ishtirok etadi.
daromadni o'ziga berilishini talab qiluvchi va unga egalik qiluvchi shaxs.
yuridik shaxs (FKning 852-moddasi, 2-qism).
Mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin
emas. Ishonchli boshqaruvchi faqat o'z roziligi bilangina tayinlanishi
mumkin. Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaxs foyda
oluvchi bo'lishi mumkin (FKning 852-moddasi, 3-qism).
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining shakli.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
K o'chm as mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi ko'chmas
mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shar tnoma uchun nazarda
tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Ko'chmas mulkka egalik huquqining
boshqa shaxsga o'tishi qaysi tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilsa, bu
m ulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat
ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ko'chmas
mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni ro'yxatga olish talabiga rioya
qilmaslik, uning haqiqiy boim asligini keltirib chiqaradi (FKning 854-
moddasi).
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 853-moddasi talabiga ko'ra,
m ol-m ulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda
tutilishi kerak:
shartnoma bo'yicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk
ro'yxati;
foyda oluvchi to'g'risidagi ko'rsatma;
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan
shaxs;
agar haq toiash shartnomada nazarda tutilgan b o isa , ishonchli
boshqaruvchiga toianadigan haqning miqdori va shakli. Mazkur sanab
o'tilgan shartlar bo'lmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
M ol-m ulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq
boim agan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom
boiga n ida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to'g'risidagi
arizasi bo'lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar
asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar
uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng k o'p muddatlari
belgilab qo'yilishi mumkin.
Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining
boshqa m ol-mulkidan, shuningdek, ishonchli boshqaruvchining m ol-
mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida
balansda aks ettiriladi va u bo'yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqaruv bilan b o g iiq faoliyat bo'yicha hisob-kitob yuritish uchun
alohida bank hisobvarag'i ochiladi.
B oshqaruv muassisining qarzlari bo'yicha undiruvni u ishonchli
boshqarishga topshirgan mol-mulkka qaratishga y o‘l qo'yilmaydi, ushbu
shaxs nochor (bankrot) bo'lgan hollar bundan mustasno. Boshqaruv muassisi
bankrot bo'lganida, ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi
va u kimoshdi savdosiga qo'yilgan mol-mulkka qo'shib yuboriladi (FKning
855-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: