Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Vositachilik  shartnomasining  bekor  boiishi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4.  Vositachilik  shartnomasining  bekor  boiishi

Vositachilik  shartnomasi  quyidagi  holatlarda  bekor  boiishi  mumkin:

komitent  shartnomani  bajarishdan  bosh  tortganligi;



vositachi  shartnomani  bajarishdan  bosh  tortganligi;

vositachi  vafot  etganligi,  u  m uom alaga  layoqatsiz,  layoqati 



cheklangan,  bedarak  y o‘qolgan  deb  topilganligi;

-  


vositachi  nochor  deb  topilganligi  oqibatida  bekor  qilinadi  (FKning 

845-moddasi).  Shuningdek,  m uddati  k o ‘rsatilib  tuzilgan  vositachilik 

shartnomasining  muddati  tugashi  va  shartnoma  yuzasidan  taraflarning 

har  ikkisi,  ya’ni,  vositachi  va  komitent  o‘z  zimmasiga  olgan  huquq  va 

majburiyatlarining ijro etishlari bilan ham shartnoma bekor bo'lishi mumkin.

Bundan  tashqari,  vositachilik  topshirig'ining  komitent  tomonidan 

bekor qilinishi (FKning 843-moddasi), vositachilik topshirig'ini bajarishdan 

bosh  tortishi  (FKning  844-moddasi)  tufayli  ham  vositachilik  shartnomasi 

bekor  boiishi  mumkin.

Shartnomani  bir  tomonlama  bekor  qilishning  quyidagi  to'rt  turini 

ajratish  mumkin:

1.  Komitent  shartnomani  bajarishdan  bosh  tortganligi;

www.ziyouz.com kutubxonasi



2.  Vositachi  shartnomani  bajarishdan  bosh  tortganligi; 

/

3.  Vositachilik  topshirig'ining  komitent  tomonidan  bekor  qilinishi;



4.  Vositachilik  topshirig'ini  bajarishdan  bosh  tortlshi.

Komitent  vositachiga  bergan  topshirig'ini  istagan  vaqtida  bekor 

qilib,  vositachilik  shartnomasini  bajarishdan  bosh  tortishga  haqli.  Bunda 

vositachining  topshiriq  bekor  qilinishi  munosabati  bilan  ko'rgan  zarari 

umumiy  asoslarda  qoplanadi.

Vositachilik  shartnomasi  amal  qilish  muddati  ko'rsatilmagan  holda 

tuzilgan  taqdirda  kom itent  shartnomani  bekor  qilishi  haqida,  agar 

shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan bo'lmasa, 

kamida  o ‘ttiz  kun  oldin  vositachini  xabardor  qilishi  shart.  Bunday  holda 

komitent  vositachiga  u  shartnoma  bekor  qilinguncha  tuzgan  bitimlar 

uchun  haq  to'lashi,  shuningdek,  vositachi  shartnoma  bekor  bo'lgunicha 

qilgan  xarajatlarni  to‘lashi  shart

Topshiriq  bekor  qilingan  taqdirda  komitent  vositachi  ixtiyoridagi 

o'z mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordi- 

yu  bunday  muddat  belgilanmagan  bo'lsa,  darhol  tasarruf  etishi  shart. 

A g a r  k om itent  bu  m a jb uriyatn i  bajarm asa,  vositachi  m ol-m ulkni 

kom itent  hisobidan  saqlab  qo'yishga  topshirishga  yoki  uni  komitent 

uchun  iloji  boricha  foydali  bahoda  sotishga  haqli  (FKning  843-moddasi).

Yuqorida aytib o'tganimizdek, vositachining topshiriqni bajarishdan 

bosh  tortishi  natijasida  ham   shartnoma  bekor  qilinishi  mumkin.  Biroq 

vositachilik shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa, 

vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli emas, shartnoma 

amal  qilish  m uddati  ko'rsatilmasdan  tuzilgan  hollar  bundan  mustasno. 

B unday  holda  vositachi  kom itentga  shartnomani  bekor  qilishi  haqida, 

agar  xabar  qilishning  uzoqroq  m uddati  shartnomada  nazarda  tutilgan 

bo'lm asa,  kamida  o'ttiz  kun  oldin  xabar  berishi  shart.

Vositachi komitentning mol-mulki saqlanishini ta’minlash uchun zarur 

chora-tadbirlarni  ko'rishi  shart.

Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida xabardor 

q ilin g a n   k o m ite n t  v o s it a c h in in g   to p s h ir iq n i  b a ja rish d a n   b osh  

tortayotganligi  haqida  bildirishnom a  olgan  kundan  e ’tiboran,  agar 

shartnomada  boshqa  muddat  belgilangan  bo'lmasa,  o'n  besh  kun  ichida 

v osita ch i  ixtiy orid a g i  o 'z   m ol-m u lk in i  tasarru f  etishi  shart.  A g a r 

komissioner  ushbu  m ajburiyatni  bajarmasa,  vositachi  yo  m ol-mulkni 

saqlab qo'yishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali 

bahoda  sotishga  haqli.

A gar  vositachilik  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan 

bo'lmasa,  topshiriqni bajarishdan bosh tortgan vositachi  shartnoma bekor

www.ziyouz.com kutubxonasi



qilinguncha  o'zi  tuzgan  bitim lar  u ch u n   vositach ilik   haqi  olishga, 

shuningdek,  shu  paytga  qadar qilgan  xarajatlarining  qoplanishiga  bo'lgan 

huquqini  saqlab  qoladi  (FKning  844-moddasi).

Komitent shartnomani bajarishdan bosh tortishi natijasida shartnomaning 

bekor  bo'lishi  Fuqarolik kodeksining  846-moddasida  berilgan.  Unga  ko'ra, 

kom itent  m uddati  ko'rsatilm ay  tuzilgan  vositachilik  shartnom asini 

bajarishdan  istagan  vaqtda  bosh  tortishga  haqli  b o 'lib ,  bu  haqda 

vositachini, agar shartnomada  uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, 

kamida  o'ttiz  kun  oldin  xabardor  qiladi.

Bunday  holda  komitent  vositachilik  shartnomasi  bekor  qilinganga 

qadar tuzgan bitimlari uchun vositachiga haq to'lashi, shuningdek, vositachi 

shartnoma  bekor  bo'lguncha  qilgan  xarajatlarni  unga  to'lashi  shart.

K om itent  vositachilik  shartnom asini  bajarishdan  bosh  tortgan 

taqdirda  Fuqarolik  k(xieksi  844-moddasining  uchinchi  qismida  nazarda 

tutilgan  majburiyatlarni  bajarishi  shart.

Vositachi muddati ko'rsatilmasdan tuzilgan vositachilik shartnomasini 

bajarishdan  istagan  vaqtda  bosh  tortishga  haqli  b o 'lib ,  bu  haqda 

komitentni,  agar  xabardor  qilishning  uzoqroq  m uddati  shartnomada 

ko'zda  tutilgan  bo'lmasa,  o'ttiz  kundan  kechiktirmasdan  xabardor  qiladi.

Bunday  holda  vositachi  o'z  ixtiyoridagi  komitentning  m ol-m ulki 

to'liq  saqlanishi  uchun  choralar  ko'rishi  shart.  Kom itent  vositachilik 

shartnomasi  bekor  bo'lgunicha  vositachining  ixtiyoridagi  m ol-m ulkni 

tasarruf qilishi shart.  Agar u  mana  shu majburiyatni  bajarmasa,  vositachi 

yo  m ol-m ulkni  kom itent  hisobidan  saqlashga  topshirishga  yoki  uni 

komitent  uchun  mumkin  qadar  foydali  bahoda  sotishga  haqli.

Vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan vositachi vositachilik 

haqini olish  hamda shartnoma bekor bo'lgan paytda o'ziga tegishli bo'ladigan 

xarajatlarni  undirib  olish  huquqiga  ega  (FKning  847-moddasi).

Fuqaro  vafot  etgan  yoki  vositachi  yuridik  shaxs  tugatilgan  taqdirda 

vositachilik  shartnomasi  bekor  qilinadi.

Vositachi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida uning vositachi sifatidagi 

huquq va majburiyatlari, basharti qayta tashkil etish yuz berganligi haqidagi 

ma’lumotni  olgan  kundan  boshlab  o'ttiz  kun  ichida  komitent  shartnomani 

bekor  qilganligi  haqida  xabar  bermasa,  qonuniy  vorislarga  o'tadi.

Komitent  fuqaro  vafot  etgan,  u  muomalaga  layoqatsiz  yoki  layoqati 

cheklangan  deb  topilgan  taqdirda,  shuningdek,  komitent  yuridik  shaxs 

tugatilgan  taqdirda  vositachi  o'ziga  berilgan  topshiriqni  komitentning 

m erosxo'rlaridan   yoki  h u qu qiy  vorislaridan   (vakillaridan)  tegishli 

ko'rsatmalar  kelguncha  bajarib  turishi  shart  (FKning  848-moddasi).

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish