2. Q urilish pudrati sh a rtn o m a sin in g tu z ilish i
va tanlov sa v d o la rin i o'tkazish
Qurilish pudrati shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Taraflar
o'zaro kelishib olishgach, uni im zolaydilar va shu v a q td a n e ’tiboran
ularda huquq va m ajburiyatlar vujuga keladi. Shartnom a buyurtm achi
va pudratchining o'zaro munosabatlari qanday amalga oshirilishi lozimligi
to'g'risida aniq va tushunarli kelishuvga erishishlari m uhim aham iyat
kasb etadi.
Qurilish pudrati shartnom asi bozor iqtisodiyoti sharoitida o'zining
rejali harakterini yo'qotdi. Shuning uchun uni tuzish va amalga oshirish
tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida olib borilmoqda. B uyurtm achi tomon
vakolatli davlat organlariga m urojaat qiladi. B unday vakolatli organlar
sifatida loyihalashtirilayotgan obyektning aham iyatiga qarab, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga
qarashli, shuningdek, shahar va tu m an hokim larining a rx itek tu ra va
shaharsozlik boshqarm a va bo'limlari ish olib boradilar.
Shuning uchun ham buyurtm achi, eng aw alo , qurilish to'g'risida
qaror qabul qilishdan oldin a rx ite k tu ra va shaharsozlik boshqarm asi
yoki bo'liminng roziligini olishi lozim. Shuningdek, tegishli obyektni qurish
va ekspluatatsiya qilishga boshqa bir qancha m a’m uriy organlarning
ham roziligi talab qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi
302-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi hududida
kapital qurilishda tanlov savdolari to'g'risida Nizomga asosan am alga
oshiraladi. Mazkur' Nizom kapital qurilish, shuningdek ilgari to'xtatib
qo'yilgan obyektlar qurilishini davom ettirish bilan bog'liq ishlarning
bu tun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib
www.ziyouz.com kutubxonasi
olish yuzasidan tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o'tkazish
tartib i va sh artlarin i belgilaydi. U shbu Nizom talab lari O 'zbekiston
Respublikasi hududida m arkazlashtirilgan m anbalar (davlatning kapital
q o 'y ilm a la ri), d a v la t b o s h q a ru v o rg a n la ri va d a v la t k o rx o n a la ri
m ablag'lari hisobiga tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishda majburiy
hisoblansa, boshqa m an b alar hisobiga am alga oshiriladigan qurilish
obyektlari uchun tavsiya xususiyatiga ega.
Tanlov savdolari o'tkazish to'g'risidagi qaror buyurtm achi tomonidan
faqat tanlov savdolari predm eti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi,
bank m a’lumotnomasi, qurilishlarning aniq ro'yxati, davlat boshqaruv
organi qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan
ta ’m inlangan taqdirda qabul qilinadi.
In v e sto r, b u y u rtm a c h i, tan lo v savdolari tash k ilo tch isi, tanlov
kom issiyasi va o feren tlar tanlov savdolarining asosiy q atnashchilari
hisoblanadi.
B u y u rtm a c h i ta la b g o rn in g m alakasini old ind an an iq lash yoki
buningsiz tanlov savdolari o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish, rasmiy
farm oyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o'tkazish
shakli, tu ri va sanasini belgilash, tanlov savdolari tashkilotchisi furiksiyasini
amalga oshirish (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan tashkilotga berishi
mumkin), m ustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan
holda tanlov savdolari predm etining boshlang'ich qiym atini belgilash
kabi huquqlarga ega.
B uyurtm achi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tan lo v kom issiyasi ta rk ib in i va ish ta rtib in i sh a k lla n tira d i va
tasdiqlaydi, uning ishida qatnashadi;
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etiladigan aniq tanlov shartlariga
bog'liq bo'ladigan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtm anom alarni
ta ’minlash shaklini belgilaydi;
tanlov savdolarining tashkilotchisi bo'ladi (ushbu funksiyalarni jalb
etiladigan ixtisoslashgan tashkilotga berishi mumkin);
tanlov hujjatlari tarkibini belgilaydi;
talabgorning m alakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolariga
qo'yiladigan asosiy talablarni, tanlov savdolari predm etiga qo'yiladigan
va tanlov hujjatlari tarkibiga kiritiladigan maxsus va texnik talablarni
belgilaydi;
belgilangan tartibda ekspertizaning o'tkazilishi va tanlov hujjatlari
tasdiqlanishini ta ’minlaydi, O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura
va qurilish qo'm itasi bilan kelishgan holda tanlov savdolari natijalari
www.ziyouz.com kutubxonasi
to'g'risidagi hisobotni tasdiqlaydi;
tanlov savdolari g'olibi bilan shartnom a tuzadi;
tanlov savdolarini tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq barcha
xarajatlarni qoplaydi.
Buyurtm achi investor bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada
nazarda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa funksiyalarni ham amalga
oshiradi.
Tanlov komissiyasi a ’zolari soni toq bo'lishi kerak. Qoidaga ko'ra,
ta n lo v kom issiyasi ta rk ib ig a in v e s to r, b u y u r tm a c h i, O 'z b e k isto n
R esp ub likasi Moliya vazirligi v a Iq tisod iy o t vazirligi, O 'zbekisto n
Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-
q u w a tla sh davlat qo'mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
savdo vazirligi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xizm at ko'rsatuvchi
bank vakillari kiritiladi. Tanlov savdolari predm etiga bog'liq ravishda
tanlov kom issiyasi tarkibiga loyiha, e k sp ert tash k ilo tlari va boshqa
tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Tanlov komissiyasi tarkibida
investor va buyurtm achining vakillari soni komissiya a ’zolari um um iy
sonining to 'rtd a n bir qism idan ortiq bo'lmasligi kerak. A gar majlisda
tanlov komissiyasi a ’zolarining kam ida to 'rtd an uch qismi qatnashsa tanlov
komissiyasi huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Tanlov savdolari quyidagilarga bo'linadi:
ochiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanmaydi;
yopiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanadi. Yopiq tanlov
savdolari o'tkazish to'g'risidagi q aro r Vazirlar M ahkam asi tom onidan
qabul qilinadi.
Ochiq yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning m alakasi oldindan
aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan yoxud ikki bosqichli bo'lishi mumkin.
Talabgorning malakasini oldindan aniqlash tanlov savdolarining birinchi
turi, tanlov savdolarining g'olibini aniqlash - uning ikkinchi tu ri hisoblanadi.
Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov
savdolari o'tkazishda talabgorlaming um um iy ro'yxati tuziladi, talabgorning
malakasi oldindan aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar
o'rtasid a tanlov savdolari o'tkaziladi. Ikki bosqichli tanlov savdolari
buyurtm achi tanlov savdolari predm etining aniq tavsifini va o'ziga xosligini
shakllantirish imkoniyatiga ega bo'lm agan ham da shartnom ada ishlarni
ularning rentabelligini ta ’minlash uchun yetarli bo'lgan yoki tadqiq etish
yoki ishlab chiqishga sarflangan x arajatlar qoplanishini ta ’m inlaydigan
hajm larda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtm achi ilmiy
tad q iqo tlar, eksp erim entlar o'tk azish g a, q id iru v la r yoki ishlanm alar
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuzasidan shartnom a tuzish niyatida bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolari birinchi bosqichda konseptual qaror
va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va tuzatilishi kerak bo'lgan, tanlov
hujjatlarida ko'rsatilgan shartlar asosida ishlab chiqilgan oferta bahosi
k o 'r s a tilm a g a n holda ta q d im e tilad i. T anlov s a v d o la ri p re d m e ti
p a ra m etrla ri bo'yicha oferent bilan m uzokaralar olib borilishiga yo'l
qo'yiladi. O fertalarning um um iy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi
bosqichida qatnashishga yo'l qo'yiladigan ofertalar tanlab olinadi. Ikkinchi
bosqichda tanlov savdolari predm etining aniqlashtirilgan param etrlari
hisobga olingan, bahosi m ajburiy tartibda ko'rsatilgan holda ofertalari
tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o'tgan qatnashchilarning takliflari
va buyurtm anom alari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi.
Ik ki bosqichli tan lo v sav d o larin i tashk il etish va o 'tk az ish qonun
hujjatlariga muvofiq "Davarxitektqurilish" qo'm itasi tom onidan ishlab
chiqiladigan va tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Yopiq tanlov savdolari ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkabligi
(yoki tor ixtisoslashuvi) bilan farqlanadigan va faqat pudratchilar (yetkazib
beruvchilar)ning cheklangan soni bilangina bajarilishi m um kin bo'lgan
hollarda tashkil etiladi. Yopiq tanlov savdolarini o'tkazishda tanlov savdolari
tashkilotchisi pudratchilar (yetkazib beruvchilar) umumiy sonidan oldindan
yetarlicha malaka m a’lumotlariga ega bo'lganlami, biroq ularning kamida
uchtasini tanlaydi va ularga tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma
yuboradi. A gar pudratchilar
(yetkazib beruvchilar)ning um um iy soni
ikkitadan ortiq bo'lm asa, u holda taklifnom a ularning h a r ikkalasiga
yuborilacli va tanlov savdolari ularning ishtirokida o'tkaziladi.
U lardan biri rad etgan taqdirda tanlov shartlari aniqlashtirilgan va
(yoki) unga tuzatishlar kiritilgan holda takroriy tanlov savdolari e ’lon
qilinadi. Yopiq tan lo v sav d o larin i tashkil etish d a m a tb u o td a e ’lon
berilmaydi, tanlov savdolari taklif etilgan talabgorlar o'rtasida o'tkaziladi.
Tanlov savdolari p red m eti xaridining um um iy qiym ati 25 ming
AQSH dollariga teng sum m ani tashkil etgan hollarda ular:
- xarid qilinadigan tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi, miqdori,
bajarish m uddatlari va tovarni yetkazib berish punkti ko'rsatilgan holdagi
takliflarni talabgorlarga yuborish;
- yetkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan e ’lon qilingan baho
va tavsiflarni taqqoslash yo'li bilan erkin savdoda am alga oshirilishi
mumkin.
Erkin savdoda xarid qilishda takliflarning yetkazib beruvchi yoki
p u d ra tc h i to m o n id an aloqa k a n a llari orqali yozma sh ak ld a taq d im
www.ziyouz.com kutubxonasi
etilishiga yo‘1 qo'yiladi. Erkin savdoda xarid qilishda yetkazib beruvchi
yoki pudratchini tanlash baholash komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Baholash komissiyasi buyurtm achi tomonidan kam ida besh nafar
v a k o la tli m u ta x a s s is d a n ib o r a t ta r k ib d a ta y in la n a d i. B a h o la sh
komissiyasining qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Vazirlar M ahkam asining tegishli qarori m avjud bo'lganda, xarid
qilinadigan tovar (ish, xizmatlar) yagona yetkazib beruvchi (pudratchi)
tom onidan ishlab chiqarilsa (realizatsiya qilinsa) ham da im port tovar
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan
holda xarid qilinganda shartnom aning to 'g 'rid an -to 'g 'ri tuzilishiga yo'l
qo'yiladi.
A gar tanlov savdolari predm etining boshlang'ich qiymatiga nisbatan
tanlov savdolarini tashkil etish va o'tkazish xarajatlari iqtisodiy jihatdan
foydali bo'lmasa, bunday ishlar va ko'rsatiladigan xizm atlar m ustaqil
lotlarga bo'lingan holda bitta tanlov savdolariga birlashtiriladi, bunda
g'olib, qoidaga ko'ra, h ar bir lot bo'yicha aniqlanadi. Buyurtm achining
asoslangan qaroriga muvofiq tanlov savdolari predm etini lotlarga bo'lgan
holda tanlov savdolari o'tkazilishiga yo‘1 qo'yiladi (qurilish va m ontaj
ish lari, a sb o b -u sk u n a la rn i x a rid qilish va m o n taj qilish, y u k la rn i
transportda tashish va hokazo). Bunda g'olib, qoidaga ko'ra, h a r bir lot
bo'yicha aniqlanadi, bosh pudratchi tashkilot funksiyasini buyurtm achi
bajaradi va loyihada nazarda tutilgan ishlar va xizm atlarning b u tu n
kompleksi bajarilishi uchun javob beradi. Investor yoki b uyurtm achi
tovarlarni xarid qilishda tanlov savdolari predm eti bo'linishi uchun javob
beradi. Tanlov savdolarini keyinchalik tanlov savdolari predm eti uchun
nazarda tutilm agan turlar bo'yicha o'tkazish imkonini beruvchi uning
q iy m atin i p asay tirish m aqsadid a tanlov sav d olari p re d m e tin i ongli
ravishda bo'lishga yo'l qo'yilmaydi.
Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga quyidagi m alaka
talablari qo'yiladi:
- tanlov savdolari predm eti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi
bo'sh aylanma m ablag'lam ing yoki ko'rsatib o'tilgan m ablag'larni berishga
bank kafolatnomasi, ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zaru r bo'lgan
m ehnat resurslari va m utaxassislarning mavjudligi;
- shartnom alar tuzish yuzasidan fuqarolik-muom ala huquqiy layoqat
va vakolatlar;
- ustav sarmoyasining miqdori;
- tan lo v obyektiga o 'x sh a sh o b y e k tla rd a ish lash ta jrib a sin in g
mavjudligi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
- o'z k u c h la ri bilan ilgari b ajarilg an ish h ajm lari to 'g 'risid a g i
m a’lumotlar;
- tan lo v o b y ek tid a o‘z k u c h la ri bilan b ajarilad ig an ish larn in g
m o'ljallanayotgan hajmi (foizlarda).
Tanlov savdolarida qatnishish talabgoriga buyurtm achi tomonidan
belgilanadigan boshqa talab lar h am qo'yilishi m um kin. A gar tanlov
savdolari predm eti hisoblanadigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan bog'liq
faoliyat q o n u n h u jja tla rig a m uvofiq litsenziyalanishi k e ra k bo'lsa
belgilangan tartibd a berilgan tegishli litsenziyaga ega bo'lgan talabgorlar
tanlov savdolarida qatnashishga qo'yiladi.
T a’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, holding shaklida va boshqa
shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki
moliyaviy bog'liq bo'lgan tashkilotlarning tanlov savdolarida qatnashishi
taqiqlanadi. B uyurtm achining to r ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlari
ochiq tanlov savdolarida um um iy asoslarda qatnashadilar, yopiq tanlov
sav d o larid a esa tan lo v sav d olari tashkilotchisi kam ida ik k ita chet
qatnashchini taklif qilishi shart.
Tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari to'g'risida ommaviy
axborot vositalarida e ’lon beradi yoki potensial pudratchilarga (yetkazib
beruvchilarga) tanlov savdolarida qatnashishga taklifnom a jo'natadi.
Tanlov savdolari o'tkazilishi to'g'risidagi e’londa yoki tanlov savdolarida
qatnashishga taklifnom ada quyidagi m a’lumotlar bo'lishi kerak:
- tanlov savdolari tashkilotchisining nomi va manzili;
- tanlov savdolari predm etini m ablag' bilan ta ’minlash manbalari;
- tanlov savdolari predm etining tavsifi va uni sotish joyi;
- tanlov savdolari predm etini sotish muddati;
- talabgorlarga qo'yiladigan asosiy shartlar;
- tanlov hujjatlarini sotib olish joyi va uning uchun to'lov miqdori;
- ofertalam i taqdim etish joyi, oxirgi kuni va vaqti;
- ofertalarni ochish joyi, kuni va vaqti.
T anlov savdolari va talabgorning m alakasini oldindan aniqlash
t o 'g 'r i s i d a g i e ’lo n o m m a v iy a x b o ro t v o s ita la r id a c h o p e tila d i.
Buyurtmachining qaroriga ko'ra xorijiy pudratchilar (yetkazib beruvchilar)
tanlov savdolarida qatnashishga taklif etilishi m umkin. B unda e ’lon,
qoidaga ko'ra, eng ommaviy davriy nashrlarda, gazetalarda, w eb-caytda
v a B M T ning D ev elop m ent B usiness n a sh rid a , s h u n in g d e k xorijiy
m am lakatlarning elchixonalari orqali taklifnom alar jo'natish vositasida
amalga oshiriladi. Ofertalarni taqdim etish m uddati e’lon ommaviy axborot
v o sitalarid a chop etilgan k u n d a n boshlab kam ida o 'ttiz ku n n i yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi
taklifnom alar jo'natilgan kundan boshlab o‘ttiz besh kunni tashkil etishi
k e ra k . Tanlov savdolari o'tkazilishi to 'g 'risid a g i e ’lon fa q a t tanlov
hujjatlariga ijobiy ekspert xulosasi m avjud bo'lgan taqdirdagina chop
etilishi mumkin.
Tanlov hujjatlari, qoidaga ko'ra, uch qismdan: umumiy, texnik va
tijorat qismidan iborat bo'ladi. Ushbu qismlarga nim alar kirishi O'zbekiston
R espublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to'g'risida
Nizomda belgilangan.
Buyurtm achi tomonidan e’lon qilingan narx bilan tanlov savdolari
o'tkazilishi to'g'risida qaror qabul qilingan taq d ird a tanlov savdolari
predm etining boshlang'ich narxi e ’lon va taklifnom ada ko'rsatiladi. Bunda
tanlov savdolari tanlov savdolari p red m etin in g boshlang'ich narxini
pasaytii’ish yuzasidan o'tkaziladi. Ofertalarni taqdim etish tartibi tanlov
h u jja tla rid a belgilanadi. T aqdim etilayotgan o ferta tanlov h u jja tla ri
shartlari va talablariga muvofiq bo'lishi kerak.
Xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan am alga oshiriladigan va erkin
m uom aladagi valutada haq to'lanadigan xorijiy k reditlar va g ran tlar
hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda,
a g a r xalq aro va xorijiy m oliyaviy in s titu tla r bilan tuzilg an k re d it
shartnom alarida o'zgacha hoi nazarda tutilm agan bo'lsa, tanlov hujjatlariga
Ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 50 foizi miqdorida ishlar (xizmatlar)ni
bajarish uchun O'zbekiston Respublikasining xo'jalik yurituvchi subyektlari
- rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi.
Tanlov va talabgorning malakasini oldindan aniqlash hujjatlariga,
ofertani joylashga va m arkirovka qilishga, takliflarni texnik va moliyaviy
baholash mezonlariga shartlar va talablar tanlov komissiyasi tomonidan
k o 'rib chiqiladi va tasdiqlanad i. O fe rta la rn i taq d im etish m u d d a ti
tugagungacha tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov hujjatlariga o'zgartirish
va qo'shim chalar kiritishga haqlidir, tashkilotchi ular to'g'risida tanlov
hujjatlarini olgan talabgorlarga darhol xabar qilishi, ofertalarni taqdim
etish muddatini ofertaga tuzatish kiritish uchun yetarli bo'lgan vaqtga
uzaytirishi kerak.
Ofertaning amal qilish m uddati tanlov h ujjatlarida belgilanadi. O ferta
uni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagungacha qaytarib olinishi
m um k in . T alabgorning imzosi va m u h ri q o 'y ilg a n o fe rta sav d o lar
tashkilotchisiga konvertga solib yelim langan holda jo'natiladi. Taqdim
etish m uddati tugagandan keyin olingan oferta ko'rib chiqilmaydi. Ofertani
ta q d im e tis h s a n a si ta n lo v s a v d o la r i ta s h k ilo tc h is in in g p o c h ta
bildirishnomasidagi oferta olinganligi to'g'risidagi qayd bo'yicha yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi
tanlov savdolari tashkilotchisining oferentga berilgan (oferta chopar orqali
yetkazib beriladigan hoi) oferta olinganligi to'g'risidagi bildirishnomasi
sanasi bo'yicha belgilanadi. Talabgor oferta tarkibida tanlov savdolarida
qatnashishga buyurtm anom ani tanlov hujjatlarida ko'rsatilgan, lekin
tanlov savdolari predm eti hisoblab chiqilgan qiymatining ko'pi bilan 2
foizi miqdorida t a ’m inlashni taqdim etadi. T a ’minlashning am al qilish
m uddati ofertaning am al qilish m uddatidan kam bo'lmasligi kerak.
B uyurtm achi tanlov hujjatlarida ta ’minlash kafilining ishonchliligi
bo'yicha talablarni, uning shakllarini va tanlov savdolarida qatnashishga
buyurtm anom ani ta ’minlashdan foydalanish tartibini belgilashi mumkin.
Tanlov savdolarida qatnashishga buyurtm anom ani ta ’minlash:
tanlov savdolari g'olibiga - shartnom a tuzilgandan keyin, shartnom a
ijrosini talab qilinadigan ta ’minlash taqdim etilgach;
qolgan o fere n tla rg a - tanlov savdolari g'olibi bilan sh a rtn o m a
tuzilgandan keyin, lekin ofertaning amal qilish m uddatidan kechikmay;
ofertani qaytarib olgan oferentga - uni taqdim etishning oxirgi kuni
va vaqti tugagungacha qaytariladi.
Buyurtm anom ani ta ’minlash uni qaytarish uchun asos paydo bo'lgan
vaqtdan boshlab o'n kun m obaynida qaytariladi.
Tanlov savdolarida qatnashishga buyurtm anom ani ta ’minlash:
ofertani taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagach ofertani
o'zgartirgan yoki uni qaytarib olgan oferentga;
tanlov savdolari g'olibiga - oferta uning amal qilish davrida qaytarib
olinganda, tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda shartnom a tuzish
yoki shartnom a ijrosining talab qilinadigan ta ’minlanishini taqdim qilish
rad etilganda qaytarilmaydi.
Tanlov savdolari, qoidaga k o 'ra, buyu rtm achi joylashgan joyda
o'tkaziladi. Tanlov komissiyasi majlisi belgilangan m ud dat tugagand an
keyin o'tkaziladi. Majlis vaqtida o fertalar solingan konvertlar ochiladi,
sh a rtla r va tartibotlarga rioya qilinishi, tanlov hujjatlarida ko'rsatilgan
h u jjatlarn in g m avjudligi tekshiriladi. O fertalar solingan konvertlarni
ochish qatnashish istagini bildirishgan oferentlar yoki ularning vakolatli
vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Tanlov komissiyasi majlisi natijalari
protokol bilan rasm iylashtiriladi. Tanlov komissiyasi majlislari natijalari
to'g'risidagi axborot q atnashm agan oferentga yozma shaklda yetkaziladi.
H ujjatlar paketida tanlov h u jjatlari talablarining buzilganligi aniqlangan
ta q d ird a h u jja tla r u larn in g m azm u n i e ’lon q ilinm asdan o fe re n tg a
qay tarilad i. T anlov kom issiyasi tan lo v h u jja tla rin in g e ’lon qilingan
s h a r t l a r g a n o m u v o fiq lig in i y o k i o f e r ta n i r a s m iy la s h tir is h d a g i
www.ziyouz.com kutubxonasi
n o a n iq lik la rn i u la r b o sh q a q a tn a s h c h ila r n in g r e y tin g ig a t a ’s ir
k o ‘rsatm aydigan va ularga yo‘l qo'ygan tanlov savdolari qatnashchisiga
u stu n lik b erm aydig an hollarda e ’tiborga olmasligi m um kin. Tanlov
h u jjatlari shartlariga javob beradigan o fertalar bo'yicha oferentning
ismi (nomi), m alaka m a ’lumotlari, taklif qilingan narxlar va bajarish
m uddatlari, shuningdek oferent tomonidan tanlov hujjatlari talablariga
m uvofiq kiritilgan qo'shim cha takliflar hisobga olinadi.
Tanlov komissiyasi majlisida ofertani ko'rib chiqish davomida oferent
tomonidan ofertaning mazmuni tushuntirib berilishiga yo'l qo'yiladi. Bunda
ofertaning m azm unini, shu ju m lad an narx i yoki bajarish m uddatini
o'zgartiruvchi tushuntirishlar berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
O fertada arifm etik xatolar mavjudligi aniqlangan taqdirda so'zlar
bilan ko'rsatilgan yakuniy summ a to'g'ri m iqdor sifatida qabul qilinadi.
S av d o larn in g tu rid a n q a t’iy nazar, tan lo v sav dolari g'olibi tan lo v
komissiyasining yopiq majlisida aniqlanadi. Tanlov savdolari g'olibi tanlov
savdolari q atn ash chilari ishtirokida e ’lon qilinadi, ishtirok etm a g an
qatnashchilar xabardor qilinadi. O fertalarni ko'rib chiqish, baholash va
taqqoslash n atijalari to 'g 'risid ag i axborot oshkor qilinm aydi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tanlov savdolari b u y u rtm a c h i tom onidan belgilangan ta rtib d a
tasdiqlangandan keyin tugallangan hisoblanadi.
Tanlov savdolari agar:
ofertalarni taqdim etish m uddatida u ch tad an kam oferta tushsa,
ushbu Nizomning 25-bandida ko'rsatilgan hollardan tashqari;
ofertalar tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq bo'lmasa;
o fertala rd a tanlov sav dolarid a q a tn a sh ish g a b u y u rtm a n o m a n i
ta ’minlash kafolati m avjud bo'lmasa;
oferentlar tomonidan taklif etilgan narxlar tanlov savdolari predm eti
boshlang'ich qiym atidan ancha ortiq bo'lsa;
"D avarx itektqu rilish" q o 'm itasi bilan k elish u v bo'y icha tanlo v
k o m issiy asi to m o n id an a s o sla n g a n b o sh q a h o la tla r p ay d o b o 'lsa
o'tkazilm agan hisoblanadi.
O ddiy p u d r a t u su lid a q u rilis h p u d ra ti sh a rtn o m a s i tu z ish d a
buyurtm achi va pudratchi o'rtasida asosiy shartnom ada qadar dastlabki
bitim tuziladi. Unda yuurtm achi va pudratchining shartnom a bo'yicha
asosiy rejalari, dastlabki tad b irlar kelishib olinadi. Qurilishning nomi
pudratch i bajaradigan ishlar hajm i, qurilishning boshlanish m uddati,
qurilish maydonini topshirish vaqti, qurilishni jihozlovchi m ateriallar va
konstruksiyalar bilan ta ’minlash, qurilishni om maviy ta ’minlash m anbalari
www.ziyouz.com kutubxonasi
va k o ntraktgach a bo 'lg an kelishuvni buzganlik uchun tom onlarning
javobgarlik masalalari dastlabki kelishuvda nazarda tutilishi lozim.
Ayrim qurilish obyekti bo‘yicha ikki va undan ortiq pudratchi bo'lsa,
buyurtm achi ularning h a r biriga tegishli bo'lgan ishlar hajmi bo'yicha
lozim bo'lgan hujjatlarni taqdim qilishi shart.
P u d r a t s h a r tn o m a s i ta r a f la r n in g f a q a t b ir - b ir la r i o ld id a g i
burchlarnigina emas, balki, aw alo , ularning qonun oldidagi burchlarini
belgilaydi. B unday hoi qurilishga oid p u d rat shartnom asining boshqa
shartnom alar qatori qonunda ko'zda tutilgan yoki yo'l qo'yilgan asoslarda
tuzilishi va bajarilishining aham iyatidan kelib chiqadi.
B u y u rtm a c h i bilan bosh p u d ra tc h i qurilishning b a rc h a h ajm i
yuzasidan um um iy p u d rat shartnomasi tuzadilar. Bu shartnom aga ko'ra,
FKning 631-moddasida ko'zda tutilganidek, bosh pudratchi shartnom ada
ko'rsatilgan b archa qurilish ishlarini bajarish uchun javobgarlikni o'z
zimmasiga oladi. A gar qurilish ishlarini bajarish bir yildan oshiq m uddatni
o'z ichiga oladigan bo'lsa, buyurtm achi va pudratchi um um iy p u d ra t
shartnomasi bilan bir qatorda, yillik pudrat shartnomasini ham tuzadi.
Yillik pudrat shartnom asida m a’lum xo'jalik yilida bajariladigan qurilish
ishlarining bajarilish shartlari ko'rsatilgan bo'ladi.
Z arurat tug'ilganda maxsus qurilish-mr^ita^ ishlari bosh pudratchi
bilan s u b p u d ra tc h i (p u d ra tc h id a n ishni p u d ra tg a oluvchi) b o 'lg an
ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari o'rtasida tuziladigan subpudratchi
qurilish tashkilotlari o'rtasida tuziladigan bevosita shartnomaga muvofiq,
m azkur ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlarining kuchi bilan bajarilishi
kelishilgan bo'lishi mumkin.
P u d rat to'g'risidagi qoidada bir qurilishda barcha um um iy qurilishi
va maxsus ishlarni bajarishni o'z zimmasiga oladigan faqat bitta bosh
pudratchi bo'lishi mumkinligi belgilanadi.
P u d rat shartnom asida quyidagilar ko'rib chiqilishi lozim:
a) shartnomaning kirish qismida shartnomaning qachon va qayerda
tuzilganligi, q aysi q u rilish ta sh k ilo ti p u d ra tc h i va qaysi ta sh k ilo t
buyurtm achi bo'lishlgi ko'rsatiladi;
b) barcha um um qurilish va maxsus qurilish ishlarini tasdiqlaydigan
loyiha, sm eta va qurilish obyektlarining shartnom aga ilova qilingan
ro'yxatga muvofiq ravishda qurib bitkazishni puddratchi o'z zimmasiga
olganligi ko'rsatiladi;
v) sh a rtn o m a d a k o 'rsa tilg a n ish larni loyih a-sm eta va q u rilish
hujjatlariga m uvofiq ravishda shartnom a bo'yicha belgilangan m ud d at
ichida o'zining m oddiy-texnika bazasi va kadrlari bilan bitkazib topshirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
m ajburiyatini pudratchi o'z zimmasiga olganligini yoki subpudratchilarni
jalb qilish huquqi ko'rsatib o'tiladi;
g) shartnom ada smetaga muvofiq pudratchi zimmasiga yuklatilgan
ishlarning qiymati qancha summani tashkil qilinishi ko'rsatiladi;
d) s h a rtn o m a n i b a ja r is h d a t a r a f l a r “Q u rilish g a oid p u d r a t
shartnom alari haqidagi qoidalar”ga rioya qilishlari lozimligi ko'rsatiladi;
e) shartnom aga o'zgartirish va qo'shim chalar kiritish to'g'risidagi
qoidalar ko'rsatiladi;
j) shartnom a shartlarini bajarm agan yoki o'z vaqtida lozim darajada
bajarm agan tomon uchun qo'llaniladigan jarim a miqdori ko'rsatiladi;
z) s h a rtn o m a ta r a f la r n in g b a n k h iso b r a q a m la ri, a d re s la r i,
vakillarining imzolari va m uhrlari bilan tasdiqlanadi.
Qurilishga oid p u d rat shartnomasi 3 nusxada tuzilib, ikki nusxasi
taraflarda qoladi, bir nusxasi esa qurilishni m ablag' bilan ta ’minlovchi
bankka yuboriladi Yillik pudrat shartnomasi umumiy pudrat shartnomasining
bajarilishi yuzasidan bir yil mobaynida amalga oshiriladigan qurilish ishlarini
belgilash uchun tuziladi. Yillik shartnoma um umiy pudrat shartnomasiga
qo'shimcha bo'lib, m a’lum bir xo'jalik yili ichida bajariladigan qurilish
ishlarining hajmini, bajariiishning kalendar planini aniqlab beradi. Umumiy
va yillik shartnomalar mazmun jihatidan bir-biriga to'g'ri kelmaydi Umumiy
p u d rat shartnom asida ko'rsatilgan ishlarning hajm i va m uddati yillik
shartnomalarda aniqlashtiriladi. Yillik shartnoma m a’lum bir xo'jalik yili
ichida bajarilishi lozim bo'lgan qurilish ishlari yuzasidan taraflarning huquq
va majburiyatlarini belgilab beradi Hozirgi vaqtda qurilish bo'yicha shartnoma
munosabatlarida yillik pudrat shartnomasi asosiy o'rin egallaydi.
Qurilish bo'yicha pudrat shartnomasi um um iy pudrat shartnomasisiz
ham tuzilishi mumkin. Jumladan, agar quriladigan obyekt bo'yicha barcha
qurilish ishlarini b ir yil ichida qurib birkazish m um kin bo'lsa, yillik
shartnoma tuziladi. Yillik shartnomada tasdiqlangan loyiha-smeta, barcha
subyektlar ro'yxati, bu obyektlami qurishni boshlash va qurib bitkazish
muddatlari, ishlab chiqarishning kalendar plani, buyurtm achi tomonidan
pudratchiga ish chizmasi va smetalarni topshirish muddati, shartnom aning
boshqa alohida shartlari ko'rsatiladi va qurilishga oid hujjatlar ilova qilinadi.
Yillik shartnoma ishlar plani tasdiqlangandan so'ng ikki oy m uddat ichida
qurilishga oid namunaviy pudrat shartnomasi shaklida tuzilishi lozim
FKning 667-moddasiga muvofiq, topshirilmagan p udrat obyektining
nobud bo'lishi yoki shikastlanishi xavfi p u d ratch i zim m asida bo'ladi.
Shuningdek, pudrat obyektida bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun
ham pudratchi javobgar bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuning uchun qurilishi pudrati shartnomasida taraflar boshqacha
tartib va shartlar qo‘ygan bo'lmasalar shartnomada nazarda tutilgan obyektni
yoki ishlar majmuini pudratchi o'z hisobidan sug'urtalashi shart.
S u g 'u r ta la s h m a jb u riy a ti y u k la tilg a n t a r a f q u rilish p u d r a ti
shartnom asida nazarda tutilgan tartib d a ikkinchi tarafga shartn o m a
shartlariga muvofiq sug'urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillami,
shu jumladan sug'urta qiluvchi, sug'urta summasi miqdori va sug'urtalangan
tavakkalchiliklar to'g'risidagi m a’lumotlarni taqdim qilishi kerak.
Sug'urtalash tegishli tarafni sug'urta hodisasi yuz berishining oldini
olish chora-tadbirlarini ko'rish m ajburiyatidan ozod qilmaydi. P udratchi
yoki buyurtm achi qurilayotganligi, undan nima m aqsadda foydalanish
rejalashtirilganligi haqida sug'urtalovchiga su g 'urta qildiruvchidan obyekt
bilan bog'liq bo'lgan qo'shim cha m a’lumotlarni ham talab qilishi va ular
bilan tanishib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |