Avstriya prokuraturasi
Avstriyada rasman prokuratura ijroiya hokimiyati organlariga
kiradi. Shu bilan birga, uning faoliyati ko‘proq sud hokimiyati bilan
bog‘liq. Avstriyaning «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunida (3-§,
2-ab.) prokuratura huquqni qo'riqlovchi organ sifatida qaraladi.
Prokuror lavozimiga tayinlash Adliya vaziri tomonidan amalga
oshiriladi. Nomzod uchun majburiy shart sudya bo‘lib 2 yil ishlagan
bo‘lish, Avstriyada prokuror sud tizimining tashkiliy strukturasining
qismi bo‘lib hisoblanmaydi.
1
B.H. Додонов, B.E. Крутских.
Прокуратура в России и за рубежом.
Сравнительное исследование. М., 2001.
431
Prokuror o ‘z faoliyatida unga beriladigan ko‘rsatmalar bilan
cheklangan, lekin ijroiya hokimiyati organlarining amaldorlariga
nisbatan cheklovlar kamroq darajadadir. Boshqacha qilib aytganda,
prokuror eng yuqori amaldorlarning biri hisoblanadi.
Federal Adliya vazirining ober-prokurorga, ober-prokurorning
esa o‘zining bo‘ysunuvidagi prokurorga muayyan (aniq) ish bilan
bog‘liq (ayblov e’lon qilish, ish qo‘zg‘atishni bekor qilish) beril-
gan har qanday ko‘rsatmasi tegishli tarzda izohiangan, yozma shakl-
ga ega bo'lgan va asoslantirilgan bo‘lishi lozim. Prokuror har qanday
amaldor kabi, nafaqat, jinoyat qonunchiligiga zid bo‘lgan ko‘rsat-
mani, balki uning fikricha, sudga taqdim etilishi mumkin bo‘Ima-
gan ko‘rsatmalarni bekor qilishga haqli. Prokuror Adliya vaziri
ko‘rsatmalariga amal qilishi shart.
Avstriya prokurorining vazifasi jinoyat ishini ko‘rish davomida
jazo tayinlash bilan bog‘liq masalalarda davlat manfaatini himoya
qilish. Avstriyada prokuratura organlari nazorat funksiyasini amalga
oshirmaydi. Avstriya JPKning 1-moddasi 2^§ ga muvofiq, jinoyat
ishlarining sudda ko'rilishi faqat ayblovchi (prokuror) arizasiga
ko‘ra boshlanadi.
Prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atish, ayblov e’lon qilish, ishni tuga-
tish masalalarini hal qilish vakolatiga ega. U hatto, jinoyat ishining
sud muhokamasi bosqichidan ham ayblovni chaqirib olishi mumkin.
Faqat prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki tugatishni hal qiladi.
Sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish va ko‘rish vakolatiga qachonki, proku-
roming e’tirozi bo‘lmasagina haqli. Bunday hollarda faqat sud ayblov
e’lon qilishning qonuniyligini tekshiradi.
Qo‘shimcha ayblov (subsidar ayblov)ning e’lon qilinishi, ya’ni
jabrlanuvchi tomonidan prokuratura ishni tugatgandan so‘ng davom
ettirilishi ham mumkin.
Dastlabki tergov bosqichida ayblovni tayyorlash prinsipi ketma-
ketUk bilan amalga oshiriladi, lekin bunday ketma-ketlik Germa-
niyadagidan farq qiladi, chunki Germaniyada tergov harakatlari
tergov sudyasi tomonidan sud jarayonida olib boriladi. Biroq tergov
sudyasi ochiq sud jarayonida qaror chiqaruvchi sudya sifatida qat-
nashmaydi.
Jinoyat protsessida prokuror protsess taraflaridan biri hisoblanadi
va obyektivlikka rioya qilishi lozim. U aybdor jazolanishi va aybsiz
oqlanishi maqsadida ayblanuvchini ham oqlaydigan, ham ayblay-
digan holatlami aniqlashi va tekshirishi shart. Prokuror o‘z mehnati
uchun davlat budjetidan to ‘lanadigan haq uning obyektiv bo‘lishiga
432
t o ‘sqinlik qilm aydi, chunki m aosh m iqdori qonun bilan
tayinlanadi.
Obyektivlik tamoyili prokurorga, nafaqat, ayblovchi bo‘lishga,
balki qonuniylikni ta’minlanishining kafili bo‘lishga yordam beradi.
Bu protsessning har qanday bosqichiga, shu bilan birga, sud qaroriga
protest keltirish bosqichiga ham tegishli. Obyektivlik to‘g‘risida
gapirganda Avstriyaning Oliy sudida Bosh prokuraturaning mavjud
bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Bosh prokuratura ayblov organi hisob-
lanmay, faqat Oliy sudda sud qaroriga protest keltirish vositalariga
nisbatan o‘z fikrini bildiradi. Bosh prokuratura prokuratura organ-
lari tizimiga kirmaydi. Bosh prokuror nazorat olib borishga, pro
kurorga ko'rsatmalar berishga haqli emas. U prokuror faoliyati
uchun hech qanday javobgar emas.
Bosh prokuror vazifasi — umumiy holda jinoyat qonunchili-
gini buzilishining oldini olish, xususan esa ayblanuvchi manfaat
lari buzilishiga yo‘l qo‘ymasIikdir. Bu vazifasini bajarish uchun
Bosh prokuror o‘z tashabbusi bilan yoki sudning qonuniy kuchga
kirgan qaroriga tayangan holda Oliy sudga sud qarorini haqiqiy
emas deb topish haqida da’vo kiritadi. Federal Oliy sud ushbu
shikoyatni o ‘z ish yurituviga olar ekan, hukm chiqarish yo‘li orqali
qonun buzilishi mahkum uchun salbiy oqibatlar keltirgan bo‘lsa,
oldingi hukmini bekor qiladi.
Prokurorning obyektiv bo‘lish talabi prokuratura xodimlari
sha’ni to ‘g‘risidagi kodeksda, «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunda
mustahkamlangan va ularga binoan prokuror o‘z vazifalarini tez,
vijdonan, beg‘araz va xolisona bajarishi lozim. Prokuror faoliyati
ustidan nazoratni nafaqat adliya vaziri orqali parlament, balki
institutlashtirilgan xalq advokati (Ombudsman) ham amalga oshiradi.
Avstriyada prokuratura jinoiy ta’qibni amalga oshirar ekan,
qonuniylik (qabul qilinayotgan qarorning huquqiyligi) tamoyiliga,
alohida hollarda esa, istisno tarzida maqsadlilik tamoyiliga amal qiladi.
Sodir qilingan jinoyat haqidagi ma’lumot (dalolat, arizalar)
prokuraturaga bir necha manba orqali keladi: politsiya, jandar-
meriya, jismoniy shaxslar, boshqarmalar, ommaviy axborot vosita-
lari. Kelib tushgan dalolatnomalar jurnalda ro'yxatga olinadi va
prokurorga beriladi.
Prokuratura rahbari va ober-prokurorlar quyi prokurorlarning
yurituvidagi jinoiy ishlarni o‘z yurituviga olish hamda ishlarni bir
prokurordan boshqa prokurorga olib berish vakolatiga ega. Prokuromi
ishda qatnashayotgan shaxs bilan qarindoshlik aloqasi bo‘lsa, bu
28
-
21
433
ishni qabul qilib olishni rad etishi shart. Prokurorni rad etish
qonunda ko‘rsatilmagan, ya’ni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan shaxs ham,
jinoyat haqida ma’lumot yetkazgan instansiya ham bunday huquqqa
ega emas.
Quyi prokuror rahbarga o‘z yurituvida bo‘lgan barcha muhim
jinoiy ishlar haqida xabar berishi shart. Quyi prokuror o ‘z tashab-
busi bilan yuqori turuvchi prokuror (ober-prokuror)ni jamiyat
manfaatini ko‘zlab yoki ko‘rilayotgan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan
faktning yuridik xarakteri aniq belgilanmagan bo‘Isa, xabardor
qilishi shart.
0 ‘z navbatida, ober-prokuror hududlararo xarakterga ega bo‘l-
gan jinoiy ishlar haqida federal vazirni xabardor qilishi shart.
Federal adliya vaziri va alohida jinoiy ishlar yoki ishlar guruhi
(odam o‘ldirish yoki siyosiy jinoyatlar) bo‘yicha ober-prokuratura
rahbari quyi prokuraturaning hisobot berishi to ‘g‘risidagi ko‘rsat-
malar berishga haqli.
Surishtiruvni politsiya yoki sud olib borUdi, dastlabki tergovni
esa faqat sud amalga oshiradi. Tergov harakatlarini prokuratura olib
bormaydi (Germaniyadan farqli ravishda), u faqat shunga tegishli
ko‘rsatmalar berishga haqli. Prokuror arizasi bo‘yicha operativ-
qidiruv harakatlar (qamoqqa olish, tintuv o ‘tkazish, telefon va
boshqa qurilmalar orqali so‘zlashuvlarni eshitish va h.k.) amalga
oshiriladi. Buning uchun esa mustaqil sudyaning ko‘rsatmasi talab
qilinadi.
Prokuratura funksiyasiga jinoiy ish qo‘zg‘atish yoki tugatish
kiradi. Ishni tugatish to ‘g‘risidagi qarorni prokuror yozma ravishda
asoslantiradi va ma’lumotni prokuror jumaliga kiritadi. Bu material-
lar bilan tanishishga gumon qilinuvchi ham, arz qiluvchi ham
haqli emas. Bunday huquq rahbarga, Adliya vaziriga va xalq advokati
(Ombudsman)ga berilgan.
Prokuror tom onidan ishni sudga oshirishda ikki protsedura
mavjud:
• agar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tahlil qilinayotgan
bo‘lsa, prokuror jazo tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan chi-
qadi. 5 yildan ko‘p muddatga ozodlikdan mahrum etishda esa
prokuror ayblov xulosasini taqdim etadi;
• prokuror sud chiqargan hukm ustidan apellatsiya shikoyati
keltirishga haqli (ayblanuvchi foydasiga ham, unga qarshi ham).
Fuqarolik protsessida prokuror roliga to ‘xtalsa, bunda oxirgi
paytlarda prokuror vakolati doirasi chegaralanyapti. U otalikni tan
434
olish, nikohni haqiqiy emas deb topish, bedarak yo‘qolgan shaxsni
o‘lgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlarda qatnashadi. Proku-
rorning fuqarolik protsessida qatnashishi uning faoliyat hajmini
1 % ini tashkil qiladi. Asosan esa, fuqarolik protsessida davlat man-
faatlarini prokuror emas, moliyaviy prokuratura, hukumat yoki
boshqa muassasa advokat sifatida himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |