4. Topshiriq shartnomasining bekor bo'lishi
Topshiriq shartnomasi (m ajburiyatlarining b ek or qilinishiga oid
umumiy asoslardan tashqari) quyidagi hollarda:
Birinchidan, topshiriq beruvchi topshiriqni bekor qilishi;
Ikkinchidan, vakil topshiriqdan bosh tortishi;
Uchinchidan, topshiriq beruvchining yoki vakilning vafot etishi,
ulardan birining muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan
yoki bedarak yo'qolgan deb topilishi natijasida to'xtatiladi.
Topshiriq beruvchi istagan vaqtda topshiriqni bekor qilishga, vakil
esa topshiriqdan bosh tortishga haqli. Bu huquqdan voz kechish haqidagi
kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi. (FKning 823-moddasi). Mazkur
hoi im perativ (qat’iy) xarakterdagi norma bo'lganligi tufayli bunday
shart taraflar tomonidan shartnomada nazarda tutiladigan bo'lsa, bu
qoida o'z-o'zidan haqiqiy emas deb topiladi.
Agar vakil topshiriq shartnomasining bekor qilingani haqida bilmagan
va bilishi lozim b o'lm a ga n b o 'lsa , unin g to p sh iriq b e ru v ch in in g
ko'rsatmasiga m uvofiq qonuniy ravishda qilgan harakatlari topshiriq
beruvchi (uning qonuniy vorisi) zimmasiga uchinchi shaxslar va vakilga
nisbatan majburiyat yuklaydi.
T a d b irk o r sifatida ish olib b o ra y o tg a n v akil bilan topsh iriq
shartnomasidan bosh tortayotgan taraf shartnomani bekor qilish to'g'risida
ikkinchi tarafni, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan
bo'lmasa, kamida o'ttiz kun oldin xabardor qilishi shart. Tijorat vakili
bo'lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi o'z
topshirig'ini ana shunday oldindan xabar berm ay turib bekor qilishga
haqli (FKning 823-moddasi).
Topshiriq beruvchining bedarak yo'qolganligi, vafot etganligi yoki
muomalaga layoqatsiz bo'lib qolganligi yoxud muomalaga layoqatining
cheklanganligi, yoinki yuridik shaxs bo'lib hisoblangan topshiriq beruvchi
tash k ilotn in g tu gatilgan ligi tu fa y li v akil to p sh iriq b e r u v c h in in g
manfaatlarini ko'zlab himoya qilish vazifasi qonun hujjatlarida belgilangan
www.ziyouz.com kutubxonasi
tartibda biron -bir shaxsga, masalan, vasiyga, hom iyga yoki yuridik
shaxsni tugatish komissiyasiga yuklatilgunga qadar uning ishini olib
borishga, topshirig'ini ado etishga majbur bo‘ladi.
Topshiriq shartnomasini b ek or qilish oqibatlari. A ga r topshiriq
shartnomasi topshiriq vakil tomonidan to'liq bajarilishidan oldin bekor
qilingan bo'lsa, topshiriq beruvchi vakilga topshiriqni bajarish vaqtida
qilingan chiqimlami to'lashi, vakilga haq berilishi kerak bo'lganida esa,
unga bajarilgan ishga m uvofiq haq to'lashi ham shart. Bu qoida vakil
topshiriqning bekor qilinganini bilgan yoki bilishi lozim bo'lganidan keyin
bajargan topshiriqqa tatbiq etilmaydi (FKning 824-moddalari).
Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik. Vakil vafot etgan taqdirda,
uning m erosx o'rla ri yok i m eros m ulkning saqlanishini ta’minlash
m ajburiyati yuklatilgan boshqa shaxslar topshiriq shartnomasi bekor
qilinishi haqida topshiriq beruvchiga kechiktirmay xabar berishlari hamda
topshiriq beruvchining mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur choralami
ko'rishlari, xususan, topshiriq beruvchining ashyolarini, shuningdek,
hujjatlarini saqlab qo'yishlari, so'ngra esa unga topshirishlari shart. Vakil
(ishonchli vakil) bo'lgan yuridik shaxsni tugatayotgan shaxsning zimmasida
ham shunday majburiyat bo'ladi.
Vakil (ishonchli vakil) sifatida ish olib borayotgan yuridik shaxs
qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi bu haqda darhol xabardor
qilinishi kerak. Mazkur holatda bunday yuridik shaxsning huquq va
majburiyatlari, agar topshiriq beruvchi o'ttiz kunlik muddatda topshiriq
shartnomasidan bosh tortishini m a’lum qilmasa, uning qonuniy vorisiga
o'tadi (FKning 825-moddasi).
Vakilning huquq va majburiyatlari shaxsiy xarakterda, ya’ni uning
shaxsi bila n b o g 'liq b o 'lg a n lig i sababli, uning ba rch a h u q u q va
m ajburiyatlari vorislariga o'tm aydi. Faqat xizmat haqi va qilingan
xarajatlarni olishga bo'lgan huquqlarigina vorislariga o'tishi mumkin.
B undan tashqari, shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxs
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo'lmasa, shu jum ladan ularni
amalga oshirgan shaxs o'z manfaatlarini ko'zlab harakat qilyapman deb,
xato o'ylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga
olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan
qoidalar qo'llaniladi. Boshqa shaxsning manfaatlarini ko'zlab qilingan
harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kiritilgan taqdirda bu
shaxs h a q iq iy zararning o'rn in i qoplash bilan bir qatorda, tegishli
miqdorda haq to'lashni ham talab qilishga haqli.
Topshiriq olmasdan boshqa shaxs manfaatlarini ko'zlab harakat qilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxs maqsadga muvofiq ravishda qilgan barcha harakatlari natijasida
mulkiy zararning oldini ololmaganida ham ko‘rgan zararlarini to'lashni
talab qilishga haqli b o ‘ladi. Topshiriq olmasdan begona shaxslarning
manfaatlari uchun harakat qilgan shaxsning xarajatlari miqdori uning
saqlab qolmoqchi bo'lgan mulk qiymatidan oshmasligi kerak. Topshiriq
olmasdan begona shaxslarning manfaatlari uchun harakat qiluvchi shaxsga
muayyan majburiyatlar ham yuklatiladi.
Jumladan: birinchidan, topshiriq olmasdan harakat qiluvchi shaxs
imkoniyati b oiga n zamon m anfaatdor shaxsni bu to ‘g ‘rida xabardor
qilishga (FKning 830-moddasi);
ikkinchidan, xabardor qilish imkoniyati bo'lmaganida mulkiy yoki
shaxsiy zararning oldini olish yuzasidan zarur bo'lgan barcha choralarni
ko‘rishga;
uchinchidan, topshiriq olmasdan qilingan harakat natijasida olingan
mulkni manfaatdor shaxsga topshirishga;
to'rtinchidan, o'zining qilgan xarajatlari to'g'risida m a’lumot berishga;
beshinchidan, qasddan yoki qo'pol ehtiyotsizlik natijasida manfaat
ko'zlangan shaxsga yetkazilgan zararlami to'lashga m ajbur bo'ladi (FKning
831-moddasi).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |