4. Q u rilish p u d ra tin in g shartn om asi bo'yicha
ta ra flarn in g huquq va m ajbu riyatlari
Buyurmachi bajarilayotgan ishlarning hajmi, qiymati va sifati loyiha
va smetalarga muvofiq bo'lishi ustdan tekshirish va texnikaviy nazoratni
amalga oshirish, istagan vaqtda qurilish va montaj ishlarining bajarilishi
va sifatini, shuningdek, foydalanilayotgan materiallarning sifatini, ishlarning
g rafik k a mos rav ish d a olib borilayotganligini, b u y u rtm a ch i b e rg a n
m ateriallardan operativ xo'jalik faoliyatiga aralashm asdan tekshirishi
mumkin. Buyurtmachi (yoki uning vakili) qurilish obyektida yo‘1 qo'yilgan
h a r qanday kamchiliklar to‘g ‘risida pudratchiga e ’tiroz bildirishi va ularni
bartaraf etishni talab qilishga haqli bo'ladi. Bunday tarzda buyurtm achi
tomonidan aniqlangan va pudratchiga yozma ravishda bildirilgan, texnik
hujjatlarga mos bo'lmagan ishlar shartnomada ko'rsatilgan shartlar asosida
yoki oqilona m uddatda bartaraf etilishi lozim
B uyurtm achi (yoki uning vakili) qurilishi obyektida yo'l qo'yilgan
kamchiliklarni aniqlagan holda bu haqda pudratchini ogohlantirmasa va
u la rn i b a rta ra f etish n i tala b qilm asa, u larn i b a rta ra f etish im koni
yo'qolganidan so'ng d a ’vo qilish imkonidan m ahrum bo'ladi. Qonun shu
tariqa obyektning yetarli darajada sifatli bo'lishi uchun buyurtm achiga
h a m m a s ’u liy a t y u k la y d i. L e k in q o lg a n h o lla r d a o b y e k td a g i
kamchiliklarning b a rta ra f etilishini talab qilish huquqi saqlanib qoladi.
B uyurtm achi ishning lozim darajada sifatli, chidamli va o'z vaqtida
tugallanib topshirilishidan m anfaatdor bo'lgani uchun pudratchi bilan
ham korday h arakat qiladi.
B u y u rtm a v c h i q u rilish n in g loyiha, ish chizm asi va sm e ta sin i
tasdiqlatish, qurilishni m ablag' bilan ta ’m inlash uchun zaru r bo'lgan
hujjatlarni bankka taqdim etish, vakolatli organlardan qurilish uchun
yer uchastkasi ajratish haqida aktni olish, qurilish maydonida qurilish
ishlarini olib borish uchun tegishli organlardan ruxsatnom a olish va qurilish
maydonini bo'shatish ishlarini amalga oshirish;
sh a rtn o m a d a n a z a rd a tu tilg a n ho llarda o'z v a q tid a q u rilish n i
texnologiya, energetika, elektrotexnika va umumzavod uskunalari hamda
a p p a ra tu ra la ri b ilan t a ’m inlash, sh u n in g d ek , bino va in sh o o tlarn i
foydalanishga berishi shart. Shurtnomaga muvofiq, buyurtmachi zimmasiga
qurilish materiallari bilan ta ’minlash vazifasi ham yuklanishi mumkin, lekin
ulardan to'g'ri foydalanish va ularni saqlash pudratchi zimmasida bo'ladi.
B uyurtm achi shartnom ada nazarda tutilgan hollarda o'z ixtiyorida
bo'lgan tem ir yo'l transportidan, suv, bug', elektr q u w a ti yordam ida
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlaydigan qurilmalaridan pudratchi uchun foydalanishga berishi lozim.
Pudratchi uning uchun tarif bo'yicha belgilangan bahoda haq to'laydi.
Agar qurilishni va u bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishda qurilish
pudrati shartnomasini tegishli tarzda bajarishda to'siqlar borligi m a ’lum
bo'lsa, ularni b a rta ra f etishda b u y u rtm ach i o'ziga bog'liq choralarni
ko'rishi va pudratchi bilan hamkorlik qilishi shart. Ushbu m ajburiyat
bajarilmagan taqdirda buyurtm achi o'zi ko'rgan zararni pudratchidan
talab qilish huquqini yo'qotadi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda
qilingan xarajatlarni buyurtm achi pudratchiga to'lashi lozim bo'ladi.
P udratchi shartnom ada k o'rsatilgan b arch a qurilish va m axsus
ishlarni, shuningdek, m ashina va uskunalarni m ontaj qilish ishlarini
qurilishning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga, ish chizmasi ham da
uning smetasiga muvofiq ravishda bajarib, buyurtm aehiga topshirishga
majbur. Pudratchi bajarilgan qurilish ishlarining buyurtm achi tomonidan
qabul qilinishini talab etishi mumkin.
Pudratchi qurilish va u bilan bog'liq ishlarni amalga oshirayotgan
vaqtda atrof-m uhitni muhofaza qilishi va qurilish ishlarini xavfsiz olib
borishga doir qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi shart.
Tugallangan qurilish obyektini qabul qilish shartnom a va tegishli
qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Qabul qilish davlat vakolatli
organlari vakillari tashkil qilgan davlat qabul komissiyasi tom onidan
buyurtm achi, bosh pudratchi va su b p u d ratch ilar ishtirokida am alga
oshiriladi. Topshirilayotgan obyekt xususiy sektor hisobidan moliyalashtirilgan
va davlat uchun m uhim ahamiya kasb etm asa, qabul qilish davlatning
m utasad di tash kilo tlari va m ahalliy o'z-o'zini bosh q aru v o rg an lari
ishtirokidagi komissiyasi tomonidan tegishli taraflar qatnashgan holda
amalga oshiriladi.
Shartnom ada ko'rsatilgan bo'lsa, qabul komissiyasini tashkil etish
buyurtm achi tomonidan amalga oshiriladi. Shartnom aga binoan qurilish
obyekti to'la yoki qismlarga bo'linib topshirilishi mumkin. B uyurtm achi
tomonidan qabul qilingan obyekt pudratchining aybi bo'lm agan holda
nobud bo'lsa, zarar buyurtm achi zim m asida bo'ladi. Shuning uch u n
buyurtm achi o'zi qabul qilgan obyektni yoki uning bir qismini saqlash
va sug'urta qilish uchun tegishli harak atlarn i am alga oshirishi lozim
bo'ladi.
Qabul qilish vaqtida tegishli texnika, dastgoh va agregatlar dastlabki
sinovdan o'tkazilishi lozim. B u y u rtm a c h in in g talab i bilan bino va
inshootlami qabul qilishda, uning hisobidan vujudga keltirilgan sun’iy
ravishaagi yer silkinishlarida ham sinab ko'rilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qurilish obyektini qabul qilish, topshirish tegishli tarzda akt tuzilishi
orqali amalga oshiriladi. Uni, odatda, buyurtm achi, pudratchi, tegishli
komissiya a ’zolari imzolaydilar. Barcha kamchiliklar aktda ko'rsatib o'tiladi.
A n iqlan g an barcha k am ch ilik lar kim ning aybli h a ra k a tla ri tu fay li
yetkazilgan bo'lsa, o'sha tom onning hisobidan pu dratch i tom onidan
oqilona b artaraf etilishi lozim.
B ajarilg an ish da q u rilish p u d ra ti sh a rtn o m a sid a k o 'rsa tilg a n
foydalanish imkoniyatini berm aydigan kamchiliklar borligi aniqlangan
va ularni pudratchi, buyurtm achi yoki uchinchi shaxs b artaraf etishi
m um kin bo'lmagan taqdirda, buyurtm achi ishlar natijasini qabul qilishdan
bosh tortishga haqli bo'ladi.
P u d ra tc h i s h a rtn o m a yoki qonunga m uvofiq to p shirilayotgan
obyektni ekspluatatsiya qilishga kafolat m uddati berishga majbur. Kafolat
m uddati qurilish qabul qilingan kundan boshlab shartnom ada boshqacha
holat ko'zda tutilm agan bo'lsa, 10 yildan iborat.
Qonun qurilish obyektini buyurtm achi yoki pudratchiga bog'liq
bo'lm agan holda to'xtatilishini nazarda tutadi. FKning 679-moddasiga
binoan, agar taraflarga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra qurilish pudrati
s h a rtn o m a s i b o 'y ic h a is h la r to 'x ta tilg a n b o 'lsa , q u rilish o b y e k ti
konservatsiya qilingan bo'lsa, buyurtm achiga konservatsiya qilingan
paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini to'lashi, shuningdek,
ishlarni to 'xtatish va konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan
xarajatlarni to'lashi shart.
O byekt buyurtm achi tomonidan konservatsiya qilingan hollarda
pudratchi tegishli haq va konservatsiya xarajatlaridan tashqari olinmay
qolgan foydasini, oby ek t konservatsiya qilinishi natijasida ko 'rg an
zararlarini ham talab qilishi mumkin.
Qurilish pudrat shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo'lishi mumkin:
vakolatli davlat organlarining qarorlari bilan;
tomonlardan birining tashabbusi bilan;
pudratchi tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarish m uddatlari,
qurilish grafigida ko'zda tutilgan vaqt sistematik ravishda buzilganda;
qurilish-montaj ishlari sifat jihatdan yomon holatda borayotgan bo'lsa;
pudratchining ham korlikda faoliyat ko'rsatish to'g'risidagi taklifi
doimiy ravishda buyurtm achi tomonidan rad qilib kelinganda;
buyu rtm ach i tom onidan shartnom ada ko'rsatilgan m ajburiyatlar
sistematik ravishda buzilganda;
moliyalashtiruvchi bank tomonidan buyurtm achi to'lovga qobiliyatsiz
deb e ’lon qilingan holatda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fuqarolik qonunchiligi qurilishga oid pudrat shartnomasini to'la va
o'z m uddatda bajarish maqsadida shartnomaning bajarilishini ta ’minlash
m aqsadida taraflarnin g javobgarlik holatlarning javobgarligi p u d rat
to‘g ‘risidagi um um iy qoidalar asosida tartibga solinadi. Lekin, qurilish
pudratining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, unga javobgarlikni
belgilovchi qo'shim cha holatlar ham tatb iq etilishi m um kin. Qurilish
ishlarini olib boruvchi yuridik shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan mulkiy
javobgarlik sh artn o m a talablarini buzishda aybdor b o 'lg an tara fg a
nisb atan p en y a, aybona, ja rim a k abi sa n k siy a la rn i q o 'lla sh bilan
jabrlanuvchining ko'rgan zararini qoplash imkonini beradi. Qurilishga
oid pudrat shartnomasida mulkiy sanksiyalarning qo'llanishi taraflarning
shartnom ani b ajarish d an m anfaatdorligini oshirishga im kon beradi.
Shuningdek, ikkinchi tomonni o'z m ajburiyatlarini real bajarishga m ajbur
qiladi. FKning 680-moddasida buyurtm achi pudrat shartnom asi bo'yicha
bajarilgan ishlar natijasida yoki agar shartnom ada nazara tutilgan bo'lsa,
ishlar bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi to'g'risida xabar
olgach, uni qabul qilishga kirishishi shart.
FKning 681-moddasiga muvofiq, bajarilgan ishning sifati uchun
pudratchining javobgarlik masalalari ko'rsatilgan. Unga muvofiq, pudratchi
qurilish-pudrat shartnomasida, texnikaviy loyihada va tara fla r uchun
majburiy loyihada va taraflar uchun m ajburiy bo'lgan qurilish normalari
va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yo'l qo'yilganligi,
shuningdek, qurilish obyektining loyiha-sm eta hujatlarida belgilangan
ko'rsatkichlarga, ju m 'ad an , korxonaning ishlab chiqarish q uv vatig a
erishilmaganligi uchun buyurtm achi oldida javobgar bo'ladi.
P u d ra tc h i o b y e k tn in g lo y ih a -sm e ta h u jja tla rid a b e lg ila n g a n
ko'rsatkichlarga, shu jumladan, korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga
erishmaganligi uchun o'zining aybi yo'qligini isbotlab berib, javobgarlikdan
ozod bo'lishi m um kin. Uning aybsizligiga b u y u rtm a c h i tom on idan
tayyorlangan loyiha materiallari, buyurtm achi ajratgan va qurilish obyekti
jo y la sh g a n
y e r, a tr o f -m u h it, k o rx o n a q u v v a tin i h is o b la s h d a g i
buyurtm achi tomonidan yo'l qo'yilgan jiddiy xatolar va boshqa holatlar
asos bo'lishi mumkin.
Pudratchi p udrat to'g'risidagi um um iy qoidalarga muvofiq, qurilish
obyektining kafolat m uddati davomida aniqlangan barcha kamchiliklari
uchun javobgar bo'ladi. B uyurtm achi aniqlangan kam chiliklar haqida
pudratchini o'z vaqtida ogohlantirish va ularni b a rta ra f etish uchun
pudratchiga lozim bo'lgan sharoitlarni yaratib berishi zarur. P udratchi
tegishli obyektni ekspluatatsiya qilishdagi jiddiy nuqsonlar yoki ta ’m irlash
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlarining noto‘g‘ri olib borilishi natijasida obyektga zarar yetkazilganligini
isbotlasa, javobgarlikdan ozod bo'ladi.
Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganda (yangilangan, qayta
qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki
uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani
yoki yo'qolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi, y a’ni
pudratchi tegishli ishlarni bajarishga kirishgan hollarda rekonstruksiya,
restavratsiya, kapital ta ’mirlash natijasida m azkur obyektga yoki uning
bir qismiga bergan zarar uchun to'liq javobgar bo'ladi.
Pudratchining qurilish obyekti bo'lgan korxona ishlab chiqarish
q u w a tig a erishmaganligi uchun buyurtm achi oldida javobgarlik masalasi
q onunchilikda yangi holatdir. Shuning uch un tom onlar obyektning
ek sp lu atatsiy a qilish texnik talablari va kafolat m udd ati to'g'risida
shartlarning shartnom ada ko'rsatilishiga erishishlari lozim.
Qurilish pudrati shartnomasini tartibga solishdagi nizolarga barham
berish uchun maxsus qonunlarda va hukum at qarorlarida taraflarning
m u lk iy jav o bgarlik d a ra jasi o'rn atilish i h am m um kin. O 'zbekiston
Respublikasi Vazirlar M ahkam asi tomonidan tasdiqlangan “Qurilishni
k o n tra k t asosida tashkil qilish to 'g 'risid a ”gi Nizomda p u d ratch i va
buyurtm achining mulkiy javobgarligi ko'rsatilgan. Pudratchi buyurtm achi
oldida shartnom a bo'yicha m ajburiyatlam i bajarmaganligi uchun quyidagi
moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin:
obyektni, uning qismlarini, binoni o'z vaqtida qurib tamomlamasa,
m ahsulot chiqarishga tayyorlash yoki xizmat ko'rsatishni o'z vaqtida
am alga oshirmasa, h a r bir kech qolgan kuni uchun asosiy bahoning
0,05% miqdorida jarim a to'laydi, lekin jarima obyektni buyurtm achiga
topshirilgan kunigacha minimal oylik ish haqining 15 barobaridan oshib
ketmasligi kerak;
ishlab chiqarishga, xizm at k o 'rsatishga tayyorlanayotgan bino,
inshoot yoki uning bir qismini qurib bitirish kechiktirilgan taqdirda
to 'lan ad ig an jarim a hajm i asosiy qiym atning h a r bir kechiktirilgan
k u n i u c h u n 0,05% b o 'lis h i, lek in b ir k u n lik ja rim a m iq d o ri 15
b aro b arid an ko'p bo'lm asligi kerak;
buyurtm achi bilan shartnom a tuzgan boshqa maxsus muassasalarga
maydonni o'z vaqtida topshirmaslik asosiy qiymatning 0,03% miqdorida
jarim a to'lashga sabab bo'ladi, lekin to'lanadigan jarim a miqdori eng
kam oylikish haqining 5 barobaridan oshmasligi kerak;
yerlarni qayta tayyorlash bo'yicha ish hajmining va muddatining
buzilganligi uchun loyiha-sm eta hujjatlariga muvofiq, uning qiymatini
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisobga olmagan holda har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam ish
miqdorining 2 barobar miqdorida jarim a to'laydi;
buyurtm achi va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan qurilish
davomida yoki oraliq qabul vaqtida ishlarning chalaligi, konstruksiyalarda
defekt borligi aniqlanganda, u lar 10 k u n ichida b a rta ra f qilinmasa,
pudratchi h a r bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 2
barobari miqdorida jarima to'laydi;
a gar p u d ratc h i b uyurtm achi bilan kelishgan holda belgilangan
m uddatda kamchiliklarni yo‘qotmasa, buyurtm achi yoki ekspluatatsiya
qiluvchi tashkilot defektni o'z kuchi bilan pudratchi hisobidan yo'qotishi
va bajarilgan ish qiymatining 50%i miqdorida neustoykani pudratchidan
talab qilishi kerak.
B u y u rtm a c h i bosh p u d ra tc h i o ldid a s h a rtn o m a b o 'y ic h a o'z
majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganligi uchun quyidagi hollarda
moddiy javobgar bo'ladi:
buyurtm achi tegishli nazorat organlarining ruxsati haqidagi hujjatlarni
yoki qurilishi uchu n ajratilgan joyda ish boshlashga ru x sat beruvchi
geodezik m asalalarning ruxsatnom asini o'z vaqtida berm aganida, har
bir kechiktirilgan kun uchun m inim al oylik ish haqining 2 barobari
miqdorida jarim a to'laydi;
m o n ta j q ilis h u c h u n lozim b o 'lg a n jih o z la rn i, m a te r ia l va
m ahsulotlarni, shuningdek, jihozlarni m ontaj qilish uchun lozim bo'lgan
m aterial va m ahsulotlarni k ech ik tirib topshirganligi u c h u n tegishli
jihoz va m ateriallar qiym atining l% idan 4%igacha m iqdorda jarim a
to'laydi;
k o p m le k t b o 'lm a g a n jih o z la rn i m o n ta j u c h u n to p s h irg a n d a ,
topshirilgan jizohning 5%i miqdorida jarim a va yetishm agan detaining
qiymatini to'liq to'laydi;
qo'shimcha shartnomani tuzishga tayyorgarlik ko'rish uchun lozim
b o'lg an q a y ta tasd iq la n g a n lo y ih a -sm e ta h u jja tla rin i o 'z v a q tid a
topshirmaganligi sababli har bir biriktirilgan kun uchun eng kam oylik
ish haqining 2 barobari miqdorida jarim a to'laydi;
suv, gaz, issiqlik, bug' va e le k tr q u vv atid an foydalanish uchun
qurilish boshlang un ga q a d a r b ir oy oldin tegishli tash k ilo tla rn in g
ruxsatnomasini taqdim qilmagan holda h a r bir kechiktirilgan k u n uchun
eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarim a to'laydi;
buzilishi lozim bo'lgan binolarni o'z v a q tid a topsh irm aganlig i,
qurilish m aydonidan m agistral e le k tr liniyasi, tem ir yo'l,
y e r osti
kommunikaiyasi va boshqa injenerlik inshootlarini boshqa joyga ko'chirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
to'g'risidagi ruxsatnomani o'z vaqtida topshirmaganligi sababli har bir
kechiktirilgan kuni uch u n eng kam oylik ish haqining 2 barobarida
jarim a to'laydi;
qurilish to'xtatilgan va konservatsiya qilingan obyektlarni qabul
qilishni va bajarilgan ishlar uchun ish haqini o'z vaqtida to'lam agani
uchun h a r bir kechiktirilgan kun uchun kelishilgan to'liq narxning 0,05%i
miqdorida jarim a to'lanishi lozim, lekin bu jarim a eng kam ish haqining
5 barobaridan oshmasligi kerak;
qurlishni moliyalashtirish shartnom a tuzilgan vaqtdan boshlab 15
kundan ko'p vaqtda kechiktirilgan taqdirda, h a r bir kechiktirilgan kun
uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarim a to'laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |