Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Oldi-sotdi shartnomasining shakli



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1.3. Oldi-sotdi shartnomasining shakli
Oldi-sotdi shartnomasining shakliga nisbatan bitimlarning shakli 
haqidagi qoidalar (FKning 108-112-moddalari), shuningdek, shartnomaning 
shakli haqidagi qoidalar (FKning 336-moddasi) qo'llaniladi. Bunda 
shartnomaning turi va tovarning o'ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga 
ega. Oldi-sotdi shartnomasi shaklini belgilashda, birinchidan, fuqarolik 
m uom alasining talablari, ikk in ch idan esa, o ld i-s o td i bitim lari 
qonuniyligining ustidan nazorat qilish zarurati, bunday munosabatlarda 
jamiyat manfaatlari yoxud ayrim shaxslar manfaati himoyasini ta’minlash 
zarurati bilan bog'liq holatlar belgilovchi omil bo'lib hisoblanadi. Masalan, 
naqd pul hisobiga amalga oshiriladigan chakana savdoda taraflarga qulaylik 
tug'dirish uchun oldi-sotdi shartnomasini maxsus rasmiylashtirish talab 
etilmaydi. Naqd pul baravariga tuziladigan va tuzilish vaqtining o'zidayoq 
ijro etiladigan oldi-sotdi shartnomasi, umumiy qoida bo'yicha summasidan 
qat’iy nazar, og'zaki shaklda tuzilishi mumkin. Binobarin, savdo 
do'konlarida, bozorlarda tuziladigan oldi-sotdi shartnomalari tovariarning 
xaridorlarga darhol topshirilgani va shu ondayoq haq to'langani sababli 
og'zaki rasmiylashtirilishi mumkin.
Agarda, oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishda haq to'lash va sotilgan 
tovami topshirish bir vaqtning o'zida, sotuvchi va xaridor tomonidan muqobil 
ijro etilmasa, masalan, tovar haqini oldindan to'lash, nasiyaga tovar sotish
tovar haqini bo'lib-bo'lib to'lash (FKning 420-422-moddalari) hollarida 
shartnoma yozma ravishda tuzilishi maqsadga muvofiq yoxud bunday hollarda 
tegishli harakatlarning sodir etilganligi (masalan, pul oldindan to'langanligi, 
tovar nasiyaga sotilgani) fakti chek, jeton, tilxat orqali guvohlantirilishi lozim 
Bu esa kelgusida taraflar o'rtasida nizolar kelib chiqishining oldini oladi yoxud 
bunday nizolaming adolatli hal etffishiga xizmat qiladi


K o'ch m as m ol-m ulk shu jumladan, turar-joylar oldi-sotdisi, 
avtomobillar, ov, o‘q otar qurollari va shu kabi predmetlar oldi-sotdisi 
ustidan nazorat o'matish ijtimoiy ahamiyatga ega. Shu sababli ham bunday 
shartnomalar yozma tuzilishi, notarial guvohlantirilishi, maxsus davlat 
ro'yxatidan o'tkazilishi talab etiladi. Bunday hollarda shartnoma tegishli 
shaklda rasmiylashtirilmasligi uning haqiqiy sanalmasligi yoki qonunda 
belgilangan boshqa oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bunday talablar 
tashqi savdo bitimlariga nisbatan ham qo'llaniladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish