bo'lishi kerak (binobarin pul bo'yicha to'lovni undirish huquqidan boshqa
shaxs foydasiga voz kechish oldi-sotdi bo'lib hisoblanmaydi)1.
Oldi-sotdi shartnomasi, agar qonunda boshqacha hoi belgilangan bo'lmasa
yoki u tovaming xususiyatidan kelib chiqmasa,
shartnomani tuzish paytida
sotuvchida mavjud bo'lgan tovarni, shuningdek, kelajakda sotuvchi
yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida ham tuzilishi mumkin
Shartnomaning tovar haqidagi sharti uning asosiy va muhim sharti
hisoblanadi, bu siz shartnoma mavjud bo'la olmaydi.
Agar shartnoma
tovaming nomi va miqdorini aniqlash imkonini bersa, tovar to'g'risidagi
oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi.
Oldi-sotdi shartnomasida baho xaridor tomonidan sotib olinayotgan
tovar uchun sotuvchiga to'lanadigan ma’lum miqdordagi pul summasidir.
Agarda xaridor olinayotgan tovar evaziga sotuvchiga pul emas, balki
ashyoni topshirsa, yoxud ma’lum xizmat ko'rsatishni, ish bajarishni o'z
ustiga olsa, yoxud tekin olish nazarda tutilgan bo'lsa,
u holda olish-
sotish hisoblanmaydi.
Oldi-sotdi shartnomasida tovarning bahosi taraflarning kelishuvi
bilan belgilanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga
ega bo'lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar
(ta’riflar, rassenkalar, stavkalar va h.k) qo'llaniladi (FKning 356-moddasi,
2-qismi). Masalan, ayrim turdagi tovarlar faqat bir yoki cheklangan
doiradagi bir necha korxonalar tomonidan
ishlab chiqarilishi va bu
korxonalar o'zlarining bunday ustun, monopol mavqeyidan foydalanib,
tovarlar bahosini belgilashda suiiste’molliklar qilishi mumkin. Shu sababli
ham “ Tovar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat
to'g'risida”gi qonun (1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan), «Tabiiy
monopoliyalar to'g'risida»gi qonun va shu kabi qonunlarda
tovarlar narxi
belgilab qo'yilishi mumkin, biroq bozor munosabatlari tizimida ko'pchilik
tovarlaming bahosi taraflar tomonidan o'zaro kelishuv asosida belgilanadi.
To'lovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga
oshirish xaridor hisobidan amalga oshiriladi (FKning 418-moddasi 1-qismi).
Masalan, pulni pochta orqali yuborish, sotuvchining bank hisob raqamiga
o'tkazish xarajatlari va h.k.
Tovarning bahosi uning og'irligiga qarab belgilanadigan boisa, agar
shartnomada boshqacha holat belgilanmagan bo'lsa, u sof og'irligi (netto)
bo'yicha
aniqlanishi lozim, bunda tovarning idish yoki o'rov holidagi
og'irligi (brutto) asos boiib hisoblanmaydi.
‘ Гражданское право. Т. 2. -М .: Проспект. 1999. С. 11-12.
Agar oldi-sotdi shartnomasida tovaming bahosi uni belgilaydigan
ko'rsatkichlar (tannarx xarajatlar va h.k.)ga qarab o'zgartirilishi lozimligi
nazarda tutilgan bo'lsa, ammo shu bilan birga, bahoni qayta ko'rib chiqish
usuli belgilangan bo'lmasa, baho ushbu ko'rsatkichlarning shartnoma
tuzilgan paytdagi va tovami topshirish paytidagi o'zaro nisbatidan kelib
chiqqan holda belgilanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi yanvar oyida
tuzildi, tovar xaridorga may oyida topshirildi. Mana shu vaqt oralig'ida
tovaming bahosi 20 foizga qimmatlashdi. Binobarin, bunday holda birlamchi
baho va oxirgi baho o'rtasidagi nisbat hisobga olinmog'i lozim.
Sotuvchi tovami topshirish majburiyatini kechiktirib yuborganida
baho tovarni shartnoma bo'yicha topshirish lozim bo'lgan
vaqtdagi baho
bo'yicha to'lanadi.
Shartnoma tuzilgandan keyin bahoni o'zgartirishga qonun hujjatlari,
shartnomada nazarda tutilgan holatlarda va shartlarda yo'l qo'yiladi.
Baho haqida kelishuv shartnomaning muhim shartidir. Bunday
kelishuvga eiishilmaganida shartnoma tuzilmagan hisoblanadi Baho nazarda
tutilmagan va shartnoma shartlari bo'yicha belgilanishi mumkin bo'lmagan
hollarda baho xuddi tovarlar uchun to'lanadigan narxlar bo'yicha belgilanadi
Ushbu qoida FKning 356-moddasi, 3-qismi mazmunidan kelib chiqadi Mazkur
hollarda, garchi shartnomada baho haqida kelishuv mavjud bo'lmasa ham,
taraflar bundan kelishuvga erishgani haqidagi prezumpsiyaga amal qiladi
O ldi-sotdi shartnomasini ijro etish muddati taraflarning o‘ z
majburiyatlarini amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: