bajarishga mo'ljallangan boshqa funksional imoratlar, hovlidagi inshootlar
(to'siq, darvoza, eshik, quduq, fa w o ra va odamlarning yashashiga hamda
maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo'ljallanmagan
boshqa yassi yoki liniyali inshootlar)ni oladi.
Uy-joy qurilishi nam unaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan
loyiha bo'yicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan
loyiha tum an (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak. Uy-joy qurilishiga
loyiha quyidagilarni o'z ichiga oladi:
yerosti va yerusti m uhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan
yer uchastkasi rejasi;
uy -jo y n in g poydevorlari,
y erto 'lalari, q a v a tlari, kesim lari va
fasadlari rejalari;
smeta-moliya hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj bo'lganda).
Belgilangan tartibda kelishilgan uy-joy qurilishiga yakka tartibdagi
yoki nam unaviy loyiha uy-joy qurish bo'yicha qurilish ishlarini boshlash
uchun asos hisoblanadi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi pudrat usuli bilan yoki xo'jalik
usuli bilan (qumvchilarning o'z kuchi bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Uy-joy, yordamchi-xo'jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar qurilishi
shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi
kerak. Bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq oilaga tegishli bo'lgan
bir nech ta uy-joy qurilishiga yo'l qo'yiladi. Yakka tartibd agi uy-joy
qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning
(keyingi o'rinlarda "quruvchi" deb yuritiladi) o'z mablag'lari, bankning
ipoteka kreditlari va qonun h u jjatlarida belgilangan tartib d a boshqa
qarz m ablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ustidan texnik nazoratni quruvchi
amalga oshiradi. Tum an (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy
qurilishida shaharsozlik norm alari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan
nazoratni am alga oshiradilar. U y-joy qurilishi tugallangandan keyin
quruvchi tum an (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul
qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga m urojaat
qiladi. Qabul qilish komissiyasi joyning o'ziga borib qurilishi tugallangan
uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzadi.
"Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasining hududiy organi 10 kun
m u d d atd a yangidan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyni texnik
xatlovdan o'tkazadi ham da tu m an lar (shaharlar) arx itek tu ra va qurilish
organlari bilan kelishuv bo'yicha uy-joyni foydalanishga qabul qilish
dalolatnomasini tasdiqlash to'g'risida hokimning qarori loyihasini kiritadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Uy-joylar quruvchining o'z kuchi bilan qurilgan hollarda bitta (ikkita)
tu ra r joy xonasi, oshxona, hojatxona, uy fasadining tashqi bezagi qurilishi
tam om bo'lgandan, loyihaga muvofiq uy muhandislik kommunikatsiyalari
bilan ta ’m inlangandan keyin alohida yordam chi-xo'jalik imoratlari va
hovlidagi inshootlarsiz va h u d u d n i obodonlashtirm asdan uyning bir
qism ini foydalanishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi. T um an (shahar)
hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kundan
kechikm ay qabul qilinadi. Hokimning qaroriga muvofiq uy quruvchiga
uy daftari beriladi.
Uy-joyga mulkchilik huquqi "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasining
hu d udiy organlari tomonidan belgilangan tartib da davlat ro'yxatidan
o'tkazilgandan keyin qurilgan uy-joyga mulkchilik huquqi paydo bo'ladi.
Quruvchi - pudratchi:
berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasidan va maqsadli ipoteka
kreditidan yordamchi-xo'jalik imoratlari bilan birga faqat uy-joy qurish
uchun foydalanishga;
Do'stlaringiz bilan baham: