5. Qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha javobgarlik
Q u rilis h p u d r a ti s h a rtn o m a s i b o 'y ic h a ja v o b g a r lik p u d r a t
shartnom alaridan kelib chiqadigan umumiy javobgarlik bilan birga maxsus
javobgarlik holatlari ham Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan. FKning
668-moddasiga asosan bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi
javobgar bo'ladi. Chunki pudratchi aynan texnika xavfsizlik qoidalariga
rioya qilgan holda qurilish-ta’m irlash ishlarini amalga oshirayotgan paytda
uning atrofini o'rab olishi yoki biror belgi qo'yishi lozim. Aks holda atrof
m uxitga, fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga, m ulklarga jiddiy zarar
yetkazish ehtimoli m avjud bo'ladi. aynan bu holat FKning 678-moddasida
nazarda tutilgan. Unga asosan pudratchi qurilish va u bilan bog'liq ishlarni
amalga oshirayotgan vaqtda atrof-m uhitni muhofaza qilish va qurilish
ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonun hujjatlarining talablariga rioya
etishi sh a rt va bunday talab lar buzilganligi uch u n uchinchi shaxslar
oldida javobgar bo'ladi.
Shartnom ada butun qurilishni yoki uning m uayyan qismini moddiy
ta ’minlash buyurtm achi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan
bo'lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar,
shuningdek uskunalar bilan ta ’minlash majburiyati pudratchi zimmasida
bo'ladi. Qurilishni ta ’m inlash m ajburiyatini zimmasiga olgan taraf o'zi
to p sh irg a n m a te ria lla r (d e ta lla r, k o n stru k siy a la r)d an , sh u n in g d ek
u sk u nalard an bajarilayotgan ishlar sifatini yom onlashtirm agan holda
foydalanib bo'lmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib bo'lmaslik
ikkinchi ta ra f javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini
isbot qilmasa, javobgar bo'ladi. B uyurtm achi bergan m ateriallar yoki
u sk u nalard an bajarilayotgan ishlar sifatini yom onlashtirm agan holda
www.ziyouz.com kutubxonasi
fo y d alan ish m u m k in em asligi a n iq la n g a n va b u y u rtm a c h i u larn i
a lm a sh tirish d an bosh to rtg an ta q d ird a , p u d ra tc h i q u rilish p u d ra ti
shartnom asidan voz kechishga va buyurtm achidan ishning bajarilgan
qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini to'lashni talab qilishga haqli.
Pudratchi qurilish pudrati shartnom asida, texnikaviy loyihada va
taraflar uchun m ajburiy bo'lgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda
tutilgan talablardan chekinishga yo'l qo'yilganligi, shuningdek qurilish
obyektining loyiha-sm eta h u jja tla rid a belgilangan ko'rsatkich larig a,
jum ladan korxonaning ishlab chiqarish q u w a tig a erishilmaganligi uchun
buyurtm achi oldida javobgar bo'ladi. Bino yoki inshoot rekonstruksiya
qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va
hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi,
barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yo'qolgani uchun javobgarlik
pudratchi zimmasiga yuklanadi. P udratch i buyurtm achining roziligisiz
loyiha h u jja tla rid a n b u y u rtm a c h in in g jid d iy m a n fa a tla rig a t a ’sir
qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yo'l qo'yganligi uchun,
basharti bu hoi qurilishning sifatiga ta ’sir etmaganligini isbotlab bera
olsa, javobgar bo'lmaydi.
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lm asa, p u d ra tc h i qurilish o by ek tin in g lo y ih a-sm eta h u jja tla rid a
belgilangan ko'rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat m uddati
davomida shartnom aga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi.
Agar qonunda yoki shartnom ada boshqacha kafolat m uddati nazarda
tutilgan bo'lmasa, kafolat m uddati obyekt buyurtm achi tom ondan qabul
qilingan kundan boshlab o'n yilni tashkil etadi.
A gar pudratchi kafolat m uddati davomida aniqlangan kamchiliklar
(nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning
noto'g'ri ishlatilishi yoxud buyurtm achining o'zi yoki u jalb qilgan uchinchi
s h a x s la r is h la b c h iq q a n q o 'lla n m a n in g n o t o 'g 'r i li g i , o b y e k tn i
buyurtm achining o'zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada
ta ’m irlam aganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu
kamchiliklar uchun javobgar bo'ladi. Kafolat m uddati pudratchi javobgar
bo'lgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish m um kin bo'lmagan
butun vaqtga to'xtatib turiladi. Kafolat m uddati davomida kamchiliklar
aniqlangan taqdirda, buyurtm achi kamchiliklar aniqlangandan keyingi
oqilona m uddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar bo'lmagan
kamchiliklarni buyurtm achining talabi bo'yicha va b uyurtm achi hisobidan
b a rta ra f qilish m ajburiyati nazarda tutilishi m um kin. K am chiliklarni
www.ziyouz.com kutubxonasi
b artaraf qilish ishi qurilish pudrati shartnomasining narsasiga bevosita
bog'liq bo'lm agan yoki bu ishni pudratchi o'ziga aloqasi yo'q sabablarga
ko'ra bajara olmaydigan hollarda pudratchi ko'rsatilgan m ajburiyatni
bajarishdan bosh tortishga haqli.
Qurilish sohasida pudratchi sifatida aksariyat hollarda yuridik shaxslar
ishtirok etadi. Ularning javobgarlik masalasi maxsus qonun — O'zbekiston
Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi
huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslaming javobgarligi to'g'risida”gi
qonun bilan ham tartibga solinadi.
Q o n u n n in g 2 -m o d d a sid a q u rilis h so h a sid a g i h u q u q b u z a rlik
tushunchasi berilgan bo'lib, unga asosan yuridik shaxslar tomonidan
aholi p u n k tla rin i, binolar va inshootlarni re ja la sh va q u rish bosh
re ja la rin in g , lo y ih a la rin in g buzilishi, d a v la t s ta n d a r tla r i, q u rilish
n o rm a la ri va qoidalari, tex n ik sh a rtla rig a , loyihalash va qurilish,
shuningdek binokorlik m ateriallari ishlab chiqarish sohasidagi boshqa
norm ativ hujjatlarn in g talablariga binolar, im oratlar, inshootlarning,
ularning qismlari yoki konstruksiya ayrim elementlarining chidamliligi,
mustahkamligi, puxtaligi, ishlab chiqarilayotgan binokorlik materiallari,
konstruksiyalari va buyum larining chidamlilik param etrlari pasayishi
va yo'qotilishiga sabab bo'lgan tarzda rioya etilmasligi, shuningdek
obyektlam i qurish va ularni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan
tartibini buzadigan xatti-h arakat qurilish sohasidagi huquqbuzarlik deb
e ’tirof etiladi.
O 'zbekiston R espublikasi h u d u d id a loyihalash, qurilish-m ontaj
ishlarini am alga oshiruvchi, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va
buyum larini ishlab chiqaruvchi, qurilishda buyurtm achi hisoblanuvchi
yoki bir yo'la buyurtm achi va pudratchi vazifalarini bajaruvchi yuridik
shaxslarga qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan tartibda
jarim a solinadi. Yuridik shaxsning javobgarlikka tortilishi uni o'zi yo'l
qo'ygan qoidabuzarliklarni b a rta ra f etish va zararning o'rnini qoplash
m ajburiy atid an, shuningdek aybdor m ansabdor shaxslarni intizomiy,
m a’m uriy, fuqaroviy-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod
etm aydi.
Aholi punktlarini rejalash va qurishning bosh rejalarini, loyihalarini,
tarixiy im oratlar joylashgan dahalarni qayta qurish rejalarini, tu ra r joy
dahalari, kichik dahalar va shaharlam ing sanoat zonalari, qishloq aholi
punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va
inshootlarning m e’morchilik yechimlarini buzish, loyihalash, qurilish-
montaj ishlarini bajarish chog'ida qurilish sohasidagi normativ hujjatlarning
www.ziyouz.com kutubxonasi
talablarini buzish qonun asosida jarim aga tortilishiga sabab bo‘ladi. Chunki
qurilish normativlarini buzish imoratlar, inshootlarning, ularning qismlari
yoki konstruksiya ayrim elem entlarining chidam lilik, pu x talik yoki
m ustahkam lik p aram etrlari yo'qotilishiga, pasayishiga sabab bo'lishi
mumkin.
Qonunga asosan obyektlarni davlat ekspertizasi tomonidan loyiha-
sm eta hujjatlari, jumladan, ish hujjatlari xususida berilgan ijobiy xulosasiz,
shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari ro'yxatidan
o'tkazm asdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish, qurilishda m ajburiy
sertifikatlashtirilishi lozim bo'lgan, lekin sertifikatlanm agan materiallar,
buyum lar va konstruksiyalarni qo'llash, obyektni foydalanishga qabul
qilib olish qoidalarini buzish, D av lat a rx ite k tu ra -q u rilis h nazorati
organlarining ko'rsatmalarini bajarishdan bo'yin tovlash yoki o'z vaqtida
bajarmaslik ham huquqbuzarlik sifatida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |