Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M


Ф.М. Решетников.
Правовые системы мира. Справочник. М., 1993,
стр. 111. 
4
1 J. M ahsumov, М. Alovuddinov, В. Erpo ‘latov.
Hamkorlik rishtalari mustah-
kamlanmoqda. «Qonun himoyasida» jumali, 2004, № 10 (106), 2-bet.
457


Germaniya, Xitoy va h.k. davlatlar bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi o‘zaro hamkorlik, jinoyatchilikka qarshi kurash 
amaliyotini o ‘rganish ham da prokuratura faoliyatidagi ijobiy 
amaliyot almashish aloqalari o‘rnatilgan.
12.4. Xalqaro hamkorlik
Diplomatik aloqalar o'rnatilgan va shartnomalar tuzilgan dav­
latlar bilan jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab berish, jinoyat­
chilikka qarshi kurashish faoliyatida o‘zaro hamkorlik ishlarini ham 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali amalga oshi­
riladi. 0 ‘zaro shartnomalar mavjud bo‘lmagan davlatlar bilan 
huquqiy aloqalar xalqaro konvensiyalar, xalqaro huquqiy normalar 
talablari asosida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasining Xalqaro huquqiy bo‘limi mavjud. 0 ‘z faoliyatini 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Xalqaro huqu­
qiy bo‘limi to‘g‘risida»gi Nizomi asosida olib boradi. Nizom 2004-yil 
23-apreldagi 20-buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Q^zbekiston Respub­
likasi Bosh prokuraturasining «Xalqaro huquqiy bo‘limi to ‘g‘ri- 
sida»gi Nizom talablariga ko‘ra, Xalqaro huquqiy bo‘lim (bundan 
keyin matnda bo‘lim deb yuritiladi) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasining mustaqil tarkibiy tarmog‘i bo‘lib, xalqaro huqu­
qiy sohada qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib boradi.
Bo‘lim faoliyatiga Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan 
bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. Bo'limda bo‘lim boshlig‘ining o‘rin- 
bosari, katta prokurorlar va prokurorlar, mutaxassislar hamda bo‘lim 
noziri faoliyat ko'rsatadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitu- 
tsiyasi, «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni va amalda bo‘lgan boshqa 
qonun hujjatlari, Bosh prokuraturaning hay’ati qarorlari, Bosh 
prokurorning buyruq va ko‘rsatmalari hamda mazkur Nizom talab­
lari asosida amalga oshiradi.
Bo‘lim tomonidan qonuniylik va jinoyatchilik ahvoli tahlillaridan 
kelib chiqqan holda ishni tashkillashtirish borasida Bosh prokura­
turaning yarim yilga moTjallangan ish rejalariga takliflar beriladi 
va bo‘limning ish rejasi tuziladi. Sohada ishlarni yanada yaxshilashga 
qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Bo'limda ishni tashkil etish xodimlar o‘rtasida vazifalami soha- 
mintaqa va o'rindoshlik asosida Bosh prokuror o ‘rinbosari tomo­
nidan tasdiqlanadigan ish taqsimotiga binoan amalga oshiriladi. 
Bo‘limda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy hujjatlar
458


tayyorlanadi va bu haqda Bosh prokuratura rahbariyatiga axborotlar 
berib boriladi. Soha faoliyatini yaxshilashga qaratilgan uslubiy 
tavsiyalar ishlab chiqiladi va joylarga yuboriladi.
Bo‘limda tezkor yig‘ilishlar o‘tkazib boriladi va ularda sohaga 
taalluqli, shuningdek, bevosita tarmoq faoliyati bilan bog‘liq masa- 
lalar muhokama qilinadi. Bo‘limda amalga oshirilgan ishlar yuza- 
sidan har chorakda hisobot tuzilib, topshiriladi. Hisobotlarning 
haqqoniyligi yuzasidan bo‘lim boshlig‘i mas’ul hisoblanadi. Viloyat 
prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalardan zarurat 
bo‘lganda sohaga oid tahliliy axborotlar talab qilib olinadi. Bo‘lim 
faoliyatini Bosh prokuroming soha bo‘yicha o‘rinbosari nazorat qiladi 
va sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh prokurorga 
axborot berib boradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda Bosh prokuraturaning 
tarkibiy tarmoqlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy- 
huquqiy muassasalar va jamoatchilik hamda Bosh prokuratura 
rahbariyatining ruxsati asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixo- 
nalari va vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar va uning vakolat- 
xonalari bilan hamkorlik qiladi.
Viloyat prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokuror­
larning xalqaro-huquqiy masalalar b o ‘yicha katta yordamchi 
(yordamchi)lari ham o‘z faoliyatlarini ushbu Nizom talablari asosida 
amalga oshiradi.
Bo‘limning asosiy vazifasi va faoliyat yo‘nalishlari:
• Bo‘lim xalqaro huquqiy sohada qonunlar ijrosi ustidan nazo­
ratni amalga oshira borib, 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
xorijiy davlatlarda, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarning 0 ‘zbekistonda huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va 
0 ‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoyalash choralarini 
ko‘radi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi hisoblangan shartnoma, 
bitim, konvensiya, memorandum va boshqa xalqaro-huquqiy hujjat- 
lar (bundan keyin matnda xalqaro-huquqiy hujjatlar deb yuri- 
tiladi) bo'yicha barcha vazirlik va idoralar tomonidan olingan maj- 
buriyatlaming bajarilishini nazorat qiladi;
• Xalqaro huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq masalalar yuza­
sidan 0 ‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi tizimi 
va uning xorijdagi tarkibiy tarmoqlari faoliyatida qonunlar ijrosi 
ustidan nazorat olib boradi.
459


• 0 ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xorijga 
chiqish-kelish va fuqarolik boshqarmasi tizimida hamda Bosh 
prokuraturaning Ichki ishlar vaziriigi organlarida qonunlar njrosi 
ustidan nazorat boshqarmasi bilan birgalikda «Interpol» milliy 
markaziy byurosi faoliyatlarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vaziriigi tizimining 0 ‘zbekiston fuqarolarini xorijga yuborish 
va ularni ish bilan ta’minlash borasidagi faoliyatida qonunlarga 
rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining mutasaddi idoralari va Bosh 
prokuraturaning tegishli tarmoqlari bilan hamkorlikda xorijiy 
investorlarning faoliyatida qonunlar ijrosi yuzasidan tekshirishlar 
jarayonida chet el fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya 
qilish choralarini ko‘radi. Qonun buzilishi holatlari yuzasidan xiz­
mat tekshiruvi o ‘tkazish to ‘g‘risida Bosh prokuratura rahbariyatiga 
takliflar beradi;
• Bosh prokurorning ruxsati bilan xalqaro-huquqiy hujjatlarning 
tayyorlanishi bilan bog'liq tadbirlarda qatnashadi, mutaxassis- 
ekspertlaming xulosalarini o‘rganadi, huquqiy ekspertlardan tashkil 
topgan ishchi guruhlar tomonidan tayyorlangan loyihalaming muho- 
kamasida hamda 0 ‘zbekistonda yoki xorijda chet el huquqiy eks- 
pertlari bilan o ‘tkaziladigan muzokaralarda 0 ‘zbekiston delega- 
tsiyasi tarkibida ishtirok etadi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan boshqa 
davlatlarning prokuraturalari, boshqa tegishli organlari o‘jrtasida 
tuziladigan o ‘zaro hamkorlik yuzasidan hujjatlarning loyihalarini 
tayyorlaydi, ularning imzolanishi bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha 
tayyorgarlikni tashkil etib, ijrosini ta ’minlash choralarini ko‘radi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida xalqaro 
huquqiy masalalar yuzasidan hamkorlik borasida xorijiy davlatlar 
delegatsiyalari hamda xalqaro tashkilotlaming vakillari bilan uchra- 
shuvlarga tayyorgarlik ishlarini va o‘tkazilishini ta’minlaydi.
• 0 ‘zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlatlar bilan 
tuzilgan hamda amalda bo‘lgan xalqaro-huquqiy hujjatlar talablari 
asosida jinoiy, fuqarolik va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 
hamkorlik qiladi;
• xorijiy davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etilgan ma’muriy 
huquqbuzarliklar va jinoyatlar yuzasidan surishtiruv va dastlabki 
tergov jarayonida qonunlar ijrosi ustidan nazorat qiladi. Bu borada
460


ularning sha’ni, qadr-qimmati, sog‘lig‘iga putur yetkazadigan 
tazyiq o‘tkazish, azob va qiynoqqa solish, shuningdek, g‘ayriqonuniy 
ravishda ushlash va qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish, 
tintuv o‘tkazish hollariga y o i qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
• chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan 
tezkor-qidiruv harakatlarini o‘tkazilishida qonunlarga rioya qilini- 
shini nazorat qiladi. Bu borada jinoyat ishlari, materiallar, ma’muriy 
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar, qidiruv, tezkor-izlovyig‘ma jild- 
larini o'rganadi. Noqonuniy va asossiz qarorlarni bekor qiladi;
• Bosh prokuratura rahbariyatining roziligi bilan xalqaro qidi- 
ruvda bo‘lib, ushlangan shaxslarni xorijiy davlatlarga berish va xorij- 
dan keltirish (ekstraditsiya qilish) yuzasidan ishlami tashkil etadi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi tom onidan qidirilayotgan va xorijiy 
davlatlarda xalqaro qidiruvdagi ushlangan shaxslarni ekstraditsiya 
qilish haqidagi hujjatlarni to ‘playdi, ularning xalqaro hujjatlar 
talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi, takliflar kiritadi;
• Bosh prokuratura rahbariyatning topshirig‘i bilan xalqaro- 
huquqiy hujjatlar asosida xorijiy davlatlardan kelib tushgan 0 ‘zbe- 
kiston fuqarolariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki 
tergov harakatlarini davom ettirilishi va ular bo‘yicha qonuniy qaror 
qabul qilinishini ta ’minlash choralarini ko‘radi, jinoyat ishlarini 
xorijiy davlatlarga yuborilishi bo‘yicha zarur hujjatlar tayyorlaydi;
• Bosh prokuratura rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra, xorijiy 
davlatlar bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi tomonidan huquqiy yor­
dam berish to ‘g‘risida tuzilgan xalqaro-huquqiy hujjatlar asosida 
xorijiy davlatlardan kelib tushgan tergov va sud masalalaridagi 
tegishli topshiriqlarning ijro etilishini tashkil etadi;
• 0 ‘zbekiston hududida jazo o‘tayotgan mahkumlami, uning fuqa­
roligi bo‘lgan xorijiy davlatda yoki aksincha, xorijiy davlatda jazoni 
o‘tayotgan 0 ‘zbekiston fuqarolarini respublikada jazoni o‘tashini 
davom ettirish uchun yuborish yoxud qabul qilishga doir hujjatlarni 
o'rganadi va bu borada zamriy tegishli hujjatlar loyihalarini tay­
yorlaydi;
• bo‘limga kelib tushgan murojaat (ariza, shikoyat, xabar)larni 
ko‘rib, hal etadi yoki quyi prokuraturalar tomonidan tekshirilishini 
tashkil qiladi. Bu borada umumlashtirishlar qiladi va muhokama 
uchun hujjatlar tayyorlaydi;
• viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning 
xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchi (yordam- 
chi)larining ishini to ‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash choralarini
461


ko‘rib, ularning faoliyatini, sohaga taalluqli Bosh prokurorning 
buyruq va ko‘rsatmalari, hay’at va Muvofiqlashtiruvchi kengash 
qarorlari hamda rejaviy tadbirlarning ijrosini tekshiradi, kamchilik- 
larni bartaraf qilish borasida tadbirlami amalga oshiradi;
• soha bo'yicha prokuror nazorati amaliyotini tahlil qilib, umum- 
lashtiradi, faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha 
tashkiliy chora-tadbirlami ishlab chiqadi, ish uslublarini takomil- 
lashtiradi. Quyi prokuraturalarga faoliyatga oid uslubiy tavsiyalar va 
qo‘llanmalar tayyorlaydi. Ijobiy tajribalarni ommalashtirish va ama- 
liyotga tatbiq etilishini ta’minlaydi;
• Bosh prokuratura rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra, 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini xorijiy 
davlatlarga xizmat safarlariga yuborilishini tashkil etadi;
• qonunlarni targ'ibot qilish ishlarida qatnashadi, bu borada 
ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish