Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  L oyiha  va   qidiru v  ishlari  pudrati



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  L oyiha  va   qidiru v  ishlari  pudrati

Loyiha  va  qidiruv  ishlari  pudrati  shartnomasi  o'zining  predm etiga 

ko'ra  p u d rat  shartnom alarining  m ustaqil  turi  hisoblanadi.

Loyiha  va  qidiruv  ishlari  pudrati  shartnomasi  o'zining  mohiyatiga ko'ra 

qurilish shartnomasi  bilan uzviy bog'liq  hisoblanadi, chunki loyiha  va (qidiruv 

ishlari  pudrati  shartnomasi  bo'yicha  pudratchi  loyihalovchi,  qidiruvchi) 

buyurtmachining topshirig'i bo'yicha shamomada belgilangan muddatda loyiha- 

smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, 

buyurtm achi  esa  uni  qabul  qilib  olish  va  haq  to'lash  majburiyatini  oladi 

(FKning 686-moddasi). Bu shartnoma ko'p hollarda qurilish pudrati shartnomasi 

tuzilishidan  oldin  tuziladi  Ba’zi  hollarda  loyiha  va  qidiruv  ishlari  pudrati  va

www.ziyouz.com kutubxonasi




qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi bo'lib bir shaxs ishtirok etishi 

ham   mumkin.  Bunda  qurilish  pudrati  shartnomasini  tuzishda  taraflardan 

biri-pudratchi yoki buyurtmachi zimmasiga kelishilgan  muddatda qurilishning 

loyiha  smeta  hujjatlarini  tayyorlash va  ikkinchi  tomonga  tanishib chiqish  va 

tasdiqlash  uchun  taqdim  qiladi  Odatda  loyihalash  va  qidiruv  ishlari  tegishli 

obyektni  qurishga  nisbatan murakkab  va  alohida  malaka  hamda  bilim  talab 

qilganligi uchun  bunday  faoliyat  bilan  maxsus  muassasalar shug'ullanadilar.

O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining  2001-yil  12-m aydagi 

«Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining 

ro'yxati  to'g'risida»  gi  222-II  sonli  Qaroriga  1-ilova  -  «Amalga  oshirilishi 

u c h u n   litsenziy alar  tala b   q ilinad ig an  fao liy at  tu rla rin in g   fao liy at 

turlarining» ro'yxatiga muvofiq, loyiha qidiruv ishlari pudrati bilan bog'liq 

quyidagi  faoliyat  turlari  tegishli  litsenziya  asosida  amalga  oshiriladi:

y o n g 'in g a   q a rs h i  a v to m a tik a   v o s ita la r in i,  q o 'r iq la s h  

signalizasiyalarini,  yong'indan  darak  beruvchi  va  yong'indan  saqlovchi 

signalizatsiyalarni  loyihalashtirish,  montaj  qilish,  sozlash,  ta ’m irlash  va 

ularga  texnik  xizmat  ko'rsatish;

-  ionlashtiruvchi  nurlanish  manbalari  bilan  muomalada  bo'linadigan 

sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi 

nurlanish  m anbalarini  loyihalashtirish,  barpo  etish  va  ularga  xizm at 

k o 'rsa tis h ,  u la r  u c h u n   texnologik  a sb o b -u sk u n a la r,  ra d ia ts iy a d a n  

himoyalanish  vositalarini  yasash  va  tayyorlash;

magistral  gaz  quvurlari,  neft  quvurlari  va  neft  mahsulotlari 



q u v u rla rin i  loyihalashtirish,  qurish,  u lard a n   foydalanish  va  ularni 

ta ’mirlash;

-  k o 'p rik la r  va  to n n e lla rn i  lo y ih a la sh tirish ,  q u ris h ,  u la rd a n  

foydalanish  va  ularni  ta ’mirlash;

-  mudofaa  obyektlarini  loyihalashtirish,  qurish,  ulardan  foydalanish 

va  ulam i  ta ’rnirlash;

-  xavfi  yuqori  bo'lgan  obyektlarni  ham da  potensial  xavfli  ishlab 

chiqarishlam i  loyihalashtirish,  qurish  va  ulardan  foydalanish;

-  arxitektura-shaharsozlik  hujjatlarini  yaratish;

-  qurilish  loyihalarining  ekspertizasini  o'tkazish;

-  telekommunikatsiyalarning  mahalliy  tarm oqlarini  loyihalashtirish, 

qurish,  ulardan  foydalanish  va  ularga  xizmat  ko'rsatish;

-  te le k o m m u n ik a ts iy a la r n in g   s h a h a r l a r a r o   ta r m o q la r in i 

loyihalashtirish,  qurish,  ulardan  foydalanish  va  ularga  xizmat  ko'rsatish;

-  ielekommunikatsiyalarning  xalqaro  tarm oqlarini  loyihalashtirish, 

qurish,  ulardan  foydalanish  va  ularga  xizmat  ko'rsatish;

www.ziyouz.com kutubxonasi



-  ko'chma  radiotelefon  aloqasi  tarmoqlarini  loyihalashtirish,  qurish, 

ulardan  foydalanish  va  ularga  xizmat  ko'rsatish;

- shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish,  ulardan 

foydalanish  va  ularga  xizmat  ko'rsatish;

-  m a’lumotlar  uzatish  tarmoqlarini  loyihalashtirish,  qurish,  ulardan 

foydalanish  va  ularga  xizmat  ko'rsatish;

-  te le k o 'rs a tu v la r   va  ra d io e s h ittiris h la rn i  ta rq a tis h   (uzatish) 

tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat 

ko'rsatish1.

Tegishli  tarzda  litsenziya  olgan  yuridik  shaxslar  loyiha  va  qidiruv 

ishlari  pudrati  shartnomasida  pudratchi  bo'lib  ishtirok  etishlari  mumkin. 

Loyiha  va  qidiruv  ishlari  pudratiga  tegishli  maxsus  qoidalar  va  pudrat 

to'g'risidagi um um iy qoidalarga muvofiq, taraflar shartnomani faqat loyiha 

ishlari  bo'yicha  yoki  qidiruv  ishlari  bo'yicha  ham   tuzishlari  mumkin. 

Buyurtmachida pudratchini tanlash va unga ish topshirish huquqi saqlanib 

qoladi.


Loyiha  va  qidiruv  ishlari  pudrati  shartnomasini  tartibga  solishda 

Fuqarolik  Kodeksi  bilan  bir  qatorda  O'zbekiston  Respublikasi  2002-yil

4 -ap relda  qabul  qilingan  Shaharsozlik  kodeksi  va  boshqa  m e ’yoriy 

hujjatlar ham   m uhim  ahamiyatga ega. Taraflar o'rtasidagi munosabatlarni 

tartibga  solishda  shartnomaning ahamiyati juda  katta  rol o'ynaydi.  Faqat 

shartnom agina  qonun yoki  m e’yoriy  hujjatlarda  ko'zda  tutilm agan,  lekin 

yo'l  qo'yilgan  harakatlarni  amalga  oshirishda  ikkala  tomon  uchun  m as’ul 

bo'lgan  shartlarni  o'zida  mujassamlashtirishi  mumkin.

Loyiha  va  qidiruv  ishlari  pudrati  shartnomasining  predm eti  bo'lib 

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va  (yoki) qidiruv ishlarini  bajarish 

hisoblanadi.  Shartnom a  predm eti  sifatida  odatda  qurilish  loyihlarini  va 

mazkur qurilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish asosiy ahamiyat 

kasb etadi.

Qurish  loyihalari  batafsil  rejalashtirishning  tasdiqlangan  loyihasi 

asosida,  belgilangan  qizil  chiziqlar  chegaralarida  yoki  yer  uchastkalari 

chegaralarida  ishlab  chiqiladi.

Qurish  loyihalari:

-  qurishni  tartibga  solish  chiziqlarini;

-  binolar  va  inshootlarning  joylashuvi,  necha  qavatliligi,  tu ri  hamda 

boshqa  tavsiflarini;

-  qurishning  arxitektura  yechimini;


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish