Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Daniya prokuraturasi
Daniyada prokuratura xizmatining asosiy vazifasi jinoiy ishlar 
bo'yicha ayblovni quwatlash hisoblanadi. Prokuratura Adliya 
vazirligiga 
b o ‘y s u n a d i. 
Prokuratura xodimlari davlat xizmatchilari 
bo‘lib, maoshi aniq belgilangan. Prokuratura joylardagi hokimiyat- 
lardan mustaqildir.
Daniya prokuratura xizmatining asosiy xususiyatlari quyida- 
gilardir:
• sud, politsiya va prokuratura xizmati vakolatlarining aniq ajra- 
tilganligi;
• adliya vaziri prokuratura xizmatining qarorlarini o‘zgartirishi 
mumkin (shikoyatlar tizimi orqali), lekin u prokuraturaning tez- 
kor va boshqa ishlariga aralashmaydi;
• adliya vaziri unga bo‘ysunuvchi prokuratura strukturalarini moliya- 
lashtiradi, mablag‘larni ular o'rtasida taqsimlaydi;
• prokuratura xizmati funksiyalari «Odil sudlovni amalga oshirish 
to ‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Prokuratura xizmati va politsiya funksiyalari o‘zaro bog‘liq. Masa- 
lan, bosh konstebl eng quyi pog‘onadagi prokuror vazifasini 
bajaradi. Bunday bog‘liqiikning sabablari :
a) politsiya va joylardagi aholi o‘rtasidagi keng aloqa;
b) ayblov departamenti, nafaqat, huquqni muhofaza qiluvchi 
organ, balki o‘ziga xos «xizmat»dir;
d) politsiyaga ishga qabul qilishning keng imkoniyatlari (hunar- 
mandlar, fermerlar, o‘qituvchilar va h.k.) unga «yaxshi va do‘stona 
politsiya» maqomiga ega bo'lishga yordam beradi.
Prokuratura xizmati xodimlari bo‘lib, oliy yuridik m a’lumotli, 
politsiyada 3—4 yil va okrug prokuratura ofisida 2 yil ishlagan shaxslar 
qabul qilinishi mumkin.
Davlat ayblovchisi sifatida quyidagi shaxslar qatnashishi mumkin:
• okrug prokurori;
• davlat ayblov departamenti direktori;
• bosh konstebl.
435


Okrug prokurorining asosiy funksiyalari:
• jinoiy ishlarni tergov qiladigan politsiya xodimlari ustidan 
nazorat qilish;
• politsiya xodimlari tomonidan jazoning ijro etilishi ustidan 
tekshiruvni amalga oshirish;
• psixiatriya bo ‘ limlariga joylashtirish tarzidagi jazo choralarining 
noaniq muddatlarini tekshirish kabilardan iborat.
Ayblov departamenti quyidagilarni amalga oshiradi:
• okrug prokuror! ustidan nazorat;
• yo‘riqnomalar chiqarish;
• jinoiy ishlar bo'yicha Oliy sudda ishtirok etish.
Qonunga binoan, sudning qamoqqa olish, tintuv, olib qo‘yish 
to ‘g‘risidagi qarori faqat ushbu qaroming qabul qilinishidan oldin 
sudda politsiya xodimi kelganidan keyin yoki undan 24 soat o‘tgan- 
dan so'ng qabul qilinishi mumkin. Ushbu politsiya xodimi jinoiy 
ta ’qib qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik haqida qaror qabul qiladi. 
Uning 

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish