Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Prokuror vakolatlari, shakllari va usullari



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

3.3. Prokuror vakolatlari, shakllari va usullari
Prokuror jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan 
organlar tom onidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat 
qilish jarayonida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
• surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan tekshirish uchun 
jinoyat ishlarini, surishtiruv, tezkor-qidiruv faoliyatining hujjatlari 
va materiallarini hamda boshqa m a’lumotlarni talab qiladi;
• sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza 
va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda hal etish to ‘g‘- 
risidagi qonun talablari ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
• tergovchilar va surishtiruvchilaming noqonuniy hamda asossiz 
qarorlarini bekor qiladi;
• jinoyatlarni tergov qilish;
• ehtiyot chorasini tanlash, o ‘zgartirish yoki bekor qilish;
• jinoyat tavsifmi belgilash;
• ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish, ayrim tergov harakat- 
larini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslami qidirish 
to ‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;
• surishtiruv organlariga fuqarolarni ushlash, majburiy keltirish, 
qamoqqa olish, qidirish, tintuv o ‘tkazish, olib qo‘yish va boshqa 
tergov harakatlarini bajarish to‘g'risidagi, shu jum ladan, prokuror 
yoki prokuratura tergovchisi ish yurituvida bo ‘lgan ishlar yuzasidan 
qarorlarni ijro etishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir 
etgan shaxsiarni aniqlash uchun zarur choralar ko‘rish to ‘g‘risida 
k o ‘rsatm alar beradi;
• surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi ham da zarur 
hollarda har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan 
bajaradi yoki tergovni to ‘la hajmda amalga oshiradi;
• tergov ham da ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash mud- 
datini uzaytirish haqida sudga iltimosnoma bilan m urojaat qiladi;
109


• jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘- 
shimcha tergov o ‘tkazish to ‘g‘risidagi o ‘z ko‘rsatmalari bilan qay- 
taradi;
• har qanday jinoyat ishini surishtiruv organidan olib tergov- 
chiga beradi, shuningdek, uni bir dastlabki tergov organidan bosh- 
qasiga, bir tergovchidan boshqasiga o ‘tkazadi;
• surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish 
chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo ‘ygan b o ‘lsa, surishtiruv yoxud 
dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlari olib 
borilishiga sanksiya beradi;
•jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi, 
jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini 
to ‘xtatadi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tuga- 
tishiga rozilik beradi;
• ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
• qonunga muvofiq, boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prokuratura organlari ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati
organlari bilan o ‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishadi. Jinoyat­
chilikka qarshi kurashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlam i muvofiq- 
lashtirilgan tarzda amalga oshirishga e ’tibor yanada kuchaytirilmoqda. 
Prokuror nazoratining shakl va usullari bilan idoraviy nazorat 
mavqeyini oshirish tadbirlari yanada takomillashtirilyapti.
Jinoyatlarni o ‘z vaqtida ochish va uni tergov qilish sifatini 
yaxshilash maqsadida, kerakli hollarda tezkor-qidiruv faoliyati haqi­
dagi m a’lum ot ham da maxfiy hujjatlarni o ‘rganib chiqish uchun 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 
32-moddasi 1-qismida k o ‘rsatilgan prokurorlarga berilgan vakolat- 
lardan to ‘liq foydalanilgan holda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni 
ochishda, doimiy ravishda harakatda b o ‘lgan tezkor-qidiruv guru- 
hidan keng foydalanilib, bu gunih faoliyatiga katta tajribaga ega 
bo ‘lgan yuqori malakali xodimlar rahbarlik qilishmoqda.
Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash, undirish, 
shuningdek, musodara ehtim olini ta ’minlash choralari ko‘riladi. 
Tergov sifati ham da tergov va surishtiruv ustidan prokuror nazo­
ratini yaxshilash, tezkor-qidiruv samaradorligini oshirish choralari 
takomillashtirilyapti.
Ilmiy texnika vositalari, kriminalistika sohasidagi yangi yutuqlar 
va sud-ekspertizalaridan keng ko‘lamda foydalanilib, isbotlashning
110


m anbalaridan hisoblangan bilvosita dalillar aham iyatini sun’iy 
cheklab qo‘yish hollariga barham berilmoqda. Jinoyatlarni ochish 
va tergov qilishda qonunda ko‘rsatilgan, jumladan, dalillar to ‘plash, 
ulam i mustahkamlash, baholashning barcha usullari imkoniyatlari 
ishga solinayotir. Shahar-tum an prokurorlari IIBda yuritilayotgan 
tezkor-qidiruv ishlarini bevosita o ‘rganib, qidiruv tadbirlarini 
faollashtirish b o ‘yicha ko‘rsatmalar berishni m untazam amalga 
oshirib borilmoqda.
Q oraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar transport, harbiy, 
prokuratura, shahar-tum an va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, 
tergov va surishtiruv organlari tom onidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni 
rad qilish, jinoyat ishini tugatish, tergov to ‘xtatish haqida qabul 
qilingan qarorlarning asosliligini o‘z vaqtida tekshirib, ayblanuv- 
chilarning tergov va suddan yashirinish hollarini oldini olish, 
yashiringanlarni topish haqidagi qonun talablarining bajarilishi, 
har bir jinoyat ishi b o ‘yicha tergovning faol va malakali o ‘tkazilishi 
ta ’minlanyapti.
Qasddan odam o ‘ldirish, insonlaming qurbon bo‘lishiga sabab 
bo'lgan ommaviy tartibsizlik, yemirilish, avariya, portlashlar va 
o ‘t ketishlar, shuningdek, og‘ir oqibatlarga olib kelgan boshqa holat- 
lar bo‘yicha voqea joyiga shaxsan prokuror o ‘zi chiqib, dastlabki 
bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan barcha muhim tergov-tezkor 
harakatlarining bajarilishini tezkorlik bilan amalga oshirishyapti.
Qayd etilgan holatlar, shuningdek, nomusga tegish, tovlama- 
chilik, voyaga yetmaganlarning o ‘z joniga qasd qilishi va bedarak 
yo‘qolishi, ko‘p va juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari bilan 
bog‘liq bo ‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlarini amalga oshirish, valuta 
va boshqa moddiy boyliklami juda ko‘p miqdorda talon-taroj qilish, 
chet el fuqarosiga, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi 
boshqa idoralar xodimlariga nisbatan ularning xizmat faoliyatlari 
bilan bog‘liq holda sodir qilingan jinoyatlar yuzasidan aybdorlar 
aniqlanm aganligi asoslari bilan tergov harakatlari t o ‘xtatilgan 
hollarda, qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshirish 
uch u n bunday jinoyat ishlari zudlik bilan viloyatlar va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlarga yuborilayotir.
Jinoyatlar to ‘g‘risida ariza va xabarlar ko ‘rib chiqilishining 
qonuniyligi, o ‘z vaqtida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ustidan prokuror 
nazoratining ta ’sirchanligi oshirilmoqda.
Har oyda kamida bir marta jinoyatlar to ‘g‘risidagi ariza va xabar- 
lami qabul qilish, ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda hal qilishning qonuniyligi
i l l


qo‘shimcha manbalardan m a’lumot olgan holda solishtirish yo‘li bilan 
tekshirilib, jinoyatlarni hisobdan yashirilganlik holati yuzasidan 
idoraviy tartibda xizmat tekshiruvi o ‘tkazilmoqda. Qonun buzilishiga 
yo‘l q o ‘ygan m ansabdor shaxslarning javobgarligi, shuningdek, 
jinoyatlarni qasddan yashirgan xodimlarning jinoiy javobgarlik m a­
salasi m uhim rol o ‘ynaydi.
Jinoyatchilik holati, uning o'sish, kamayish darajasi, jinoyat­
laming ochilishi kabi hisobot m a’lumotlarini soxtalashtirish hollariga 
chek qo‘yilishi lozim. M a’muriy va intizomiy choralar ko‘rilishi lozim 
bo‘lgan, jinoyat hisoblanmaydigan harakatlarni jinoyat tariqasida 
hisobga qo‘yishdek g‘ayriqonuniy amaliyotga barham berish kerak.
Tergovni har tom onlam a, to ‘la va xolisona bo‘lishini ta ’minlash 
to ‘g‘risidagi qonun talablarining og‘ishmay bajarilishini, fuqaro­
larning konstitutsiya bilan kafolatlangan shaxs va turar joylari 
daxlsizligini, ayblanuvchilam ing himoya huquqlarini ta ’m inlash 
borasida prokuror, tergovchi va surishtiruv organlari xodimlarining 
alohida m as’uliyat bilan yondashuvlarini fe’minlash masalasi va 
qonunni qasddan har qanday cheklab o ‘tishga, inson huquqlari- 
ning buzilishiga m utlaqo yo£l q o ‘yilmasligi lozim.
Jinoyat sodir qilganlikda gum ondor sifatida fuqarolarni ushlab 
turish qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytirilib, fuqarolarni vaqtin- 
chalik ushlash hibsxonalarida saqlanishlarining qonuniyligini m u n ­
tazam ravishda har 10 kunda, kamida bir m arta tekshirishmoqda. 
Og‘ir va o ‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilgan ham da xavffi jinoyatchi- 
lam i duch kelgan asoslar bilan ochiqda qoldirilishining oldi olin- 
m og‘i darkor.
Ehtiyot chorasi sifatida qam oqqa olishga sanksiya berish uchun 
m urojaat qilishda, ayblanuvchini qamoqda ushlab turish va tergov 
muddatini uzaytirish to ‘g ‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat 
qilish masalasini hal qilishda prokurorlar jinoyat ishi materiallari 
bilan tanishib, yig‘ilgan dalillam i chuqur o ‘rganib, tanqidiy baho 
berishlari lozim. Qamoqqa olish uchun sudga sanksiya berish uchun 
iltim osnom a bilan chiqishdan oldin, zarurat tu g ‘ilgan hollarda 
gum on qilinuvchi va ayblanuvchilami, voyaga yetm aganlam i esa 
har qanday hollarda ham shaxsan so‘roq qilishlari kerak.
B irinchi m arta sodir qilingan va ijtimoiy-xavfli bo'lm agan 
jinoyatlar uchun qam oqqa olish chorasini q o ‘Ilash masalasini alo­
hida diqqat bilan к о ‘rib chiqib, ayblanuvchi yoki gum on qilinuv- 
chining shaxsi, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli, mehnatga m u n o ­
sabati haqidagi m a’lum otlar inobatga olinishi zarur.
112


Viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi va Milliy xavfsizlik 
xizmati tergovchilari ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha 
qamoqda saqlash ehtiyot chorasini qo‘llashga viloyat prokurorlari yoki 
o‘rinbosarlari tomonidan ruxsat berilishi belgilab qo‘yilishi lozim.
Barcha prokurorlar jinoyat ishlari yuzasidan ayblash xulosasini 
tasdiqlashda tergovni har tom onlam a, to ‘la va xolisona o ‘tkazil- 
ganligini, e’lon qilingan aybning qanchalik asoslantirilganligini, 
protsessual qonun talablariga to ‘liq rioya qilinganligini nihoyatda 
diqqat bilan tekshirishi, qonun buzilganligi aniqlangan taqdirda, 
tegishli choralar ko'rishi kerak bo ‘ladi. 0 ‘lim jazosi qo ‘llanilishi 
mumkin b o ‘lgan jinoyat ishlari yuzasidan ayblash xulosasi shaxsan 
viloyat va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tom onidan tasdiq- 
lanishi kerak.
Prokuror va sudlar tom onidan qo‘shimcha tergovga qaytarilgan 
jinoyat ishlari tergovi ustidan nazorat kuchaytirilib, oqlov asoslari- 
siz jinoyat ishini tugatish niqobi ostida, g‘ayriqonuniy ravishda 
fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish va jinoiy javobgarlikka tortish 
hollarini yashirib qolishga urinishlarning keskin oldini olish lozim.
H arakatdan tugatilgan har bir jinoyat ishi viloyatlar va ularga 
tenglashtirilgan prokuraturalar tom onidan o ‘rganib chiqilib, qabul 
qilingan qaror asosli deb topilgan taqdirda, bu haqdagi xulosani 
ilova qilgan holda zudlik bilan respublika prokuraturasining tegishli 
boshqarma va b o ‘limlariga yuborishlari shart.
Sudlar yoki prokurorlar tom onidan qo‘shimcha tergovga qayta­
rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ajrim va qarorlarda ko‘rsatilgan talablar 
bajarilmaganligi sababli, ushbu jinoyat ishlari yana qo ‘shimcha 
tergovga qaytarilgan taqdirda, tergovni sifatsiz olib borilish sabablari 
viloyat va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar hay’at majlislarida 
m uhokama qilinib, aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy javob- 
garlik choralari ko'rilishi shart. Ishlarni ro‘yxati hay’at majlisi qaro- 
rining nusxasi bilan yarim va bir yil yakuniga ko‘ra, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi prokuraturasiga yuborilib turilmog‘i kerak.
Tergovdan yashiringan ayblanuvchilarga nisbatan surishtiruv 
organlari, mahalliy yoki davlatlararo qidimv e’lon qilganlari holda 
ulam i ushlab keltirish (etap qilish) haqidagi qaror Qoraqalpo- 
g‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, 0 ‘zbekiston 
Transport va Qurolli Kuchlarining harbiy prokurorlari tom onidan 
sanksiyalanishi lozim.
Chet el fuqarosini ushlash, hibsga olish va jinoiy javobgarlikka 
tortishda, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan talablarga qat’iy
8
-
21
113


rioya qilinishi belgilab q o ‘yilgan. 0 ‘zbekiston R espublikasi 
hududidan tashqarida ushlangan ayblanuvchini olib keltirish (etap 
qilish) haqidagi qaror 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi 
orqali yuboriladi.
Jinoyatlar to ‘g‘risidagi ariza va xabarlaming ko‘rib chiqilishining 
qonuniyligi, o ‘z vaqtida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ustidan prokuror 
nazoratining ta’sirchanligi oshirilishi, oyida kamida bir marta jinoyatlar 
to‘g‘risidagi ariza va xabarlami qabul qilish, ro‘yxatdan o ‘tkazish hamda 
hal qilishning qonuniyligi qo‘shimcha manbalardan m a’lumot olgan 
holda solishtirish yo‘li bilan tekshirish vazifasi yuklatilgan.
Barcha prokurorlar jinoyat ishlari yuzasidan ayblash xulosasini 
tasdiqlashda tergovni har tom onlam a, to ‘la va xolisona o ‘tkazil- 
ganligini, e ’lon qilingan aybning qanchalik asoslantirilganligini, 
protsessual qonun talablariga to ‘liq rioya qilinganligini nihoyatda 
diqqat bilan tekshirish ham da jinoyat ishini tugatish yoki to ‘xtatish 
haqidagi qarorlar birinchi m arta bekor qilinganda, nazorat olib 
boruvchi prokurorlar tom onidan q o ‘shim dia tergov m uddati bir 
oy davomida belgilanishi, shu jinoyat ishlari bo ‘yicha yana tugatish 
yoki to ‘xtatish haqidagi qarorlar bekor qilingan taqdirda, JPK ning 
351-moddasi talablariga q at’iy amal qilish lozimligi ta ’kidlangan.
Prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishning asosliligi va qonuniyligi 
ustidan nazoratni amalga oshirishda jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari 
sodir qilingan yoki tayyorlanayotgan jinoyatni tasdiqlovchi faktik 
m a’lum otlarda o ‘z aksini topganligini hisobga olishi lozim.
Surishtiruv va tergov o ‘tkazish bosqichida, qonun talablari 
buzilganligi haqida fuqarolardan tushgan ariza va shikoyatlar m at- 
buotda chop etilgan xabarlarni har tom onlam a, to ‘la tekshirilib, 
p.rokuror va tergovchilarning noto‘g‘ri harakatlari to ‘g‘risidagi ariza 
va shikoyatlarni hal qilish ayni shu prokuror ham da tergovchilarga 
topshirilmasligi lozim.
Fuqarolarning bedarak yo‘qolganligi to ‘g‘risidagi ariza va xabar­
larni ко‘rib chiqishning qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytiril- 
m og'i darkor. Ular yuzasidan shahar-tum an prokurorlarining bevo- 
sita tergovoldi tekshiruvi o ‘tkazishlari, tergov qidiruv ishlari olib 
borish xususida IIBga zudlik bilan topshiriqlar berib borilishi lozim. 
Bedarak yo‘qolgan shaxs jinoyat qurboni b o ‘lganligi haqida asoslar 
mavjud bo‘lgan taqdirda, zudlik bilan jinoyat ishi q o ‘zg‘atilishi 
kerak b o ‘ladi.
Tergov va ayblanuvchilami qamoqda ushlanib turish muddatini 
uzaytirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda, tergovni davom
114


ettirish zarurligining asosiy sabablari diqqat bilan o'rganilib, ayb- 
lanuvchilami qamoqda ushlab turishning qanchalik asoslantirilganligi 
hamda bu ehtiyoj chorasini uzaytirishning maqsadga muvofiqligiga 
tanqidiy nuqtayi nazardan qaralishi kerak. Ehtiyoj chorasini 
uzaytirish haqida keltirilgan iltimosnoma, ariza va shikoyatlarini ко‘rib 
chiqib, hal qilinishining qonuniyligiga alohida e’tibor berilib, 
qamoqdan asossiz ozod qilishga yo‘l 
q o ‘y ik n aslig i 
lozim.
Tergov muddatini hamda ayblanuvchilarni qamoqda ushlab 
turish m uddatini uzaytirish haqidagi (iltim osnom a) qarorda, 
jinoyat ishining qisqacha mazmuni, har bir ayblanuvchining shaxsi 
to £g‘risidagi m a’lumotlar, ularning ushlangan vaqti, qo ‘llanilgan 
ehtiyot chorasi, e ’lon qilingan aybning mazmuni, ayblanuvchi - 
larning 

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish