Fransiya
prokuraturasi
441
o'tkazishga olib keladi. Jinoiy da’vo tomonidan davlat nomidan
yoki uning o ‘z tashabbusi bilan yoxud shikoyat, bayonnoma,
xabarlar, jabrlanuvchi shikoyati asosida kiritiladi.
Jinoyat ishini tergov qilishda prokuratura doim Konvensiyaning
5, 6-moddalarida o‘rnatilgan ushlab turish va protseduralarning
oqilona muddatiga rioya etish haqida qayg‘uradi. Bu sohada uning
barcha harakatlari protsessning tezlashtirilishiga, jabrlanuvchilar
ham, tergov ostidagilar ham azoblanmasligiga qaratilgan. Fransiya
prokuraturasi jinoyat ishini qo‘zg:atish masalasida keng harakat
doirasidan foydalanadi. Bunda prokuratura qonuniylik tamoyilidan
ko'ra, maqsadga muvofiqlik tamoyiliga amal qiladi. Shuni aytish
mumkinki, Fransiyada jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish barcha
ishlarning 70% ini tashkil etadi. Bunga qaramay, maqsadga muvo
fiqlik vakolati cheklangan, chunki u faqat qaror qabul qilish dara-
jasida amalga oshiriladi: u jinoyat ishi qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni
rad etish to ‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. Lekin agar jinoiy
ish qo‘zg‘atish to ‘g‘risida qaror qabul qilingawdan so‘ng Fransiya
qonunchiligi bo‘yicha, bu ish jamiyatga tegishli bo'ladi: prokuror
endi tergov qilishdan bosh torta olmaydi. U faqat jinoiy ish qo‘z-
g‘atilgan shaxs foydasiga tavsiyanoma kiritishi mumkin, dastlabki
tergovning tugashi vaqtida ishni tugatish to‘g‘risida yoki sud majlisida
oqlov hukmi chiqarish haqida iltimosnomalar kiritadi. Qarorni
esa ishni ko‘rayotgan tergov yoki sud organlariga qabul qiladi.
Respublika prokurori shikoyatlar va xabarlar qabul qiladi va ular
bo‘yicha tezkor qaror qabul qiladi (JPKning 40-moddasi 1-qismi).
Har bir mansabdor shaxs, agar u o‘zi faoliyat yuritayotgan korxona
yoki tashkilotda sodir etilgan jinoyat to ‘g‘risida xabar topsa, darhol
Respublika prokurorini xabardor qilishi shart va zarur bo‘lsa, pro
kuror dastlabki tergov amalga oshirishni talab qilishi mumkin.
Dastlabki tergovni o‘tkazish huquqi sud rangining tergov sudyasi —
magistrlarga tegishli. Tergov sudyasi tashkiliy jihatdan sud instan-
siyalari bo‘ysunuvidadir, mazmun jihatdan esa prokuror ko‘rsat-
malari chegarasida harakat qiladi. Aynan prokuror JPKning 82-mod-
dasiga ko‘ra, tergovning har qanday bosqichida tergov sudyasiga
haqiqatni aniqlashga foydali bo‘lgan barcha harakatlarni ko‘rsatishi
mumkin. Shu maqsadda prokuror ishning barcha materiallarini
24 soat ichida qaytarib berish sharti bilan talab qilib olishi mumkin.
Prokuror tergov sudyasiga tergovni boshlashni man qilib qo‘yi-
shi mumkin, qachonki, ushbu qilmishda jinoyat belgilari bo‘lmasa.
Tergov sudyasi har bir voqea joyiga chiqish va tintuv haqida
442
prokuromi xabardor qiladi. Prokuror ayblanuvchi va fuqaroviy
da’vogami so‘roq qilishda hozir bo'lishga haqli. Tergov sudyasi pro
kuromi belgilangan tergov harakatlari to‘g‘risida oldindan xabardor
qiladi. JPKning 140-moddasiga ko‘ra, ayblanuvchini vaqtincha ozod
qilish tergov sudyasi tomonidan faqat prokuror roziligi bilan amalga
oshiriladi, prokuror esa, o‘z navbatida, ayblanuvchining ozod eti-
lishini xohlagan vaqtda talab qilishi mumkin.
Protsessual me’yorlaming buzilishini aniqlagan taqdirda, prokuror
ayblov kamerasi oldida u yoki bu harakatni yoxud butun ishni haqiqiy
emas deb topishni so‘rashi mumkin. Nihoyat, prokuror tergov sudya-
sining har qanday qaroriga uning ma’muriy yoki sud xarakteriga ega
bo'lishidan qat’i nazar, protest keltirishi mumkin.
Prokurorning sud politsiyasi faoliyati ustidan nazorat qilishda
ham keng vakolatlari mavjud. Prokuratura magistratlari va sud
politsiyasi ofitserlari o‘rtasida uzluksiz telefon aloqa o'matilgan.
Prokuror politsiya xodimining hodisa to ‘g‘risida hisobotini eshitib,
darhol yetti qarordan birini qabul qiladi:
• jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish. Qoida bo‘yicha, bunday
qaror ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan huquqbuzarlikni bir marta
sodir etgan shaxslarga nisbatan qabul qilinadi;
• darhol jinoiy ish qo‘zg‘atish,
shu
bilan birga, politsiyadan
huquqbuzarni axloq tuzatish sudiga kelish haqida ogohlantirilishi
so‘raladi. Bunday yo‘l kichik va o‘rta huquqbuzarlik, ba’zan esa og'ir
jinoyat etgan shaxslarga nisbatan tutiladi;
• axloq tuzatish sudiga jo ‘natish uchun surishtiruvchiga huquq-
buzami prokuror oldiga keltirish haqida buyruq berish. Bunday
qaror sodir etilgan qilmish uchun bir yildan yetti yilgacha qamoq
jazosi belgilangan taqdirda qabul qilinadi;
• tergovni boshlash uchun surishtiruv olib borayotgan shaxsga
huquqbuzarni olib kelish haqida buyruq berish. Bu holda prokuratura
tergov sudyasi ishni o‘z yurituviga qabul qilishi uchun prokurorning
dastlabki tergovni boshlash talabini tuzadi. Bir vaqtning o‘zida vaq
tincha ushlab turish masalasi hal qilinadi. Bunday qaror shaxs
tomonidan og‘ir jinoyat sodir etilganda qabul qilinadi;
• surishtiruvchiga huquqbuzarni prokuraturaga olib kelish to‘g‘risida
ko‘rsatma berish. Prokurorning o‘zi huquqbuzarni axloq tuzatish sudiga
kelishi shartligi to‘g‘risida bayonnoma orqali ogohlantiradi;
• surishtiruvchiga huquqbuzarni axloq tuzatish sudiga aniq kun
va soatda kelishi to‘g‘risida ko‘rsatma berish. Sudga kelishning bunday
yo‘li amalda ko‘p uchraydi: u sudga to ‘g‘ridan to ‘g‘ri chaqirishga
443
tenglashtiriladi va shuning uchun sudlanuvchini uning sudga kelish-
kelmasligidan qat’i nazar, sud qilishga yo‘l qo'yadi;
• politsiyaga huquqbuzarni qo‘yib yuborish va surishtiruvni
davom ettirish haqida ko‘rsatma beradi;
• prokuratura va politsiya hamkorligining bu yangi tezkor tizimi
prokurorlarga politsiya bilan aloqa o ‘rnatishga, politsiya faoliyatini
nazorat qilib turishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |