o„rinlarini topishi uchun zarur sharoit yaratib 
beradi. 
Bola ota-onasiz bo„lsa, “Mehribonlik” uylariga, maxsus muassasalarga 
joylashtiriladi. Turli sabablarga ko„ra bolalar ota-onasidan tarbiya olish imkoniyati 
bo„lmasa, bolani oilalarga farzandlikka berish yoki unga voyaga yetgunicha 
vasiylik hamda homiylik belgilanadi. 
Mamlakatimizda ko„plab “Mexribonlik” uylari mavjud bo„lib, ularda yetim 
bolalar voyaga yetgunlariga qadar davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan 
foydalanib, kelajak hayotga tayyorgarlik ko„rishadi. 
Hozirgi kunda ko„plab oilalar yetim bolalarni asrab olib, ularning tarbiyasi 
bilan shug„ullanmoqda. 
Bunday tajriba, ya'ni ota-onasiz yetim bolalarni oilasiga olib farzandlaridek 


255 
tarbiyalash, topganini baravar baham ko„rish xalqimiz ma'naviyatiga xos bo„lib, 
urf-odatga aylangan. 
Ikkinchi jahon urushi davrida urush natijasida ota-onasidan ajragan ko„plab 
bolalar O„zbekistonda o„z oilalarini topgan. Ayniqsa oddiy temirchi 
Sh.Shomaxmudovni 14 ta yetim bolani tarbiyalab oyoqqa qo„yishi butun jahon 
ahlini tahsiniga sazovor bo„lgan. 
Shu davrdagi yetim bolalarni boquvchi oilalarga davlat e'tibori bilan hozirgi 
kunda yetim bolalarni tarbiyalovchi oilalarga davlat e'tibori butunlay boshqacha. 
Hozir yetim bola boquvchi oilalar davlat va jamiyat tomonidan doimiy ko„mak 
olib turadi. 
Mamlakatimiz aholisi soniga nisbatan boshqa mamlakatlarga qaraganda 
“Mexribonlik” uylari kamligi, bizda ota-onasizlar ko„plab oilalarda tarbiya olishi 
bilan xarakterlanadi. 
Ota-onasiz, yetim bolalarga jamiyat va davlat g„amxhrligini amalga 
oshirishda, turli jamg„armalar ham katta rol o„ynaydi. Bunday jamg„armalar 
O„zbekistonda yetarlicha. Bular jumlasiga “Sen yolgiz emassan”, “Mehr-shavqat 
va salomatlik”, “Sog„lom avlod uchun” jamg„armalari kiradi. Davlat tomonidan 
qo„llab-quvvatlanuvchi bu tashkilotlar jamiyat nomidan yetim-yesirlarni boqish, 
tarbiyalash, o„qitish ishlariga katta yordam bermoqda. 
Konstitutsiyaga asosan, dunyoga kelgan farzand ota-onasining nasl-
nasabidan va fuqarolik holatidan qatiy nazar qonun oldida tengdirlar. 
“Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” degan 
Konstitutsiyaning 65-moddasi qoidalari, farzandlarga teng huquqlilik va teng 
imkoniyat bo„lishini nazarda tutadi hamda har qanday holda onalik va bolalikni 
davlat tomonidan himoyaga olinishini ko„rsatuvchi yana bir muhim huquqiy 
asosdir. 
Ota-onasizlar jamiyat va davlatning ko„magi ostida hayotda o„z o„rnini 
topmoqda. Davlat yetim-yesirlarga faqat umumiy ta'lim olishda imtiyoz va 
imkoniyatlar yaratib kelmasdan, ularni ta'limni boshqa bosqichlarida qo„llab-
quvvatlamoqda. O„quv yurtlariga o„quvchi qabul qilishda ota-onasizlarga tegishli 


256 
hujjatlar asosida imtiyozlar berilgan. Ana shu imtiyozdan foydalanib ko„plab ota-
onasizlar o„zlari uchun zarur kasblarga ega bo„lmoqda. Ular o„quv muassasalari 
tomonidan iqtisodiy jihatdan qo„llab-quvvatlanmoqda. 
2006-yilni “Homiylar va shifokorlar yili” deb e'lon qilinishi, u bo„yicha 
qabul qilingan hujjatlar va belgilangan tadbirlar ota-onasiz bolalarni boqish, 
tarbiyalash, o„qitish uchun katta imkoniyatlar yaratishni nazarda tutgan edi. Bu 
ham davlat va jamiyatning o„z vazifasiga jiddiy qarashini ko„rsatmoqda. 
Bozor munosabati natijasida mamlakatimizda mulkdorlar ko„payib 
bormoqda, ular ham o„z mablag„larini ma'lum qismini ihtiyoriy ravishda ota-onasiz 
bolalarni tarbiyasiga sarflamoqda. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish