Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Vositachilik  shartnomasi  bo‘yicha  taraflarning



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

2.  Vositachilik  shartnomasi  bo‘yicha  taraflarning 

huquq  va  burchlari

Vositachilik shartnomasi ikki taraflama  shartnoma  bo'lganligi  tufayli 

taraflarning  har  qaysilarida,  y a ’ni  komitentda  ham,  vositachida  ham 

muayyan  huquqlar  va  burchlar  bo'ladi.



Vositachining huquq va majburiyatlari:

Vositachi uchinchi shaxs bilan o'zi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan 

ham m a  m ajb uriyatlarn i  baja rish i  va  ham m a  h u q u q la m i  am alga 

oshirishi shart.

V osita ch i  u ch in ch i  sh a x s  bila n   o 'z i  tu zg a n   b itim d a n   k e lib  

chiqadigan  ham m a  m ajburiyatlarni  bajarishi  va  ham m a  h u q u q la m i

www.ziyouz.com kutubxonasi



am alga  oshirishi  shart. 

/

Vositachi o'z zimmasiga olgan topshiriqni komitentning ko'rsatmalariga 



muvofiq,  vositachilik  shartnomasida  bunday  ko'rsatmalar  bo'lmaganda 

esa  -   ish muomalasi  odatlariga yoki odatda qo'yiladigan boshqa  talablarga 

m uvofiq  komitent  uchun  eng  foydali  shartlar  asosida  bajarishi  lozim. 

A gar  vositachi  bitimni  komitent  ko'rsatganidan  ham  foydaliroq  shartlar 

asosida tuzgan boisa,  qo'shimcha foyda,  basharti shartnomada  boshqacha 

tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  taraflar  o'rtasida  baravar  taqsimlanadi.

V ositach i  bitim n in g  ijrosi  u ch u n   k om iten tga  kafolat  b e rg a n  

(del’kredere)  hollarda  u  vositachilik  shartnomasida  kelishilgan  miqdorda 

qo'shimcha  haq  olish  huquqiga  ega  boiadi.

Komitent  hisobidan  uchinchi  shaxs  bilan  tuzilgan  bitim  uchinchi 

shaxs tomonidan bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar 

boim aydi, vositachi ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan 

yoki  bitimning  bajarilishiga  kafolat  bergan  (del’kredere)  hollar  bundan 

mustasno.

Vositachi  uch in ch i  shaxs  bilan  tuzgan  bitim ni  uchinchi  shaxs 

bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi, 

zarur  dalil-isbotlarni  to'plashi  va  ta’minlashi,  shuningdek,  komitentning 

talabiga  ko'ra  bunday  bitim  yuzasidan  huquqlarni  talablarni  boshqa 

shaxsga  o'tkazish  to'g'risidagi  qoidalarga  rioya  qilgan  holda  (Fuqarolik 

kodeksining  313-317,  319,  320-moddalari)  unga  topshirishi  shart.

Fuqarolik  kodeksi  834-moddasining  beshinchi  qismi  asosida  bitim 

bo'yicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs 

bilan  huquqlarni  bu n day  berishni  taqiqlaydigan  yoki  cheklaydigan 

kelishuvidan  q a t’ iy  nazar,  y o'l  qo'yiladi.  Bu  hoi  vositachi  huquqni 

topshirishni  taqiqlash  yoki  cheklash  haqidagi  kelishuvni  buzib,  huquqni 

topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan 

ozod  qilmaydi  (FKning  834-moddasi).

A gar  vositachilik  shartnomasi  komitentga  bog'liq  sabablar  bilan 

bajarilmagan  boisa,  vositachi  vositachilik  haqiga,  shuningdek,  qilingan 

xarajatlarning  qoplanishiga  b oiga n   huquqini  saqlab  qoladi  (FKning  833- 

moddasi).

Qonun  hujjatlarida  boshqacha  holat  nazarda  tutilgan  bo'lm asa, 

v osita ch i  ish  m a n fa a tla rin i,  sh u n in gd ek ,  k om iten t  m an faatlarin i 

ko'zlamasdan,  kom itent  tom onidan  berilgan  ko'rsatmalardan  chetga 

chiqishi  -   taraflar  o'rtasida  tuzilgan  shartnomani  buzish  deb  ko'rsatiladi. 

B inobarin,  bu n in g  natijasida  k o'rilga n   zarar  vositachi  tom on idan  

komitentga  toianishi  lozim.  Chunonchi,  vositachi  komitent  tomonidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




tayinlanib,  o'zaro  kelishib  belgilangan  ashyoning  sotish  baxosini  o'zicha 

komitent  bilan  kelishmasdan  o'zgartira  olmaydi,  aks  holda,  ashyoning 

belgilangan  narxi  bilan  sotilish  bahosi  o'rtasidagi  farqni  komitentga 

to'lashga  majbur  bo'ladi.

Fuqarolik kodeksining 835-moddasida qo'shimcha vositachilik nazarda 

tutilgan. Unga  ko'ra,  agar shartnomada boshqacha  tartib nazarda tutilgan 

bo'lmasa,  vositachi  vositachilik  shartnomasini  bajarish  maqsadida  boshqa 

shaxs  bilan  qo'shim cha  vositachilik  shartnomasi  tuzishga  haqli  bo'lib, 

qo'shimcha  vositachining  harakatlari  uchun  komitent  oldida  javobgar 

bo'lib  qolaveradi.

Qo'shimcha  vositachilik  shartnomasi  bo'yicha  vositachi  qo'shimcha 

vositachiga  nisbatan  komitent  huquqlari  va  majburiyatlariga  ega  bo'ladi.

Qonun  biron-bir  bitimni  faqat  maxsus  vakil  qilingan  shaxslar  bilan 

tuzishga  y o i  qo'yadigan  hollarda  qo'shim cha  vositachilik  shartnomasi 

faqat  ana  shunday  shaxs  bilangina  tuzilishi  mumkin.

Agar  vositachilik  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan 

bo'lmasa,  vositachilik  shartnomasi  bekor  qilingunga  qadar  komitent 

v o s ita c h in in g   r o z ilig is iz   q o 's h im c h a   v o s it a c h i  b ila n   b e v o s it a  

munosabatlarga  kirishishga  haqli  emas.

Fuqarolik kodeksining 837-moddasida komitentning ko'rsatmalaridan 

chetga chiqish to'g'risidagi qoidalar nazarda tutilgan. Unda ko'rsatilishicha, 

vositachi  komitentning  ko'rsatmalaridan  Fuqarolik  kodeksining  819- 

moddasida  nazarda  tutilgan  hollarda  chetga  chiqishga  haqli.

Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narxdan arzon sotgan vositachi 

mol-mulkni  kelishilgan  nar-xda  sotish  imkoniga  ega  bo'lmaganligini  va 

arzon narxda sotish natijasida yana ham ko'proq zararning oldi olinganligini 

isbot  qilib  bermasa,  oradagi  farqni  komitentga  to'lashi  shart.  Vositachi 

komitentdan  ruxsat  so'rashi  shart  bo'lgan  hollarda  u  kom itentning 

ko'rsatmalaridan  chetga  chiqishga  komitentning  roziligini  oldindan  olish 

imkoniyatiga  ega  bo'lmaganligini  ham  isbot  qilishi  shart.

Agar vositachi  mol-mulkni  komitent  bilan  kelishilgandan  yuqoriroq 

narxda  sotib  olgan  bo'lsa,  bunday  xaridni  qabul  qilishni  istamagan 

komitent  vositachidan  uchinchi  shaxs  bilan  bitim   tuzilganligi  haqida 

bildirish  olganidan  keyin  oqilona  m uddatda  bu  haqda  vositachiga 

m a’lum qilishi shart. Aks holda, xarid komitent tomonidan qabul qilingan 

deb  hisoblanadi.

Agar vositachi  narxdagi  farqni  o'zi  to'lashini  m a’lum  qilsa,  komitent 

o'zi  uchun  tuzilgan  bitimdan  bosh  tortishga  haqli  emas.

Vositachi  Fuqarolik  kodeksning  290-moddasiga  m uvofiq  o'z  qo'lida

www.ziyouz.com kutubxonasi




/

bo'lgan,  komitentga  yoki  komitent  ko'rsatgan  shaxsga  topshirilishi  kerak 

bo'lgan   ashyolarni  vositachilik  shartnomasi  bo'yich a  o'z  talablarini 

ta’minlash  uchun  ushlab  turishga  haqli.

Komitent  nochor  (bonkrot)  deb  e ’lon  qilingan  taqdirda  vositachining 

mazkur  huquqi  bekor  qilinadi,  uning  o'zi  ushlab  turgan  ashyolar  qiymati 

doirasida  komitentga  qo'yadigan  talablari  Fuqarolik  kodeksining  291- 

m odd asiga  m u v o fiq   g a r o v   bilan  t a ’ m in lan gan   talablar  q a to rid a  

qanoatlantiriladi  (FKning  838-moddasi).

Vositachi  Fuqarolik kodeksining  343-moddasiga  muvofiq  vositachilik 

shartnomasi bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan summalami komitent hisobidan 

o'ziga  tushgan  ham m a  sum m alardan  ushlab  qolishga  haqli.  Biroq, 

komitentning  o'z  talablarini  qondirish navbati bo'yicha  garov saqlovchilar 

oldida  imtiyozdan  foydalanadigan  kreditorlari  bu  talablarni  vositachi 

ushlab  qolgan   su m m alardan   qanoatlantirish  huquqidan  m ah ru m  

etilmaydilar.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish