birinchidan, qilingan harakatlar boshqa bir shaxsning m ulkiy
manfaatlariga yoki mulkiy xarakterda bo'lgan shaxsiy manfaatlariga
zarar yetkazilishining oldini olishga qaratilgan bo'lishi kerak. Masalan,
birovning adashgan molini egasiga topshirgunga qadar boqib turish va
uning uchun zarur xarajatlarni qilish yoki qo'shnisining yo'qligida uning
bolasi to'satdan kasal bo'lib qolishi tufayli uni davolashga qaratilgan
ba’zi harakatlarni amalga oshirish va buning uchun muayyan xarajatlar
qilish va hokazo;
Do'stlaringiz bilan baham: |