haqiqiy emas deb topiladi.
xususiyatlari nazarda tutilgan boiishi mumkin.
V o s ita c h ilik s h a rtn o m a s i b o 'y ic h a (v o s it a c h i) s a v d o -s o t iq
bilan bir necha haq evaziga shartnomalar tuzadi. Vositachi komitentning
topshirig'iga binoan, uning nomidan harakat qiladi.
harakatlar yuzasidan topshiriq beruvchining bergan topshirig'ini vakil
amalga oshirsa, vositachilik shartnomasi bo'yicha vositachi faqatgina
fuqarolik muomalasida bo'lishi mumkin bo'lgan buyumlar yuzasidan
savdo-sotiq qilishda vositachilik qilishi mumkin.
Bu shartnomalar bir-biridan farq ham qiladi. Chunonchi: Topshiriq
shartnomasi ham tekinga, ham haq baravariga tuzilishi mumkin bo'lsa,
vositachilik shartnomasi faqat haq evaziga tuziladi. Bu shartnomalar
predmeti bilan ham farq qiladi. FKning 832-moddasida vositachi tomonidan
uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo'yicha, garchi bitimda komitentning
nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo'yicha uchinchi shaxs bilan
bevosita munosabatlarga kirishgan bo'lsa ham vositachi huquqlarga ega
bo'ladi va zimmasiga majburiyat oladi, deb ko'rsatiladi.
Topshiriq shartnomasi b o'yich a bir taraf (vakil) ikkinchi taraf
(topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik
harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi (FKning 817-moddasi).
Vositachilik shar tnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati
k o'rsatilm agan holda, qaysi h u du d da bajarilishi ko'rsatilgan yoki
ko'rsatilm agan holda, komitent vositachiga topshirgan kom itentning
manfaatlarini ko'zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi
shaxslarga berm aslik haqida m ajburiyat olgan holda yoki bunday
majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo'lgan tovarlarning
assortimenti xususida shartlar qo'yilgan yoki qo'yilmagan holda tuzilishi
mumkin (FKning 832-moddasi).
Vositachilik shartnomasining maqsadi tovarlarni savdo-sotiq qilishda
taraflarga qulayliklar yaratish, o'ziga tegishli bo'lmagan buyumlar bilan
ch eklanm agan m iq dorda sa v d o-sotiq qilishda vositachilikka keng
imkoniyat yaratib berish hisoblanadi.
Bundan tashqari, vositachi bilan komitent o'rtasidagi vositachilik
shartnomasida komitent vositachiga savdo-sotiqdan tashqari pudrat, yuk
tashish shartnomalarini tuzishni ham topshirishi mumkin.
Vositachilik shartnomasida bir tomondan vositachi komitent foydasiga
bir necha bitimlarni amalga oshirishi lozim bo'lsa, ikkinchi tomondan
komitent vositachiga o'z foydasi uchun qilingan harakatlarni mukofotlash,
haq to'lash va shartnomada ko'rsatilgan boshqa harakatlarni bajarish
kabi majburiyatlami oladi.
Vositachilik shartnomasi bo'yicha taraflar o'rtasida tovarlarni qabul
qilib olish vaqtida sodir etiladigan harakatlar kvitansiya yoki boshqa
hujjat rasmiylashtirilishi orqali amalga oshiriladi, vositachiga beriladigan
mukofotlar miqdori tovarga qo'yilgan narx foizidan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vositachi qabul qilib olgan tovar turib qolgan taqdirda uni uch
martagacha o'z narxidan arzonlashtirish mumkin. Bu holat komitent
bilan kelishilgan yoki kelishilmasdan amalga oshirilishi mumkin (agarda
bu haqda shartnomada qayd qilingan bo'lsa). Bundan tashqari, vositachi
narxni uchinchi marta tushirayotganda, albatta, komitentni chaqirishi
yoki uning roziligini olishi lozim. K om itent narxni uchinchi m arta
tushirishga qarshi bo'lish huquqiga ega bo'lgan holda qo'yilgan buyum -
ashyoni qaytarib olishga haqli, bunda vositachining saqlaganlik harakatlari
va xarajatlarini qoplashi lozim.
Vositachi o'z faoliyatini savdo-sotiq haqida qabul qilingan qonun
hujjatlari doirasida amalga oshiradi. Jumladan, har xil o'q-otar qurollar,
antikvar buyumlar, qimmatbaho metall va toshlardan qilingan narsalarni
sotishda vositachilik qilish uchun maxsus ruxsat olishi shart.
Vositachi sotadigan mol-mulkning bahosi. Vositachi sotadigan m ol-
mulkning bahosi, agar qonun hujjatlarida yoki vositachilik shartnomasida
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, komitent bilan kelishgan
holda belgilanadi (FKning 836-moddasi).
Vositachilik shartnomasida taraflar sifatida, vositachi va komitent
ishtirok etishi mumkin.
Vositachi — komitent hisobidan, o'z nomidan bir yoki bir necha
bitimni tuzuvchi fuqaro yoki tashkilot bo'lishi mumkin. Hozirda vositachilik
bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqli bo'lgan hamda
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayd etilgan subyektlargina
shug'ullanishga haqli.
K om itent — o'zi faoliyatida vositach i xizm atidan m an faatd or
bo'lgan, vositachiga turli bitimlarni tuzishga topshiriq beruvchi fuqaro
yoki yuridik shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: