Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

yuqori turuvchi prokurorlar
o ‘z vakolatlari doira- 
sida quyi tergov organlari ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo ‘yi- 
cha qam oqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo ‘llash to ‘g‘risida 
iltim osnom a q o ‘zg‘atishi yoki bunday iltim osnom a qo ‘zg‘atish 
haqidagi tergovchining qaroriga rozilik berishi mumkin.
4. Ayblanuvchiga nisbatan qam oqqa olish tarzidagi ehtiyot 
chorasini q o ‘llash to ‘g ‘risida iltim osnoma q o ‘zg‘atishda qonunda 
belgilangan asoslar mavjudligiga alohida e ’tibor qaratilsin, ehtiyot 
chorasi ayblanuvchining tergovdan bo‘yin tovlashining hamda uning 
b u n d an buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish, shuningdek, 
uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga
80


yo‘l q o ‘ymaslik, jazoning muqarrarligini ta ’minlash maqsadida 
qo‘llanishi inobatga olinsin.
5. Qonun talablariga ko‘ra, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish, 
asosan, Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan 
m ahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir 
etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, 
buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq m uddatga 
ozodlikdan m ahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan 
jinoyatlarga doir ishlar b o ‘yicha qo‘llaniladi.
5.1. Alohida hollarda esa, ya’ni ayblanuvchi tergovdan yashirin- 
ganida, ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanm a- 
ganida, ilgari qo'llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi tom onidan 
buzilganida, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi 
0 ‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashjoyigaega bo‘lmaganida, 
jinoyat qam oq yoki ozodlikdan marum qilish tariqasidagi jazoni 
o ‘tash davrida sodir etilganida yoxud bu jazolardan birortasini 
o‘tayotgan shaxsga nisbatan boshqa jinoyat ishi yuzasidan tergov 
olib borilayotganda, ushbu ehtiyot chorasi uch yildan ortiq bo ‘lma- 
gan muddatga ozodlikdan m ahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda 
tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek, 
ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq 
b o ‘lmagan muddatga ozodlikdan m ahrum qilish tariqasidagi jazo 
nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar b o ‘yicha qo‘llaniladi.
5.2. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi 
ehtiyot chorasi faqat qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda 
va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan m ahrum qilish 
tayinlanishi m um kin bo ‘lgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb 
e ’lon qilingan ham da ayblanuvchining munosib xulq-atvorda 
b o ‘lishini boshqa ehtiyot choralari ta ’minlay olmaydigan taqdirda 
q o ‘llanishi mumkinligi haqidagi qonun talablariga q at’iy rioya 
qilinsin. Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha voyaga 
yetmaganlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi 
qo‘llash to ‘g‘risida iltimosnoma qo £zg‘atilishiga yo‘l q o ‘yilmasin.
6. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoMIash to ‘g‘risida 
iltimosnoma qo‘zg‘atishda va bunday iltimosnoma qo‘zg‘atish to ‘g‘ri- 
sidagi tergovchining qaroriga rozilik berishda prokurorlaming shaxsiy 
m as’uliyati oshirilsin. Bunda prokurorlar surishtiruv va tergov 
jarayonida jinoyat protsessual qonunchilik talablariga qat’iy rioya 
qilinganligiga, ijtimoiy-xavfli qilmish Jinoyat kodeksining tegishli 
moddalari bilan to ‘g‘ri malakalanganligiga jinoyat ishi hujjatlarini
6
-
21
81


o ‘rgangan holda baho berib, zarur hollarda qamoqqa olinayot- 
ganlarni shaxsan so‘roq qilsinlar.
Prokurorlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish 
tarzidagi ehtiyot chorasini q o ‘llash to ‘g‘risida iltimosnoma q o ‘zg‘a- 
tish haqidagi m asalani k o ‘rib chiqishda ish m ateriallari bilan 
shaxsan tanishib chiqishi, iltim osnomaning asosliligini tekshirishi, 
hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini 
ushbu ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog‘liq holatlar bo'yicha 
himoyachining ishtirokida so‘roq qilishi shartligi haqidagi qonun 
talablarini og‘ishmay bajarsinlar.
6.1. 
Ayblanuvchi (gumonlanuvchi)ga nisbatan qamoqqa olish 
tarzidagi ehtiyot chorasini q o ‘llash to ‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘a- 
tish haqidagi qarorda, shaxs gum on qilinayotgan yoki ayblanayot- 
gan jinoiy qilmish kvalifikatsiyasi, shaxsni qamoqqa olish zaruratini 
keltirib chiqargan asoslar, shuningdek, boshqa turdagi ehtiyot 
chorasini q o ila sh m um kin emasligi haqidagi fikrlar bayon etilsin.
7. Q am oqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to ‘g‘risida 
iltimosnoma qo‘zg‘ati!ayotgan jinoyat ishida ayblanuvchining (gumon 
qilinuvchining) shaxsiga oid va boshqa quyidagi hujjatlar mavjud 
bo‘lishi talab qilinadi:
• shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
• yashash va ish (o ‘qish) joylaridan berilgan rasmiy m a’lum ot- 
lar ham da tavsifnomalar;
• oilaviy ahvoli, voyaga yetmagan farzandlari va qaram og‘idagi 
shaxslar haqidagi m a’lumotlar;
• m uqaddam sudlangan yoki sudlanmaganligi haqidagi vakolatli 
organlardan olingan m a’lum otlar (talabnomalar);
• ayblanuvchi tergovdan yashiringanida, ushlab turilgan gum on 
qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida, ilgari qo ‘llanilgan ehtiyot 
chorasi ayblanuvchi tom onidan buzilganida, ushlab turilgan gum on 
qilinuvchi yoki ayblanuvchi O'zbekiston Respublikasida doim iy 
yashash joyiga ega b o ‘lm aganida ushbu holatlam i tasdiqlovchi 
hujjatlar;
•jinoyat ishi b o ‘yicha yetkazilgan moddiy zaraming qoplanganligi 
haqidagi hujjatlar.
8. Q am oqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini q o ‘llash to ‘g‘risida 
iltim osnom a q o ‘zg‘atish haqidagi qaror sudga yuborilayotganda 
quyidagi hujjatlam ing nusxalari ilova qilinsin:
• jinoyat ishi q o ‘zg‘atish to ‘g‘risidagi qaror;
• shaxsni gum on qilinuvchi tariqasida ushlab turish bayonnomasi;
82


• shaxsni ishda ayblanuvchi (gum on qilinuvchi) tariqasida 
ishtirok etishga jalb qilish to ‘g‘risidagi qaror;
• ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ning shaxsiga oid m a’lumotlar;
• Jinoyat protsessual kodeksining 239-moddasi ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot 
chorasini qo‘llash to ‘g‘risidagi iltimosnoma qo‘zg‘atilganda, qarorga 
tegishli davlat organi yoki mansabdor shaxsning roziligi aks etti- 
rilgan hujjatning nusxasi ;
• qidiruvda bo ‘lgan ayblanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilish 
to ‘g‘risidagi qaror;
• ishda ayblanuvchining qonuniy vakili yoki himoyachining 
ishtirok etayotganligi haqidagi m a’lum otlar (order, himoyachidan 
voz kechish haqidagi bayonnoma).
M ateriallar nusxasi p ro k u ro r yoki tergovchi to m o n id a n
tasdiqlangan va muhrlangan bo ‘lishi shart.
G um on qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi (agar u qatnasha- 
yotgan bo‘lsa) iltimosnoma va unga ilova qilingan materiallar bilan 
tanishish to ‘g‘risida murojaat etgan taqdirda, ularni sudga qadar 
tanishtirilishi ta ’minlansin.
9. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to ‘g‘risidagi 
iltimosnoma yuqorida qayd etilgan zarur hujjatlarni ilova qilgan 
holda prokurorning aloqa xati bilan devonxona orqali rasmiylash- 
tirilib, qonunda belgilangan tartibda zudlik bilan tegishli sudga taqdim 
etilsin.
Sudya bo'lm ag an d a yoki iltim osnom ani ko ‘rib chiqishda 
sudyaning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud b o ‘lganda, 
iltimosnoma kiritgan prokuror yozma ravishda mazkur sud raisiga, 
sud bir tarkibli bo ‘lganda esa yuqori turuvchi sud raisiga zudlik bilan 
murojaat qilsin.
10. Jinoyat ishi bo ‘yicha bir yo‘la ikki va undan ortiq ayblanuv- 
chilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash 
zarurati bo ‘lgan taqdirda, ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash to ‘g‘ri- 
sida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qaror va iltimosnomani asoslan- 
tiruvchi zarur materiallar har bir ayblanuvchi bo ‘yicha alohida 
rasmiylashtirilsin va sudga taqdim qilinsin.
11. Surishtiruv jarayonida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa 
olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo ‘llash uchun asoslar aniqlangan 
taqdirda surishtiruvchi Jinoyat protsessual kodeksining 342-mod- 
dasi tartibida surishtiruv yuritish m uddati o ‘tishini kutm asdan 
ishni zudlik bilan tergovchiga o ‘tkazsin.
83


11.1. Ushlab turilgan gum on qilinuvchining shaxsi aniqlanm a- 
ganida va uning tergovdan qochib yashirinishi mumkinligi ehtimolini 
tasdiqlovchi aniq asoslar b o ‘lgan taqdirda tergovchilar tom onidan 
ushlab turish m uddati tugashidan kam ida o ‘n besh soat oldin 
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimos­
nom a qo ‘zg‘atilib, tegishli prokurorlarga yoki ularning o ‘rinbosar- 
lariga jinoyat ishi hujjatlari bilan birgalikda taqdim qilinsin.
Tegishli prokurorlar yoki ularning o'rinbosarlari qamoqqa olish 
tarzidagi ehtiyot chorasini q o ‘llash to ‘g‘risidagi iltim osnoma ter- 
govchi tom onidan qaysi vaqtda (dam olish, bayram kunlari, ish 
vaqti tugaganda) taqdim etilganidan q at’i nazar, unga rozilik berish 
masalasini belgilangan tartibda hal qilsinlar.
11.2. Ushlab turilgan gum on qilinuvchi yoki ayblanuvchiga 
nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to ‘g‘ri- 
sida iltim osnoma qo ‘zg‘atish haqidagi qaror va zarur materiallarni 
ushlab turish m uddati tugashidan kamida o ‘ntaqdim qilish tartibiga q at’iy rioya qilinsin.
Bunday hollarda gum on qilinuvchiga nisbatan sud tom onidan 
qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilsa, gum on qilinuvchiga u 
ushlangan kundan boshlab, o ‘n kun ichida belgilangan tartibda ayb 
e ’lon qilish, aks holda ehtiyot chorasini bekor qilib, uni qam oqdan 
ozod etish choralari ko‘rilsin.
12. Jinoyat protsessida im m unitet huquqidan foydalanuvchi 
shaxslarga nisbatan qam oqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini 
q o ‘llash to ‘g ‘risida iltim osnom a prokurorlar tom onidan tegishli 
davlat organlari va m ansabdor shaxslarning roziligi qonunda belgi­
langan tartibda olingandan so‘nggina qo‘zg‘atilsin.
12.1. 
Advokatlar faoliyatining huquqiy kafolatini ta ’minlash 
maqsadida ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini 
qoMlash to ‘g‘risida iltim osnom a q o ‘zg‘atish haqidagi qarorlar 
faqatgina 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpo- 
g‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va 
ularga tenglashtirilgan p ro k u ro rlar tom o n id an qabul qilinishi 
belgilab qo ‘yilsin.
13. G um on qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa 
olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo ‘llash to ‘g ‘risidagi iltimosnoma 
tergovchi tom onidan yetarli asoslarsiz qo‘zg‘atilgan bo‘lsa yoxud 
ish holatlariga ko‘ra, ularga nisbatan boshqa yengilroq ehtiyot chora­
sini qo‘llash maqsadga muvofiq deb topilsa, nazorat qiluvchi proku­
ror yoki uning o ‘rinbosari qam oqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini
84


qo'llash to ‘g‘risidagi iltimosnomaga rozilik bermaslik sabablarini 
asoslantirib, yozma ko‘rsatma bilan hujjatlami tergovchiga qaytarsin.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda 
saqlab turish muddatini uzaytirish to ‘g‘risidagi iltimosnoma shaxsga 
nisbatan qamoq ehtiyot chorasini tanlash zarurati qolmaganligi 
yoki yetarli asoslarsiz qo‘zg‘atilganligi, yoxud ish holatlariga ko‘ra 
boshqa yengilroq ehtiyot chorasini qo' llash maqsadga muvofiq deb 
topilsa, sud alohida xonaga kirgunga qadar iltimosnomani chaqirib 
olish prokurorlar tom onidan ta ’minlab borilsin.
14. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shu­
ningdek, qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to ‘g‘risidagi 
iltimosnomalarning sudda ko‘rilishida, qoida tariqasida, tum an- 
shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki 
ularning o‘rinbosarlari qatnashsin.
Alohida hollarda yuqori turuvchi prokurorning ko‘rsatmasiga 
asosan ushbu masalalarning sud muhokamasida tegishli iltimos­
nom ani sudga kim kiritgani va unga rozilik berganidan q at’i nazar 
prokuratura organlarining boshqa xodimlari ham ishtirok etishi 
mumkinligi belgilansin.
15. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki 
qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to ‘g‘risidagi iltimos­
nom ani sudda ko'rish jarayonida jinoyat ishi yuzasidan dastlabki 
tergov davrida qonun buzish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi haqida 
m a’lumotlar aniqlansa, bu holatlar b o ‘yicha prokurorlar tom o­
nidan zudlik bilan xizmat tekshiruvi o ‘tkazilib, aybdor shaxslarga 
nisbatan qonunda belgilangan qat’iy choralar ko'rilishi va natijasi 
haqida sudga xabar qilinishi ta ’minlansin.
16. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini q o ‘llash to ‘g‘ri- 
sidagi iltim osnom aning sud muhokam asida ishtirok etayotgan 
prokuror sudyaning mustaqilligi ham da tom onlarning tengligi va 
tortishuv tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda o ‘z m a’nizasida 
jinoyat tafsilotlari, uning ijtimoiy xavflilik darajasi, jabrlanuvchi 
va ayblanuvchining shaxsiga doir m a’lumotlar, ayblanuvchiga nis­
batan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini q o ilash uchun 
mavjud qonuniy asoslarni bayon qilgan holda ushbu ehtiyot cho­
rasini qo‘llash zaruratini asoslantirib bersin.
16.1. 
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan prokuror zarur 
hollarda muhokamada qatnashish uchun tergovchini taklif etish 
yoki qamoq tarzidagi ehtiyot chorasini qo ‘llash zaruratini asos- 
lantiruvchi qo ‘shimcha dalillami taqdim qilish maqsadida ushlab
85


turish m uddatini qirq sakkiz soatdan ko‘p b o im ag an muddatga 
uzaytirish to ‘g‘risida iltimosnoma kiritsin yoxud o ‘z tashabbusi bilan 
jinoyat ishining m uhokam a etilayotgan masala yuzasidan qonuniy 
ajrim chiqarilishiga xizmat qiladigan hujjatlarni tergov sirini saqlash 
qoidalariga am al qilgan holda sud e’tiboriga havola etsin.
16.2. 
Shuning bilan birgalikda, tergovchining sud m uhoka- 
masidagi ishtiroki ish yurituvidagi jinoyat ishi b o ‘yicha dalillarni 
to ‘plash, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyonni qoplanishini 
ta ’m inlashdek kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini zudlik 
bilan o ‘tkazish manfaatlariga putur yetkazmasligi lozimligi ko£rsatib 
o ‘tilsin.
17. Sudyaning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash 
yoki uni q o ‘llashni rad etish to ‘g‘risidagi ajrimi o ‘qib eshittirilgan 
paytdan e’tiboran, kuchga kirishini inobatga olib, prokurorlar ushbu 
ajrimlarni tergov organlari tom onidan darhol ijro qilinishini ta ’m in­
lash choralarini ko£rsinlar.
17.1. 
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot choratsini q o ila sh rad 
qilingan taqdirda, o£sha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan 
m azkur masala bo'yicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa 
olishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda, ya’ni 
ayblovning og£irrog‘iga o ‘zgartirilganligi. ayblanuvchining tanlangan 
ehtiyot chorasini buzganligi va boshqa shu kabi holatlarda yo£l 
q o £yilishi mumkinligi ko£rsatib o'tilsin.
18. Tegishli prokurorlar yoki ularning o ‘rinbosarlari qamoqqa 
olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni yoki qam oqda saqlab 
turish m uddatini uzaytirishni rad etish to £g£risidagi sud ajrimlari 
bilan kelishgan taqdirda, tergovchi to m o n id an ayblanuvchiga 
nisbatan boshqa ehtiyot chorasini qo'llash to £g‘risida ko£rsatma 
bersinlar. Sudlarning bunday ajrimlari bilan kelishilmagan taqdirda, 
qonunda belgilangan tartibda apellatsiya tartibida protest bildirilsin.
Ayni vaqtda sudlar tom onidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot 
chorasini q o ‘llash rad qilingan taqdirda, bu haqdagi ajrim ustidan 
apellatsiya shikoyati yoki protest bildirilganidan q a t’i nazar, tergov 
organlari sud ajrimini olgach, ushlab turilgan gum on qilinuvchi 
yoki ayblanuvchini zudlik bilan ozod qilishlari lozimligi alohida 
ko‘rsatib o'tilsin.
19. Q am oqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoTlash yoki 
un i qo£llashni rad etish yoxud qamoqda saqlab turish m uddatini 
uzaytirish, yoki uzaytirishni rad etish to ‘g£risidagi sud ajrimlari 
ustidan bildirilgan shikoyat yoki protest apellatsiya instansiyasi
86


sudida ko‘rilayotganda, qoida tariqasida, apellatsiya protesti bildirgan 
prokurorlar qatnashsinlar.
Alohida hollarda yuqori turuvchi prokurorning ko‘rsatmasiga 
asosan apellatsiya instansiyasi sudida prokuratura organlarining 
boshqa xodimlari ham ishtirok etishi mumkinligi belgilansin. Bunda 
tegishli prokurorlar tom onidan qonuniy asoslar mavjud bo ‘lgan 
hollarda apellatsiya protestini o‘zgartirish, to ‘ldirish yoki chaqirib 
olish vakolatlaridan samarali foydalanilsin.
20. Dastlabki tergov bosqichida qamoqda saqlanayotgan ayb- 
lanuvchilarning, ularning himoyachilari yoki boshqa m anfaatdor 
shaxslarning ehtiyot chorasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to ‘g‘ri- 
sida prokurorga yoki tergovchiga yo‘llangan arizalarining belgilangan 
m uddatda qonuniy hal etilishi ta ’minlansin.
20.1. Jinoyat ishi tergovi jarayonida jinoyat natijasida kelib 
chiqqan ijtimoiy-xavfli oqibatlarning bartaraf qilinishi, ayblovni 
yengilrog‘iga o‘zgartirilishi, jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra 
yoki ayblilik to ‘g ‘risidagi masalani hal qilmay turib tugatish uchun 
asoslar yuzaga kelishi munosabati bilan, yoxud boshqa obyektiv 
sabablarga ko‘ra, ayblanuvchini bundan buyon qamoqda saqlab 
turish zarurati yo‘qolgan taqdirda, prokuror yoki uning roziligi 
asosida tergovchi mazkur ehtiyot chorasini o ‘zgartirish yoki bekor 
qilish to ‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qilsin. Qabul qilingan 
qaror xususida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan 
sudga, albatta, xabar berilsin.
21. Dastlabki tergov davrida ayblanuvchini qamoqda saqlab 
turish muddatini uzaytirishda qonun talablariga qat’iy amal qilinsin.
21.1. Qamoqda saqlab turish muddatida tergovni tamomlashning 
imkoni b o ‘lmagan hollarda va ehtiyot chorasini o ‘zgartirish uchun 
asoslar b o ‘lmagan taqdirda, tegishlicha 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori, uning o ‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglash- 
tirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga asosan, sud tom onidan 
uzaytirilishi mumkinligi ko‘rsatib o ‘tilsin.
21.2. Qamoqda saqlab turish m uddatini uzaytirish masalasi 
yuzasidan bunga b o ‘lgan zarurat va asoslarni ko‘rsatgan holda ter­
govchi yoki tergov b o ‘linm alari boshliqlari nazoratni amalga 
oshiruvchi prokurorga taqdimnoma kiritsin.
Ayblanuvchini qam oqda saqlab turish m uddatini uzaytirish 
haqida iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma 3 oylik va 5 oylik 
m uddat tam om b o ‘lishidan 10 kun, undan ortiq qonunda ko‘r-
87


satilgan muddatlarga uzaytirish talab etilgan hollarda qamoqda saqlab 
turish muddati tam om bo‘lishidan 15 kun oldin vakolatli prokurorga 
jinoyat ishi bilan birgalikda tergovning cho‘zilib ketganligi sabablari, 
tekshirilishi lozim bo'lgan tusm ollar va holatlar, so‘ralayotgan 
qo‘shimcha m uddat ko‘rsatilgan holda taqdim etilsin.
21.3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar 
prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarga qamoqda saqlab 
turish m uddatini 5 oygacha uzaytirish haqida iltim osnoma kiritish 
to ‘g‘risidagi taqdim nom a tum an-shahar miqyosidagi tergov organ- 
larining ish yurituvidagi jinoyat ishlari b o ‘yicha tum an-shahar 
prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tom onidan, 
viloyat miqyosidagi tergov organlarining ish yurituvidagi jinoyat 
ishlari b o ‘yicha tegishli organ tergov boshqarmasi va bo ‘limlari 
boshliqlari tom onidan taqdim etilsin.
21.4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga qamoqda 
saqlab turish m uddatini 5 oydan ortiq muddatga uzaytirish haqida 
iltim osnoma kiritish to ‘g‘risidagi taqdimnomrfViloyat prokurorlari 
va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tom onidan yuqorida belgilan­
gan m uddatlarda yuborilishi ta ’minlansin.
Respublika miqyosidagi tergov organlarining ish yurituvidagi jinoyat 
ishlari bo‘yicha qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish haqida 
iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma tegishli organ tergov 
mahkamasi rahbarlari tomonidan taqdim etilishi belgilab qo‘yilsin.
21.5. Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat­
lar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan 
prokuraturalarning dastlabki tergov ustidan nazoratni amalga oshi- 
ruvchi tegishli tarm oqlari qamoqda saqlab turish m uddatini uzay­
tirish haqida iltim osnom a kiritish to ‘g‘risidagi taqdinm om alarni 
jinoyat ishi hujjatlari bilan birgalikda o'rganib chiqib, uning asosliligi 
yuzasidan ish holatlari va to ‘plangan dalillarga tayanib xulosa 
tuzsinlar va yakuniy qaror qabul qilish uchun vakolatli prokuror­
larga taqdim etsinlar.
21.6. Prokurorlar tom onidan qamoqda saqlab turish m uddatini 
uzaytirish haqida iltim osnoma kiritish to ‘g‘risidagi taqdim nom a 
quw atlangan taqdirda, bu haqda tegishli qaror qabul qilib, ushbu 
qarorni va uni asoslantiruvchi zarur m ateriallam i qamoqda saqlab 
turishning belgilangan m uddati tugashidan kamida olti sutka oldin 
taqdim nom a kiritgan tergov organi orqali sudga taqdim etsinlar.
P ro k u ro rlar to m o n id an qam oqda saqlab turish m uddatini 
uzaytirish haqida iltim osnom a kiritish to ‘g‘risidagi taqdim nom a
88


quwatlanmagan taqdirda, uning asoslarini bayon etgan holda yozma 
ko‘rsatma bilan hujjatlar tegishliligi bo ‘yicha qaytarilsin.
21.7. Jinoyat ishi bo'yicha ikki va undan ortiq ayblanuvchilaming 
qam oqda saqlab turish m uddatini uzaytirish zarurati mavjud 
bo ‘lganida, unda tegishli qaror va uni asoslantiaivchi zarur m ate­
riallar har bir ayblanuvchi bo'yicha alohida rasmiylashtirilishi 
lozimligi ko‘rsatib o ‘tilsin.
22. Ushlab turilgan gum on qilinuvchi yoki ayblanuvchini 
qamoqqa olish, ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddatini 
uzaytirish masalasi sudda muhokama qilinayotganda ularni sud 
majlisiga olib kelish, sud muhokamasi natijalariga ko‘ra, gumon 
qilinuvchi yoki ayblanuvchini ushlab turilganlarni saqlash joylariga 
yoki tergov hibsxonalariga belgilangan tartibda joylashtirish, yoxud 
ularni darhol ozod qilish choralarini ko‘rish jinoyat ishini tergov 
qilayotgan organlar zimmasiga yuklatilganligiga e ’tibor qaratilsin.
23. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki 
qamoqda saqlash muddatini uzaytirishning alohida tartibi belgilan- 
ganligi sababli, 2008-yil 1-yanvarga qadar, prokuror tom onidan 
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo ‘llanilgan bo ‘lsa, bunday 
shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini sud 
tom onidan qaytadan qo‘llash talab etilmasligi inobatga olinsin.
23.1. 
2008-yil 1-yanvarga qadar, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot 
chorasini qoMlash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish 
to ‘g‘risidagi qabul qilingan qarorlar JPKda belgilangan muddat 
doirasida amal qiladi. Bunday hollarda qamoqda saqlash muddatlari 
shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan yoki qamoqqa 
olingan kundan, qidiruvda b o ‘lgan shaxslar uchun esa ular ushlan­
gan kundan boshlab hisoblanadi.
Mazkur holatlarda qamoqda saqlab turishning protsessual m ud­
datlari tugagach, ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgar- 
tirishga asoslar b o ‘lmasa, qamoqda saqlab turish m uddatini uzay­
tirish to ‘g‘risida umumiy tartibda tegishli sudga iltimosnoma kiritiladi.
24. Bosh prokuraturaning Oliy o ‘quv kurslari tegishli tarm oq 
rahbarlari, viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar 
bilan birgalikda prokuratura organlari xodimlariga mazkur buyruq 
talablarini o'rgatish, amaliyotda to ‘g‘ri tatbiq etilishini ta ’minlash 
maqsadida uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar tayyorlab, m untazam
ravishda o ‘quv mashg‘ulotlari o ‘tkazilishini tashkil etsin.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
2004-yil 9-dekabrdagi «Jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini


olish ham da surishtiruv va dastlabki tergov o ‘tkazishda qonunlar­
ning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokuror nazoratini yanada 
takomillashtirish to ‘g ‘risida»gi 31-buyrug‘i bunga qadar ham qabul 
qilingan b o ‘lib, quyidagi m azm unga ega:
M amlakatimizda sud-huquq sohasida islohotlar izchillik bilan 
amalga oshirilm oqda. Bu jaray o n d a dem okratik tam oyillarga 
asoslangan qator yangi qonunlar qabul qilindi, mavjud qonunlarga 
o ‘zgartirish va qo'shim chalar kiritildi.
0 ‘zbekiston R espublikasining « P ro k u ratu ra t o ‘g ‘risida»gi 
Q onuni yangi tahriri qabul qilinishi bilan prokuratura organlarining 
jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar faoliyatini muvofiq- 
lashtirib borishi, tergov va surishtiruv ham da tezkor-qidiruv fao- 
liyati ustidan nazoratni amalga oshirishda fuqarolarning huquq va 
erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga ustuvor 
ahamiyat berilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida soliq va 
valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departam entining tashkil 
etilishi ham bu sohada qonunlar ijrosi ustidan nazoratni kuchay- 
tirish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati 
bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat protsessual 
kodekslari ham da M a’muriy javobgarlik to ‘g‘risidagi kodeksiga 
o ‘zgartirishlar va qo'shim chalar kiritish haqida»gi Q onun tergov 
va sud amaliyotida ijobiy o ‘zgarishlarni o ‘zida mujassam etdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi 
«Qishloq xo‘jaIigida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonun­
lar ijrosini ta ’minlashga oid qo ‘shim cha chora-tadbirlar to ‘g‘ri- 
sida»gi Farmoni bilan prokuratura organlarining tarkibiy tuzilmasiga 
jiddiy o ‘zgartirishlar kiritildi.
Qonunchilikdagi o ‘zgarishlar, o ‘z navbatida, prokuror nazorati 
faoliyatini takomillashtirish va yangicha yondashuvni taqozo etadi. 
Prokuratura organlari tom onidan qonun ustuvorligini qaror topti- 
rish, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasida 
e’tiborli ishlar amalga oshirilmoqda. Diniy ekstremizm va terrorizmga 
qarshi kurashni kuchaytirish masalasiga jiddiy e ’tibor qaratilishi 
davr talabiga aylandi.
Biroq, jinoyatlarni ochish va tezkor-qidiruv faoliyatni tashkil 
qilish ustidan prokuror nazoratini ta ’m inlashda ham on kamchilik- 
larga yo‘l qo‘yilmoqda. Dastlabki tergovni har tom onlam a to ‘liq va 
xolisona b o ‘lishini ta ’minlash to ‘g‘risidagi qonun talablari to ‘liq 
bajarilmayapti. Jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan ehtiyot
90


chorasini q o ‘llash, dastlabki tergov va ayblanuvchini qamoqda 
saqlash m uddatini uzaytirish, ayblov xulosani tasdiqlashda xato- 
liklar mavjud. Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni surish­
tiruv va dastlabki tergov jarayonida aybdor shaxslardan undirishda 
hamon sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Jinoyatchilikka qarshi kurash, 
uning oldini olish ham da surishtiruv va dastlabki tergov o ‘tkazi- 
lishida qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazoratini yanada 
takomillashtirish maqsadida, 0 ‘zbekiston Respublikasi «Prokura­
tura to ‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga asosan,
1. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma 
va b o ‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent shahar, Respublika Harbiy va Transport prokurorlari, shahar 
va tum an prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga:
1.1. Jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatlam ing oldini olish 
ham da ular sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni 
bartaraf qilishga, bu jarayonda qonunlarga qat’iy rioya etish, fuqaro­
larning huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini 
himoya qilishga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga asosiy 
e ’tibor qaratilsin.
1.2. Jin o y atlam in g og‘ir va o ‘ta og‘ir turlariga, ayniqsa, 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumiga, tinchlik 
va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, jinoiy uyushma tashkil etish, o ‘qotar 
qurollar va portlovchi moddalarni ishlatish, shaxsni garov sifatida 
tutqunlikka olish, bosqinchilik, diniy ekstremizm va terrorizm, 
ommaviy tartibsizliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop m od- 
dalarini qonunga xilof ravishda o ‘tkazish kabi jinoyatlarga qarshi 
kurash olib borish zarurligi diqqat markazida bo ‘lsin.
1.3. Jinoyatchilik ahvoli, ularning turlari b o ‘yicha muntazam 
tahlil qilib borilsin. Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida huquqni 
muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan hamkorlikda davriy va 
uzoq muddatga mo'ljallangan chora-tadbirlar Dasturlari hamda 
aniq yo‘naltirilgan rejalar ishlab chiqilishi, ularning to ‘liq va sifatli 
ijro etilishi ta ’minlab borilsin.
1.4. Jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta ’minlash 
maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruv va dastlabki tergovni 
amalga oshiradigan organlarning faoliyati muvofiqlashtirib borilsin.
Shu maqsadda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa 
mutasaddi idoralar bilan o ‘zaro hamkorlik to ‘liq yo‘lga qo‘yilib, 
m untazam ravishda muvofiqlashtiruvchi kengashlar chaqirilsin, 
qabul qilinadigan qarorlar ijrosiga jiddiy e ’tibor qaratilsin.


1.5. Jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish faoliyatini 
tashkil qilishda mahaJliy boshqaruv hamda o ‘zini o ‘zi boshqarish 
organlari va jam oat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot 
vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanilsin.
1.6. Viloyatlar, Toshkent shahar, tum an va shaharlar prokuror­
lari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar xalq deputatlari tegishli 
Kengashlariga, zarurat b o ‘lgan hollarda esa fuqarolarning o ‘zini 
o ‘zi boshqarish organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashning holati 
to ‘g‘risida har yili axborot berib borsinlar.
2. Jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ko‘rib chiqilishining qonu- 
niyligi, o ‘z vaqtida qonuniy qarorlar qabul qilinishi ustidan proku­
ror nazoratining samaradorligi oshirilsin.
2.1. Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar 
tom onidan jinoyatlar to £g£risidagi ariza va xabarlarni qabul qilish, 
ro £yxatdan o ‘tkazish hamda hal qilishning qonuniyligi q o ‘shimcha 
manbalardan m a’lumot olib, solishtirish yo‘li bilan har oyda kamida 
bir m arta tekshirilsin.
2.2. Jinoyatlarni hisobdan yashirilganlik hola'ti yuzasidan ido- 
raviy tartibda xizmat tekshiruvi o ‘tkazilishi ta ’minlansin. Q onun 
buzilishiga yo £l q o £ygan m ansabdor shaxslarning, shuningdek, 
jinoyatlarni qasddan yashirgan xodim larning jinoiy javobgarlik 
masalasi q at’iyatlik bilan hal qilinsin.
2.3. Viloyatlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokura- 
turalar tom onidan har olti oyda jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni 
ko£rib chiqish amaliyoti umumlashtirilib, natijalari huquqni m uho- 
faza qiluvchi organlar Muvofiqlashtiruvchi kengashlarida muhokama 
qilib borilsin hamda jinoyatlarni hisobdan yashirish hollari va bunday 
salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan keskin choralar ko£rilsin.
3. Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish sifatini yaxshilash 
maqsadida, zarur hollarda tezkor-qidiruv faoliyati haqidagi m a’lu­
m ot ham da maxfiy hujjatlarni o ‘rganib chiqishda O 'zbekiston 
Respublikasining «Prokuratura to £g£risida»gi Q onuni 28-moddasi 
1-qismida berilgan vakolatlardan to £liq foydalanilsin.
3.1. Viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokura- 
turalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali, yuqori 
malakali xodim laridan iborat doimiy harakatdagi tergov-tezkor 
guruhi tashkil qilinib, og£ir va o £ta og£ir jinoyatlarni fosh etish, tergov 
qilishda uning imkoniyatlaridan keng foydalanilsin.
3.2. Quyi prokurorlar ichki ishlar organlarida yuritilayotgan 
tezkor-qidiruv va izlov ishlarini m untazam o £rganib, tadbirlarni
92


faollashtirish b o ‘yicha k o ‘rsatm alar berishni am alga oshirib 
borsinlar.
3.3. Ayblanuvchilarning tergov va suddan qochib yashirinishiga 
imkon bergan sabab va sharoitlar chuqur tahlil qilinib, ularni 
bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rib borilsin. Tezkor-qidiruvni 
yuritish va amalga oshirishda qonun buzish hollariga yo‘l qo‘ygan 
xodimlarning javobgarlik masalasi qat’iyatlik bilan hal etilsin.
3.4. Tergovdanyashiringan ayblanuvchilarga nisbatan surishtiruv 
organlari, mahalliy yoki davlatlararo qidiruv e’lon qilinishi ustidan 
nazorat o ‘rnatgan holda ularni ushlab keltirish (etap qilish) haqidagi 
qaror viloyat prokurorlari va ularga prokurorlarning sanksiyasi 
asosida amalga oshirilsin.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ushlangan 
ayblanuvchini olib keltirish (etap qilish) haqidagi qaror Bosh 
prokuratura orqali yuborilishiga qat’iy amal qilinsin. Ushlangan 
ayblanuvchini olib kelinguniga qadar, qidiruv ishlari tugatilishiga 
yo‘l q o ‘yilmasin.
3.5. Tezkor-qidiruv va izlov ishlari ahvoli har olti oyda um um - 
lashtirilib, natijalari huquqni m uhofaza qiluvchi organlarning 
Muvofiqlashtiruvchi kengashlarida muhokama qilinib, faoliyatning 
samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanib, 
ijrosi ta ’minlab borilsin.
4. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, bu toifadagi 
jinoyatlar yuzasidan tergov-tezkor faoliyati ustidan prokuror nazo­
rati kuchaytirilsin. Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari 
bilan bu boradagi o ‘zaro hamkorlikning samaradorligi oshirilsin.
4.1. Diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar 
b o ‘yicha tergov-tezkor faoliyatni olib borishda bunday tashkilotlar 
rahnam olari va a ’zolarini, ularni moliyaviy va g‘oyaviy ta ’m inot 
manbalarini, xorijiy davlatlardagi diniy ekstremistik tashkilot va 
guruhlar bilan aloqalari ham da ish uchun aham iyatli boshqa 
holatlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratilsin.
4.2. N om a’lum sabablarga ko‘ra, uzoq muddat davomida yashash 
joyidan chiqib ketgan shaxslarni aniqlash, hisobga olish va ularning 
diniy ekstremistik va terroristik oqimlarga aloqadorligini tekshirish 
borasidagi mutasaddi organlar bilan hamkorlikdagi ishlar kuchay­
tirilsin hamda tegishli tartibda m untazam nazorat o ‘rna

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish