Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlari



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

12.2. Xorijiy mamlakatlarda prokuratura organlari
«Prokuratura organlarining davlat va jamiyat hayotidagi rolini 
muhokama qilganda, birinchi navbatda, milliy huquqiy tizimdan 
kelib chiqish zarur. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, jahonda 
prokuratura organlarining xalqaro standard yo‘q. Chunki har bir 
davlat bu o ‘rinda o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Misol uchun, AQSH, 
Estoniya, Qozog'iston kabi davlatlarda prokuratura davlatning ijroiya 
hokimiyati tarkibiga kirsa, Ispaniya, Bolgariya, Latviya, Gruziya kabi 
davlatlarda sud hokimiyati tarkibiga kiradi. Fransiya, Italiya, Ru- 
miniya kabi davlatlarda esa prokuratura sud va ijroiya hokimiyati 
o'rtasidagi o ‘rinni sgallaydi.
Bugungi kunga kelib, davlat organlari tizimi ichida prokuratu­
raning o ‘rnidan kelib chiqqan holda davlatlarni to ‘rtta guruhga 
b o iish mumkin.
1. 
Prokuratura Adliya vazirligi tarkibiga kiradigan davlatlar 
(AQSH, Polsha, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Rumi-
428


niya, Isroil, Yaponiya, Estoniya, Suriya). Ularda Adliya vaziri bir 
vaqtning o‘zida bosh prokuror ham bo‘lishi mumkin.
2. Prokuratura sud tizimiga kiradigan davlatlar (Ispaniya, 
Kolumbiya, Bolgariya, Latviya).
3. Prokuratura alohida davlat hokimiyati hisoblanadigan, ya’ni 
ijroiya va sud hokimiyati tarkibiga kirmaydigan davlatlar (Vyetnam, 
Xitoy, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Kuba va Laos).
4. Prokuratura yoki unga o‘xshash institutlar yo‘q davlatlar 
(Buyukbritaniyada prokuratura instituti umuman yo‘q. Davlat ayblovi 
Davlat ayblovi xizmati degan organ tomonidan qo'llab-quwat- 
lanadi).
Ta’kidlashjoizki, hamma davlatlarda ham prokuratura Konstitu- 
tsiyaviy institut hisoblanmaydi. Masalan, AQSH Konstitutsiyasida 
faqatgina Bosh prokuror lavozimi mavjudligi va uni lavozimga 
tayinlash tartibi haqida so‘z yuritiladi. Bu turdagi davlatlarga proku­
ratura ijro etuvchi yoki sud hokimiyati tarkibiga kiruvchi davlatlar 
kiradi. Bu yerda prokuraturaning faoliyati qonunlar bilan tartibga 
solinadi (AQSHning 1870-yildagi «Adliya vazirligini tashkil etish 
to ‘g‘risida»gi Qonuni, Italiyaning 1930-yildagi JPK, Fransiyaning 
1958-yildagi JPK).
Yaponiyada prokuraturaning faoliyati va vakolatlari 1944-yilgi 
«Prokuratura to ‘g‘risida»gi dekret bilan belgilanadi. Germaniyada 
esa 1877-yilgi «Sud tuzilmalari to ‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga 
solinadi.
MDH hamda Lotin Amerikasi davlatlarida prokuratura institu- 
tining huquqiy asoslari va asosiy vazifalari Konstitutsiyada belgi- 
langan. Ularda prokuratura institutiga alohida boblar bag!ishlangan. 
Lekin ba’zi davlatlarda prokuratura totalitar tuzumning mahsuli 
deb qaralib, unga Konstitutsiyada o'rin berilmagan (Polsha) yoki 
juda kam o'rin berilgan (Litva, Sloveniya, Slovakiya). Hatto, Rossiya 
Konstitutsiyasida prokuratura institutiga bittagina modda (129-modda) 
bag‘ishlanib, unda prokuraturaning funksiyasi haqida so‘z yuritil- 
may, faqat maqomi va tashkiliy asoslari haqida gapiriladi.
Qozog'istonda prokuratura faoliyati Prezidentning qonun kuchiga 
ega bo‘lgan «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Farmoni asosida tartibga 
solinadi. Tojikistonda esa «Prokuratura to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy 
qonun mavjud.
Deyarli barcha davlatlarda prokuratura organlari mustaqil hisob- 
lanib, prokurorlar faqatgina qonunga bo‘ysungan holda ish yurita- 
dilar. Shu bilan birga, ular o‘z faoliyati davrida siyosiy partiya va
429


harakatlarga a’zolikni to ‘xtatib qo'yadilar hamda asosiy ishidan 
tashqari biron-bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 
Ular ilmiy, pedagoglik va ijodiy faoliyat bilan faqat asosiy ishdan 
bo‘sh vaqtda shug‘ullanishlari mumkin.
Prokurorlarning siyosatga aralashishi taqiqlanadi. Lekin AQSHda 
boshqacha holat mavjud. U yerda prokurorlik ko‘p hollarda shaxsning 
davlat hokimiyatidagi yuqori lavozimlarga erishishi uchun asos 
bo'ladi. AQSHning ba’zi shtatlarida esa prokurorlarga asosiy ishdan 
tashqari xususiy yuridik amaliyot bilan shug‘ullanishga ham ruxsat 
etilgan.
Nazariy jihatdan prokuraturaning vazifasini ikkiga b o ‘lish 
mumkin:
1) qonunlar ijrosi ustidan nazorat;
2) jinoiy ta ’qibni amalga oshirish.
Jinoiy ta ’qibni amalga oshirish, o ‘z navbatida, uchga bo'linadi: 
jinoyatlarni tergov qilish, dastlabki tergov ustidan nazorat qilish, 
sudda davlat ayblovini qollab-quwatlash. Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 
barcha davlatlar va AQSHda prokuratura aynan shu vazifani bajaradi.
Jinoiy ta ’qibni amalga oshirishda barcha prokurorlarga jinoyat 
ishini qo‘zg‘atish va uning qo‘zg‘atilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish yuklatilgan. Ammo Fransiya, Germaniya va Yaponiyada 
bu boshqacha kechadi. U yerda jinoyat ishini qo‘zg‘atish prokuratu­
raning mutlaq vakolati hisoblanadi. Aksariyat hollarda jinoyat ishi 
qo‘zg‘atilishining qonuniyligi prokuratura bilan birga sud tomonidan 
ham nazorat qilinadi.
Dastlabki tergovni amalga oshirish ham xorijiy davlat prokuratura 
organlarining vazifasi hisoblanadi. Ozarbayjon, Armaniston, Gru- 
ziya, Latviya, Litva va Estoniyada prokuraturadan dastlabki tergov 
ustidan nazorat vazifasi olib tashlanib, faqat surishtiruv va tezkor 
qidiruv faoliyati ustidan nazorat saqlanib qolgan. Bu davlatlarda 
bir vaqtning o ‘zida ham dastlabki tergov ustidan nazoratni, ham 
sudda davlat ayblovini quwatlab bo‘lmaslikdan kelib chiqqan.
Prokuratura tizimi markazlashtirilgan yoki markazlashtiril- 
maganligi ko‘p hollarda davlatning m a’muriy-hududiy tuzilishiga 
bog'liqdir. Agar davlat ma’muriy tuzilishiga ko‘ra federativ bo‘lsa, 
unda prokuratura tizimi to ‘liq markazlashtirilmagan bo'ladi. Misol 
uchun AQSH. Xorijiy davlatlarda prokurorlami lavozimga tayinlash 
(saylash) jarayoni turlichadir.
O'zbekiston Konstitutsiyasiga ko'ra, Prezident mamlakat Bosh 
prokurori va uning o'rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va keyin-
430


chalik Oliy Majlis tasdig'iga kiritadi. Belorussiya, Germaniya, Qozo- 
g'iston, Ozarbayjon, Albaniya kabi davlatlarda ham Bosh prokuror 
shu tartibda saylanadi. Slovakiyada esa Bosh prokuror parlamentning 
taklifiga binoan, Prezident tomonidan tayinlanadi.
Rossiya va Gruziyada Bosh prokuror davlat rahbarining taklifiga 
binoan, parlament yoki uning yuqori palatasi tomonidan tayinla­
nadi. Bolgariyada esa Prezident tomonidan Oliy sud kengashining 
taklifi bilan lavozimga tayinlanadi. Agar Prezident bir marta Oliy sud 
kengashi taklif qilgan nomzodni ma’qullamasa va ushbu nomzod 
takroran taklif qilinsa, Prezident bu safar uni Bosh prokuror 
lavozimiga tayinlashga majburdir.
Turkiyada Bosh prokuror kassatsiya sudi tomonidan taklif 
qilingan besh nomzod ichidan Prezident tomonidan tayinlanadi.
Polsha, Estoniya va AQSHda Bosh prokuror bir vaqtning o‘zida 
Adliya vaziri hisoblanadi va ulami tayinlash tartibi hukumat a’zo- 
larini lavozimga tayinlash tartibi bilan bir xildir.
Moldovada Bosh prokuror parlament raisining taklifiga binoan 
parlament tomonidan tayinlanadi.
Prokuror vakolatlari muddati har bir davlatda o'ziga xosdir1. 
Ba’zi davlatlarda u muddatsiz, ayrimlarida ma’lum muddatga tayin­
lanadi. Ba’zilarida esa to nafaqaga chiqquncha mazkur lavozimni 
egallaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jahonda prokuratura organlarining 
xalqaro standarti mavjud emas. Prokuratura organlarini shakllan- 
tirish har bir davlatda uning o‘ziga xos milliy, huquqiy asoslaridan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladi».

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish