1 Узбекистан Республикасининг Фукаролик хукуки (Н-к;исм) (мазкур боб муаллифи
- Б.Ибратов). -Т.:Адолат 1999.-335 б.
2 Окю лов О. Интеллектуал мулк хукукий макомининг назарий ва ам алий
муаммолари.- Т.:ТДЮИ.2004.-277 б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, nam unalar
ishlab chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim
bosqichlarini (elementlarini) ham qam rab olishi mumkin.
Mazkur shartnom ada bir vaqtning o'zida bir-biridan farq qiluvchi,
lekin m uayyan um um iylikka ega bo'lgan bir necha faoliyat turi va u
asosida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ko'rsatib o'tilgan. Y a’ni:
- ilmiy-tekshirish ishlari;
- tajriba-konstrutorlik ishlari;
- texnologiya ishlari.
Fuqarolik qonunchiligida faoliyat m azkur turlarining tushunchasi
berilmagan. Biroq, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, texnologiya,
ilmiy-tadiqoqot faoliyatiga quyidagicha ta ’rif berish mumkin:
ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat - yangi bilimlar yaratishga va ularni
tatbiq etishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, ular jumlasiga:
- fundam ental ilmiy tadqiqotlar - inson, jam iyat va atrof tabiiy
m uhitning tuzilishi, am al qilish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari
to'g'risidagi yangi bilim larni yaratishga qaratilgan eksperim ental va
nazariy faoliyat;
- amaliy ilmiy tadqiqotlar — amaliy maqsadlarga erishish va aniq
amaliy vazifalar yechimini topish bo'yicha eng maqbul, yangi bilimlarni
qo'llashga qaratilgan faoliyat.
Ilmiy-texnikaviy faoliyat - texnologik, injenerlik, iqtisodiy, ijtimoiy,
insonparvarlik va boshqa muammolarning yechimini topish, fan, texnika
va ishlab chiqarishni yagona tizim sifatida amal qilishini ta ’minlash bo'yicha
yangi bilimlarni yaratish va qo'llashga qaratilgan faoliyat.
ITTKTP shartnomasi o'zning huquqiy tabiatiga ko'ra, ikki tomonlama,
konsensual va haq baravariga tuziladigan shartnom a hisoblanadi.
ITTKTP shartnomasini tartibga solishda intellektual mulk huquqi
qoidalari qo'llaniladi. Zero, m azkur shartnom a asosida pudratchi amalga
oshirayotgan ishlar ilmiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi, yaratilgan natijalar
esa aksiriyat hollarda intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. FKning
702 -m o d d asig a m u v o fiq , ilm iy -te k s h iris h ish la ri yoxud t a jr ib a -
konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi m unosabatlar
FK bilan b ir q a to rd a , ilm iy -te k sh irish , ta jrib a -k o n s tru k to rlik va
texnologiya ishlari shartnom alari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan ham
tartibga solinadi.
U shbu sh a rtn o m a d a p u d ratc h i sifatida odatda ilm iy-tekshirish
institutlari, universitet va institutlar, tajriba-konstruktorlik, ixtirochilik
byurolari, ilmiy xodim lar, m u ayy an bilim va m alakaga ega bo'lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilmiy-
tadqiqot ishlari asosan O'zbekiston Respublikasi Fanlar A kadem iyasi
qoshidagi ilm iy-tekshirish institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va
m uassasalar amaldagi qonunchilik asosida aksiyadorlik jam iyatlari va
boshqa xo'jalik jam iyatlari va shirkatlam ing muassislari bo'lish huquqiga
egadirlar (O'zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Ustavining 66-
bandi).
Qonun hujjatlarida mazkur shartnom a subyektlari doirasi bevosita
cheklanmagan. Biroq, m uayyan turd ag i ilm iy-tekshirish ishlarini olib
borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lish talab etiladi. Masalan, «Amalga
oshirilishi uch u n litsenziyalar ta la b qilinadigan faoliyat tu rla rin in g
ro'yxati»ga muvofiq, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada
bo'linadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari,
ionlashtiruvchi nurlanish m anbalarini loyihalashtirish, barpo etish va
u larga xizm at k o 'rsa tish , u lar u c h u n texnologik asb o b -u sk u n a la r,
radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash uchun tegishli
litsenziyaga ega bo'lish talab etiladi.
Shu bilan birga b a ’zi holatlarda amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan
ilmiy-tekshirish ishlari uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lishi yoki vakolatli
davlat organlarining topshirig'i asosida am alga oshirilishi ko'zda tutiladi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasining 1996-yil 5-iyuldagi «Gen injeneriyasi
sohasidagi faoliyatni davlat tomonidan tartib ga solinishi to'g'risida» gi
qonuniga muvofiq, gen injeneriyasi sohasida ilmiy-tekshirish va ilmiy-
tadqiqot ishlari olbi borish uchun litsenziya olish talab qilinadi.
ITTKTP shartnomasining predm etini ilmiy tekshirishlarni amalga
o shirish, y an g i b u y u m n a m u n a sin i, u n g a teg ish li k o n s tru k to rlik
hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki nam una nusxasini
tayyorlash ishlari tashkil etadi.
Pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan o'zi olib borishi shart. Agar
ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnom asida boshqacha tartib nazarda
tutilmagan bo'lsa, u buyurtm achining roziligi bilan shartnom ani bajarishga
uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan
vaqtida, agar shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa,
uni bajarishga uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga
haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
A g ar ilm iy -tek sh irish ish lari y o x u d ta jrib a -k o n s tru k to rlik va
texnologiya ishlari p u d ra t shartnom asida boshqacha ta rtib n azarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
tutilm agan bo'lsa, taraflar shartnom a narsasiga, uni bajarish jarayoni va
olingan natijalarga doir m a’lumotlarning maxfiyligini ta ’minlashlari shart.
M axfiy deb hisoblanadigan m a’lumotlar hajm i shartnom ada belgilab
qo'yiladi. P u d ra tc h i b u y u rtm a ch in in g yozma roziligi bilan m azku r
shartnom alar bo'yicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli.
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat
shartnom alaridagi ta ra fla r ish natijalaridan, shu jum ladan huquqiy
muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va
shartlarda foydalanish huquqiga ega.
Agar shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
buyurtm achi o'ziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu
jum ladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga
ega, p u d ra tc h i esa o'zi olg an n a tija la rd a n o'z e h tiy o jla ri u c h u n
foydalanishga haqli.
Pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib
olish va uning haqini to'lash bilan birga, ITTKTP shartnomasiga muvofiq
buyurtm achining m ajburiyatlari yana quyidagilardan iborat bo'ladi:
- pudratchiga texnikaviy topshiriq berishi va u bilan ishlar dasturini
(texnika-iqtisodiy param etrlam i) yoki mavzusini kelishib olishi;
- pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur axborotni topshirishi;
- bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va ularning haqini to'lashi
shart.
M azk u r s h a rtn o m a d a p u d ra tc h in in g m a jb u r iy a tla ri s ifa tid a
quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
- b u y u r tm a c h i b ila n k e lis h ilg a n d a s tu r ( te x n ik a - iq tis o d iy
param etrlar)ga yoki m avzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini
shartnom ada nazarda tutilgan m uddatda buyurtm achiga topshirishi;
- intellektual m ulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog'liq talablarga
rioya etishi;
- b a ja r ilg a n i s h l a r d a o 'z in in g a y b i b ila n y o 'l q o 'y ilg a n ,
b uyurtm achining texnikaviy topshirig'ida. yoki shartnom ada nazarda
tutilgan texnika-iqtisodiy param etrlardan chekinishga olib kelishi mumkin
bo'lgan kamchiliklarni o'z kuchi bilan va o'z hisobidan bartaraf etishi;
- kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom
ettirish m aqsadga m uvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda
buyurtm achini darhol xabardor qilishi;
- bunday sh artn o m alar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi
shaxslarda alohida huquqlar yo'qligi haqida buyurtm achiga kafolat berishi
shart.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya
ishlari shartnom alarida boshqacha ta rtib nazarda tu tilg a n bo'lm asa,
pudratchi:
- ishlarni b ajarish jarayonida qo'lga kiritilgan ilm iy-texnikaviy
natijalarni buyurtm achining roziligisiz e ’lon qilmasligi;
- ishlarni bajarish jarayonida qo'lga kiritilgan huquqiy muhofazaga
loyiq n a tija la rn i him oya qilish c h o ra la rin i k o 'ris h i v a b u h a q d a
buyurtm achini xabardor qilishi;
- buyurtm achiga bajarilgan ishlarda qo'llanilgan huquqiy muhofazaga
loyiq ilm iy -te x n ik a v iy n a tija la rd a n fo y d ala n ish h a q id a g i m ax su s
litsenziyani berishi shart.
Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bog'liq bo'lmagan
holatlar oqibatida natijaga en sh ish m um kin emasligi m a ’lum bo'lsa,
buyurtm achi shartnom ada nazarda tutilgan natijalarga erishib bo'lmasligi
aniqlaguncha amalga oshirilgan ishlar qiymatini to'lashi shart, am m o bu
qiymat shartnom ada ko'rsatilgan ishlar bahosining tegishli qism idan ortiq
bo'lmasligi lozim.
A gar tajrib a-k o n stru k to rlik va texnologiya ishlarini bajarish
jarayonida p u d ratc h i aybdor bo'lm agani holda ishni davom e ttirish
m um kin em asligi yoki m aqsadga m uvofiq em asligi m a ’lum bo'lsa,
buyurtm achi pudratchining xarajatlarini to'lashi shart.
Pudratchi ilm iy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va
tex n o lo g iy a ish la ri s h a rtn o m a s in i u m u m a n va te g is h li d a ra ja d a
bajarm aganligi uchun, agar shartnom aning buzilishida o'zining aybi
yo'qligini isbot qilmasa, buyurtm achi oldida javobgar bo'ladi.
A gar sh a rtn o m a d a o'zgacha ta r tib n azard a tu tilm a g a n bo'lsa,
buyurtm achining ishlar qiymati doirasida ko'rgan real zararini pudratchi
qoplashi shart.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |