Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

ikkinchidan,  begona  shaxs  manfaatini  ko'zlab,  topshiriqsiz  harakat 

qilish  aniq  sharoitlarda  zarur  va  maqsadga  muvofiq  bo'lishi  kerak;



uchinchidan,  topshiriqsiz  harakat  qilish,  harakat  qiluvchi  shaxs  o'z 

faoliyatini  amalga  oshirishga  kirishishda  manfaatdor  shaxsni  xabardor 

qilish  va  m azku r  harakatlarni  qilish  uchun  uning  roziligini  olish 

imkoniyatiga  ega  bo'lmasligi  kerak.

Lekin boshqa shaxs manfaatlarini ko'zlab, uning topshirig'isiz harakat 

qiluvchi shaxs  birinchi imkoniyat  tug'ilishi  bilanoq,  bu  haqda  manfaatdor 

shaxsga  xabar  qilmasa,  u  qilingan  xarajatlarni  qoplashni  talab  qilishga 

haqli  emas.

Boshqa  shaxs  manfaatini  ko'zlab  topshiriqsiz  harakat  qilayotgan 

shaxs  tegishli  faoliyatini  amalga  oshirishidan  fuqaro  vafot  etgan  yoki

www.ziyouz.com kutubxonasi



yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgan taqdirda, manfaatdor shaxs faoliyati 

to'xtatilgan  taqdirda  ham  m anfaatdor  shaxs  m erosxo'rlari  (qonuniy 

vorislari)  uning  o'm ini  olgunlaricha  boshlangan  faoliyatni  davom  ettirishi 

shart.


Yuqorida  ko'rsatilgan  shartlar  m avjud  bo'lganda  boshqa  shaxs 

(shaxslar)ning  manfaatini  ko'zlab,  topshiriq  olmasdan  harakat  kdlgan 

shaxs  o'zining  zarur  xarajatlarining,  jumladan,  mulkning  nobud  bo'lishi 

yoki  zararlanishidan  saqlab  qolish  yoki  shaxsiy  zararning  oldini  olish 

u ch u n   qilgan  xarajatlarining  to'lanishini  talab  qila  oladi.  Boshqa 

shaxslarning manfaatlarini ko'zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq 

ravishda  qilgan  barcha  harakatlari  natijasida  mulkiy  zararning  oldini 

ololmaganida  ham  ko'rgan  zararlarining  to'lanishini  talab  qilishga  haqli 

bo'ladi.

F uqarolik  kodeksining  828-m oddasiga  m u v o fiq ,  boshqa  shaxs 

manfaatini ko'zlab tuzilgan bitim bo'yicha majburiyatlar bitam tuzilishidan 

manfaatdor  bo'lgan  shaxs  mazkur  bitimni  m a’qullagan  paytdan  boshlab 

unga  o'tadi,  basharti  boshqa  taraf  majburiyatlarning  bunday  o'tishiga 

e ’tiroz  bildirmasa  yoki  bitimni  tuzish  paytida  bitim  boshqa  shaxsning 

manfaatini  ko'zlab  tuzilganligini  bilgan  yoxud  bilishi  lozim  bo'lgan  bo'lsa, 

bunday  bitim  bo'yicha  m ajburiyatlar  bitim   tuzilishidan  m anfaatdor 

bo'lgan shaxsga o'tganida, ushbu bitim bo'yicha huquqlar ham shu shaxsga 

berilishi  zarur.  Bundan  tashqari,  bitim  tuzgan  shaxs  boshqa  shaxs 

manfaatlarini  ko'zlab  amalga  oshirilgan  faoliyat  tufayli  qilgan  xarajatlari 

qoplanguncha  huquqlami  topshirishni  kechiktirib  turishi  mumkin.

F K n in g   8 2 9 -m od d a sid a   top sh iriq siz  q ilin g a n   h a ra k a tla rda n  

m a n fa a td or  shaxsning  m ajb uriyatlari  ushbu  qilingan  harakatdan 

manfaatdor  bo'lgan  shaxs  uning  manfaatlarini  ko'zlab  ish  olib  borgan 

shaxsga  zarur  xarajatlarni  va  boshqa  shaxsning  manfaatlari  yo'lidagi 

harakatlar  aniq  bo'lib,  biroq  ko'zlangan  natijaga  erishilmagan  hollarda 

ham  saqlanib  qoladi.  Lekin  boshqa  sh axs-ning  m ol-m u lk iga  zarar 

yetkazishning  oldi  olingan  hollarda  o'rnini  qoplash  haqining  miqdori 

mol-mulkning  qiymatidan  oshib  ketmasligi  kerak.

Bundan  tashqari,  shaxsning  harakatlari  bevosita  boshqa  shaxs 

manfaatlarini  ta’minlashga  qaratilgan  bo'lmasa,  shu  jumladan,  ularni 

amalga  oshirgan  shaxs  o'z  manfaatlarini  ko'zlab  harakat  qilyapman  deb, 

xato o'ylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga 

olib  kelgan  hollarda  ham  ushbu  Kodeksning  58-bobida  nazarda  tutilgan 

qoidalar  qo'llaniladi.  Boshqa  shaxsning  manfaatlarini  ko'zlab  qilingan 

harakatlar  uning  tadbirkorlik  faoliyati  doirasiga  kiritilgan  taqdirda  bu

www.ziyouz.com kutubxonasi




shaxs  haqiqiy  zararning  o'rnini  qoplash  bilan  bir  qatorda,  tegishli 

miqdorda  haq  to'lashni  ham  talab  qilishga  haqli.  Topshiriq  olmasdan 

boshqa shaxs manfaatlarini ko'zlab harakat qilgan shaxs maqsadga muvofiq 

ravishda  qilgan  barcha  harakatlari  natijasida  mulkiy  zararning  oldini 

ololmaganida ham ko'rgan zararlarini to'lashni talab qilishga  haqli  bo'ladi.

Topshiriq  olmasdan  begona  shaxslarning  manfaatlari  uchun  harakat 

qilgan shaxsning xarajatlari miqdori uning saqlab qolmoqchi bo'lgan mulk 

qiymatidan  oshmasligi  kerak.  Topshiriq  olmasdan  begona  shaxslarning 

manfaatlari uchun harakat qiluvchi shaxsga muayyan majburiyatlar ham 

yuklatiladi.

Jumladan:  birinchidan,  topshiriq  olmasdan  harakat  qiluvchi  shaxs 

imkoniyati  bo'lgan  zamon  m anfaatdor  shaxsni  bu  to'g'rida  xabardor 

qilishga  (FKning  830-moddasi);


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish