§ 6. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlarning ota-ona oldidagi
majburiyati
Voyaga yetgan farzandlarning ota-ona oldida ko„plab majburiyatlari bo„lib,
bu majburiyatlar ota-onaga g„amxo„rlik qilishni nazarda tutadi. Bu burch nafaqat
Konstitutsiyaviy burch, u xalqimiz qon-qoniga singgan, ahloqiy qoidalarga mos
urf-odatimiz hamdir.
Azaldan ota-onaga g„amho„rlik qilingan, ularni ranjitgan farzandlar,
qoralangan, qarg„ishga qolgan, ulardan hamma yuz o„girib, yakkalab qo„ygan. Ana
shu ahloqiy qoida Konstitutsiyada qoida sifatida mustahkamlangach, endi noqobil
farzandlarni nafaqat qoralash, qarg„ash, yakkalab qo„yish emas, qonun yo„li bilan
jazolash imkoni tug„ildi.
Konstitutsiyaning 66-moddasida “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli
farzandlar o„z ota-onalariga g„amxo„rlik qilishga majburdirlar” - degan qoida
belgilandi.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o„z ota-onalariga ular
birgalikda yashaydimi, alohida yashaydimi (qaerda yashashidan qat'iy nazar)
bundan qat'iy nazar g„amxo„rlik qilishga majbur.
Farzandni ota-onaga g„amxo„rligi nimalardan iborat? Eng avvalo ota-onani
257
normal yashashi uchun to„liq imkoniyat yaratish. Bu turar-joy bilan, oziq-ovqat
(yegulik), kiyim-bosh bilan ta'minlash. Ota-onalarni sog„lig„i haqida g„amxo„rlik
qilish, ularni tibbiy xizmatga muhtojligida tibbiy xizmatdan foydalanishini
ta'minlash.
Iqtisodiy tomondan g„amxo„rlikning o„zigina ota-ona ehtiyojini
qondirmaydi, unga qo„shimcha ravishda ma'naviy jihatdan ham ota-ona qo„llab-
quvvatlanishi kerak.
Farzandlar ota-ona ehtiyojini ixtiyoriy ravishda qondirmasa, unda ularga
majburlov choralari quriladi. Moddiy majburlov choralari bu, farzandlardan ota-
ona hisobiga majburiy to„lov (aliment) undirishdir.
Mehnatga layoqatli, ma'lum iqtisodiy imkoniyatlari yetarli, turar-joy
masalasida qiyinchiligi yo„q farzandlarning ota-onalarini qariyalar uyiga
joylashtirishi xalqimizda eng yomon uyat ish, oriyatsizlik deb qoralanadi.
Afsuski, xalqimiz ma'naviyatiga xos bo„lmagan shunday holatlar ahyon-
ahyonda bizda ham uchrab turadi. Shuning uchun yoshlarga ta'lim-tarbiya
berishda, farzandlarning ota-ona oldidagi burchini faqat huquqiy jihatiga emas,
uning ma'naviy va ahloqiy jihatiga ham e'tibor berilib, xalqimizning uzoq yillar
davomida to„plagan eng yaxshi hislatlariga tayanish zarur. Farzandlarni ota-ona
oldida majburiyatini bajarmasliklariga faqat yuridik javobgarlik bilan ta'sir qilmay,
bu inson xususiyatiga xos bo„lmagan holat, eng tuban insonlar shunday qilishi
mumkinligini, ota-onasini xoru-zor qilgan insonlar ikki dunyoda ham yuzi qora
bo„lishi va eng muhimi hayvondan farqi bo„lmasligi o„quvchilarga yetkazilishi
kerak.
Oila munosabatlarini Konstitutsiyaviy asosda hal qilinishi, Konstitutsiyada
unga alohida bob ajratilishi, bizda oilaga bo„lgan jiddiy munosabatni isbotidir.
Oilani mustahkamlash bu, jamiyatni mustahkamlash va rivojlantirish ekanligi,
davlatning oilaga bo„lgan munosabatini belgilovchi asosiy holatdir. Inson o„z
salomatligini saqlashga harakat qilganidek, jamiyat ham oilani mustahkamlashga
harakat qiladi, chunki jamiyat sog„liqi oila sog„lomligiga bog„liq. Oilalar sog„lom
bo„lsa, jamiyat ham sog„lom bo„ladi.
258
Do'stlaringiz bilan baham: |